3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Rezerv kapitalini hisobga oluvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə95/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#106396
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Rezerv kapitalini hisobga oluvchi
schotlarning (8500) bog‘lanishi

Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schotlar korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablag‘laridan tashqari tekinga olingan mulklar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar";
8520 "Rezerv kapitali (jamg‘armasi)";
8530 "Tekinga olingan mulk".
8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schotida mulklarni qayta baholash natijasida qiymatida vujudga kelgan o‘zgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida rezerv kapitalining shakllanishi va to‘ldirilishi mazkur schotning kreditida qayta baholash natijasida qo‘shimcha baholangan mulklarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati arzonlashtirilsa, kamaygan summa o‘sha mulkning avvalgi qo‘shimcha baholanishi hisobiga to‘ldiriladi va u ushbu schotning debetida aks ettiriladi. Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schotida aks ettirilishi lozim.
8520 "Rezerv kapitali (jamg‘armasi)" schoti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Rezerv kapitalining shakllanishi 8520 "Rezerv kapitali" schotining kreditida 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi, rezerv kapitalidan foydalanish esa - ushbu schotning debetida aks ettiriladi.
8530 "Tekinga olingan mulk" schoti korxona tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Tekinga olingan mulklar 8530 "Tekinga olingan mulk" schotining kreditida korxona mulklarini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida korxonaning umumiy daromadiga qo‘shiladi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə