moyning shakllanishi uchun ma‘lum bir sharoit yaratiladi.
Mana shu moyli
urug’ida moyning shakllanishi vaqtida sharoitning turlicha bo’lishi, moyli urug’da
turli bo’zilish jarayonlarni ro’y berishga olib keladi. Bu bo’zilish jarayonlari
quyidagilar:
Moyli xom ashyo tarkibidagi fermentlarning natijasida ro’y
beradigan
bo’zilish jaryonlar, bunda urug’ tarkibidagi organik moddalar parchalaniladi (nafas
olish, yog’larning parchalanishi);
Tashqi muhitdan kirgan tirik mikroorganizmlar (bakteriyalar, mog’or
zamburug’lar), zararkunanda, xasharotlarning xayot faoliyati natijasida ro’y
beradigan bo’zilish;
Kimyoviy reaktsiyalar natijasida ro’y beradigan bo’zilish. Bu bo’zilish
jarayoni birinchi va ikkinchi bandlarda ko’rsatilgan bo’zilish
jaraenlarining jadal
ketishi natijasida urug’da o’z-o’zidan qizishi natijasida haroratni ko’tarilishi
sababli ro’y beradigan bo’zilish.
Moyli urug’larni xususiyatlari va ularning saqlash sharoitiga qarab uchala
bo’zilish jarayoni bir vaqtda va alohida–alohida ro’y berishi mumkin.
2.1.Namlikning ta‘siri.
Moyli xom ashyodan moy shakllanib bo’lganidan
so’ng u quruq bo’lsa,
unda tinim davri boshlanadi, yetarli shart-sharoit bo’lganda
tinim hujayralarda erkin suv hosil bo’lib, unda nafas olishi jadallashgan vaqtdagi
urug’ning namligiga aytiladi. Bu namlik kungaboqar urug’ida 9 % , paxta chigitida
12, 0 % , soya urug’ida 12, 5 % ni tashkil etadi.
Kritik namlikni miqdori urug’ni kimeviy tarkibida bog’liq. Urug’
tarkibida
moy miqdori qancha ko’p bo’lsa, urug’ shuncha kam suvni o’ziga saqlaydi va
uning kritik namlikning shuncha kichik bo’ladi.
Kritik namlik bilan urug’ning moyligi o’rtasidagi bog’liqlik
quyidagi
tenglamadan aniqlanadi: V = 14,5 ( 100 – M ) g’ 100,
Bu yerda V – urug’ning kritik namligi , %;
M – urug’ning namligi 0 ga teng bo’lgandagi moyligi, %.
Dostları ilə paylaş: