37. Tarmoqda kalitlarni taqsimlash masalasini echish yo‘llari



Yüklə 74,54 Kb.
səhifə3/4
tarix30.03.2023
ölçüsü74,54 Kb.
#103714
1   2   3   4
м-37 Тармоқда калитларини тақсиимлаш

Foydalanuvchi V ning harakatlari (elektron raqamli konvertni-shifrlangan xabar M ni va shifrlangan seans kaliti KS ni olganidan so‘nggi) quyidagicha: O‘zining maxfiy kaliti kV bo‘yicha seans kaliti KS ni rasshifrovka qiladi. Olingan seans kaliti KS bo‘yicha olingan xabar M ni rasshifrovka qiladi. Foydlanuvchi V ning harakatlarini 5.18-rasmda keltirilgan xabarlarni kombinatsiyalangan usul bo‘yicha rasshifrovka qilish sxemasi orqali tushunish mumkin.

Olingan elektron raqamli konvertni faqat qonuniy qabul qiluvchi-foydalanuvchi V ochishi mumkin. Faqat shaxsiy maxfiy kalit kV egasi bo‘lgan foydalanuvchi V maxfiy seans kaliti KS ni to‘g‘ri rasshifrovka qilish va so‘ngra bu kalit yordamida olingan xabar M ni rasshifrovka qilishi va o‘qishi mumkin. Raqamli konvert usulida simmetrik va asimmetrik kriptoalgoritmlarning kamchiliklari quyidagicha kompensatsiyalanadi: simmetrik kriptoalgoritm kalitlarini tarqatish muammosi bartaraf qilinadi, chunki xabarni shifrlovchi seans kaliti KS ochiq kanal bo‘yicha shifrlangan ko‘rinishda o‘zatiladi, kalit KSni rasshifrovka qilish uchun asimmetrik kriptoalgoritmdan foydalaniladi; bu holda asimmetrik shifrlash tezkorligining sekinligi muammosi paydo bo‘lmaydi, chunki asimmetrik algoritm bo‘yicha faqat qisqa kalit KS shifrlanadi, barcha ma’lumotlar esa tezkor simmetrik kriptoalgoritm bo‘yicha shifrlanadi.

SHifrlashning kombinatsiyalangan usulida simmetrik ham asimmetrik kriptotizimlarning kriptografik kalitlaridan foydalaniladi. Ravshanki, kriptotizimning har bir turi uchun kalitlar uzunligini shunday tanlash lozimki, niyati bo‘zuq odamga kombinatsiyalangan kriptotizim himoyasining har qanday mexanizmiga xujum qilish bir xil qiyinchilik tug‘dirsin. 7.1-jadvalda ko‘p uchraydigan simmetrik va asimmetrik kriptotizimlar kalitlarining uzunligi keltirilgan.


Simmetrik kriptotizim kalitlari uzunligi, bitlar

Asimmetrik kriptotizim kalitlari uzunligi, bitlar

56

384

64

512

80

768

112

1792

128

2304

Yüklə 74,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə