Moyli zig'ir morfologiyasi, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#147554
Moyli zig\'ir morfologiyasi, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

GEOGRAFIYA VA AGRANOMIYA FAKULTETI

SABZAVOTCHILIK YO’NALISHI

3-KURS 021-29-GURUH TALABASI

BEGMATOVA NARGIZANING

O’SIMLIKSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN

TAQDIMOTI

Moyli zig'ir morfologiyasi, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi


Reja:
Moyli zig‘ir
Zig‘ir–o‘simligining botanik tasnifi va agrotexnologiyasi
Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot.
Zig’ir moyini rafinatsiya qilish
Moyli ekinlar deb, urug‘lari yoki mevalarida iste’mol uchun yaroqli, o‘simlik moyi beradigan o‘simliklarga aytiladi. Moyli o‘simliklarga kungaboqar, maxsar, xantal, raps, kanakunjut, kunjut, ko‘knori, Yeryong‘oq kiradi. Ular turli oilalarga mansub o‘simliklardir.
Moyli o‘simliklarning xalq xo‘jaligida ahamiyati katta, chunki ularning urug‘idan (mevasidan) yog‘ olinadi. Moyli o‘simliklardan tashqari yog‘ yana tolali o‘simliklardan: paxtadan, zig‘irdan, narkotik ekinlardan nashadan hamda don-dukkakli ekinlardan soyadan olinadi.
O‘simlik yog‘i oziq-ovqat, konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda hosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi.
Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o‘simlik va hayvon moyi.
Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik moyi 10 martadan 20 martagacha hayvon moyini yetishtirishga qaraganda arzonga tushadi.
Hayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi.
O‘simlik moyi hazm bo‘lish jihatidan ham hayvon moyiga qaraganda yengil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi yo‘q.
Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), Yeryong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer maydonini tashkil etadi.
O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, Yeryong‘oq va soyani ekish mumkin.
Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy olish uchun ekilmasada.
Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika aholisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi.
Dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sishi aholi soni va ehtiyojlarining ko'payishidan ortda qolayotgani sohada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarning ko'lami kengligidan dalolatdir.
Zig'ir va kanop moylarini rafinatsiyalash. Bularning tarkibidagi ko'p miqdordagi o'ta to'yinmagan linol (15-30%), linolen (44-61%), izolinol kislotalarining bo'lishi hisobiga bular quriydigan moylar hisoblanadi.
Moyda sterinlar, fosfatidlar, uglevodlar bolib, shuningdek ular bo'yovchi moddalar mavjud.
O'ta to'yinmagan bu moylarda kislotalarning borligi, neytrallashda misellyar qatlami yupqa va harakatchan sovunli plyonkalar hosil bo'lishiga olib kelib, kungaboqar va paxta moylari soapstoklari uchun xarakterli bo'lgan soapstok parchalari shakllanishi qiyin kechishi aniqlandi.
Unda hosil bo'layotgan sovunli sistemalar gidrofil komplekslari: fosfatidlar, uglevodlar bilan muvozanatlanadi.
Zamonaviy rafinatsiya texnikasining rivojlanishi masalalarni kompleks hal qiladi
O'simlik moylari hamroh moddalardan tozalanib, hosil bo'lgan mahsulotlarni oziq-ovqat sifatida va texnik maqsadda ishlatiladi.
O'simlik yog'idan fosfatidlarni ajratib olib oziq-ovqat va yem sifatida, ishlatilishi sanoatda ko'p qo'llaniladi.
Hozirgi paytda yog'dan qimmatli mahsulot sterin va vitaminlarni ajratib olish usullari mavjud.
Shuningdek, paxta moyidan gossipol mustaqil mahsulot sifatida ajratib olish usuli ishlab chiqilgan.
Bunday moylarni qayta ishlash uchun 85% li fosfor kislotasini qo'llash taklif etilgan.
U moy massasiga nisbatan 0,1-0,2% miqdorda qo'shiladi. Zig'ir moyini qayta ishlaganda fosfor kislotasi miqdori 0,4-0,5% gacha oshiriladi.
Sanoat usulida olingan o'simlik moylari uchgletsiridlar aralashmasi hamda yog'simon moddalardan tashkil topgan. Yog'simon moddalar o'simlikning yog'li to'qimalarida yig'ilib boradi va yog' birga ajratib olinadi va ular hamrox moddalar deyiladi.
Shuningdek, paxta moyidan gossipol mustaqil mahsulot sifatida ajratib olish usuli ishlab chiqilgan. Bunday moylarni qayta ishlash uchun 85% li fosfor kislotasini qo'llash taklif etilgan. U moy massasiga nisbatan 0,1-0,2% miqdorda qo'shiladi. Zig'ir moyini qayta ishlaganda fosfor kislotasi miqdori 0,4-0,5% gacha oshiriladi.
O'simlik yog'idan fosfatidlarni ajratib olib oziq-ovqat va yem sifatida, ishlatilishi sanoatda ko'p qo'llaniladi. Hozirgi paytda yog'dan qimmatli mahsulot sterin va vitaminlarni ajratib olish usullari mavjud.
Zamonaviy rafinatsiya texnikasining rivojlanishi masalalarni kompleks hal qiladi va o'simlik moylari hamroh moddalardan tozalanib, hosil bo'lgan mahsulotlarni oziq-ovqat sifatida va texnik maqsadda ishlatiladi.
Bu moddalar yog' va moylar tarkibida oz miqdorda bo'lsa ham uning xususiyatlariga sezlarli ta'sir ko'rsatadi.
Bularga tarkibida fosfor bo'lgan moddalar (fosfolipidlar), pigmentlar (karotin, ksantofill, gossipol, xlorfill), mumlar (mumsimon moddalar), tokoferollar va yog'da eruvchi vitaminlar, sterollar (steridlar), erkin yog' kislotalar, ta'm va hid beruvchi boshqa organik moddalar, sulfolipidlar, glikolipidlar, glikoproteidlar, fosfoproteid birikmalar.
Hamroh moddalarning ayrimlari yog'ning rangi, hidi va ta'mini buzib, uning ozuqaviy va tovar sifatiga salbiy ta'sir qilsa, ayrimlari keyingi qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiradi.
O‘simlik moylari hayvon yogiari bilan bir qatorda oziq-ovqat ahami- yatiga ega. O‘simlik moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi va konserva, konditer, non tayyorlashda, shuningdek, margarin, olif, stearin, linoleum, lak, bo‘yoq sanoatida, moylash materiali sifatida tibbiyotda foydalaniladi.
Moyli ekinlarning urug‘larini qayta ishlab moy olishda hosil bo‘lgan kun- jara va shrot oqsilga boy (35-40 %) sifatli oziqa. Ularning ko'pchiligi qimmatli asal beruvchi o‘simlik.
O‘simlik moyi uch atomli spirt glitserin va yog' kislotalarining mu- rakkab efiri hisoblanadi.
Oqsil va uglevodlarga nisbatan yog'lar (o'simlik moyi) ko‘p kaloriya saqlaydi. 1 g o'simlik moyida 39,8 kJ, 1 g oqsilda 18,4—23, 1 g uglevodlarda 16,7—17,6 kJ energiya saqlanadi.
Turli moyli ekinlarning urug'lari va mevalarida, yog' miqdori turga, navga, tuproq-iqlim sharoiti, qo'llanilgan agrotexnikaga bog'liq holda 15,5— 63,0 % o'zgaradi

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1. Qodirov Y.Q., Ruziboyev A.T., Abdurahimov A.A. / YOG'LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH DARSLIK. Toshkent-2020
  • 2. Каримова, М.А. Определение жирнокислотного состава семян льна посевного ГЖХ-методом /М.А. Каримова, А.Ш. Рамазанов// Химия в технологии и медицине: Материалы Всерос. науч.-практич. конф.- Махачкала, 2002. - С. 115 - 117.
  • 3. Каримова, М.А. Масло семян льна: поиск путей использования в качестве БАД к пище /М.А. Каримова, Э.Ф. Степанова// Медлайн. - 2004. - №8-9. - С. 5859.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə