3-seminar mashg’uloti



Yüklə 51,02 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü51,02 Kb.
#145302
1   2   3   4   5
3-seminar MT

Ishning maqsadi: Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha; Xayol turlari va jarayonlari;. Xayol va ijodkorlik; Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi haqida tushunchalarni hosil qilish.


  • Kerakli jihozlar: mavzuga oid adabiyotlar, ko‘rgazmali materiallar (rangli qog‘ozlar), internet materiallari


  • Ishni bajarish tartibi:

  • 1. Seminar mavzusining daftarda yoritilgan konspekti.

  • 2. Xayol operatsiyalariga doir rasmlar chizish

  • 3. Chizmani to`ldiring













  • Xayol turlari






  • Tasavvur xayolining xususiyatlarini o‘rganish

  • Zarur material Turli vaziyatlar aks ettirilgan matnlar

  • A. Ko‘rsatma. Hozir ikkita matn o‘qib eshittiriladi. Sizning vazifangiz ularni tinglab, mazmunini obraz shaklida tasavvur qilishdir: «Halima bugun erta tongda paxta dalasiga keldi. U bugun tug‘ilgan kuni bo‘lgani uchun dugonalarining hammasidan ko‘ra ko‘proq paxta terishga qaror qildi.

  • Dalada paxta qiyg‘os ochilgan edi. U quvnoq edi. Ariqda tiniq suv shildirab oqardi. U suvga yuzini yuvib, tezda ishga kirishib ketdi».

  • «Burjua empirik sotsiologiyasida ustunlik qilayotgan g‘oya — shaxsning sotsial munosabatlarini guruh ichidagi bevosita kontaktlar bilan chegaralab qo‘yish — so‘nggi yillarda ma’lum tanqidga uchrab kelmoqda...»

  • Yuqoridagi matnlar tinglab bo‘lingandan so‘ng talabalar berilgan savollarga javob berishlari kerak:

  • 1. Matnlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?

  • 2. Ta’rifning qaysi biri sizda to‘laroq obraz yaratish imkonini berdi va nima uchun?

  • 3. Bu holda tasavvurning qaysi turi paydo bo‘ldi?

  • Bayon qilingan fikrlarga asoslanib talabalarga quyidagi xulosalar aytiladi:

  • Tasavvur obrazlarining aniqligi keltirilgan materialga bog‘liq. Konkret so‘zlar aniq obrazlar yaratadi. Abstrakt tushunchani bildiruvchi so‘zlar xira tasavvurlarni oydinlashtiradi yoki umuman ularni yaratmaydi.

  • B. Ko‘rsatma. Hozir matn o‘qib eshittiriladi. Vazifangiz diqqat bilan tinglash va shu matn asosida rasm chizishdir.

  • «Daryo halqalarida oq va sarg‘ish nilufarlar ochildi. Suv betida avj olib suv kashkasi gullamoqda. Yovvoyi o‘rdak qayoqdandir kichkina o‘rdakchalarini boshlab chiqdi. Suv ustida oq va zangori ninachilar uchmoqda. Suvda semiz tovonbaliqlar suzmoqda. Hovuz atrofidagi panjaralarda suv o‘rgimchaklari tez-tez harakat qilib yuribdi. Yam-yashil xushbo‘y maysalarda, maysazorda yugurib o‘ynash juda yaxshi-da. Charchab kelib daraxtlar tagida, maysada yotish-chi»1.

  • Matnni tinglab bo‘lgach, talabalar rasm solishga kirishadilar. Buning uchun har bir talabaga oldindan tayyorlangan qog‘oz va rangli qalamlar beriladi.

  • Talabalar rasm solishni tugatganidan so‘ng, o‘qituvchi rasmlarni tahlil qilib chiqadi va tasavvurning individual xususiyatlarini aniqlaydi.



  • Yüklə 51,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə