3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə98/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#106396
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni
hisobga oluvchi schotlarning (8700) bog‘lanishi

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schotlar korxonaning butun faoliyat davri va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)";
8720 "Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)".
8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schotida korxonaning hisobot davrida faoliyati bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Sof foyda summasi hisobot davrining oxirida yakuniy yozuv bilan 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schotining kreditiga, zarar summasi esa ushbu schotning debetiga 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schoti bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
Taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar to‘lash uchun yo‘naltirilganda 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schotining debetida va 6610 "To‘lanadigan dividendlar" schotining kreditida aks ettiriladi.
Taqsimlanmagan foyda summasidan qonunchilikda belgilangan tartibda rezerv kapitalini shakllantirish uchun foydalanish mumkin, bunda 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schoti debetlanadi va 8520 "Rezerv kapitali (jamg‘armasi)" schoti kreditlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (3-son BHMS) "Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot" (Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 25 avgustda 43-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1998 yil 27 avgustda 484-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 17-bandiga muvofiq taqsimlanmagan foydadan oldingi davrda sodir etilgan muhim xatolarni tuzatishda va hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilganda foydalanish mumkin.
Hisobot davridagi taqsimlanmagan foydani taqsimlashdan keyin qolgan summa 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schotidan 8720 "Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)" schotiga o‘tkaziladi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə