4-amaliy mashg’ulot. O’rtacha miqdirlar turlari va ular bilan ishlash.(2 soat) Ishning maqsadi



Yüklə 21,25 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü21,25 Kb.
#162992
4-amaliy mashg\'ulot



4-amaliy mashg’ulot. O’rtacha miqdirlar turlari va ular
bilan ishlash.(2 soat) 
Ishning maqsadi: 
O’rtacha miqdorlar va ularning mohiyati, vazifalari va 
qo’llanilish sohalari bo’yicha talabalarda ko’nikmalar hosil qilish. 
Amaliy mashg’ulot uchun topshiriqlar: 
1.
O’rtachalar, ularning mohiyati va vazifalari haqida ma’lumot yig’ing. 
2.
Ushbu ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishni aniqlang. Ularning 
qo’llanilishi sohalarini aniqlang va tahlil qiling. 
3.
O’rtachalar 
tushunchasini 
izohlang 
va 
ularning 
sonli 
xarakteristikalarini toping. 
4.
Olingan natijalar asosida umumiy xulosa chiqaring. 
Ushbu amaliy mashgulotning vazifasi talabalarga ma’lumotlarni to‘plash 
va tahlil qilishni o‘rgatishdan iborat. Chunki, barcha iqtisodiy masalalar negizida 
ma’lumotlarni to‘g‘ri to‘play olish va ulardan dastlabki xulosalarni chiqara olish 
yotadi.
Ushbu amaliy mashgulotningda talabalarga mustaqil ravishda iqtisodiy 
ma’lumotlar to‘plash yoki ularni ishonchli manbalardan (manbalari ko‘rsatilgan 
holda) olish vazifasi qo‘yiladi. So‘ngra bu ma’lumotlarni boshlang‘ich tahlili 
o‘tkasiladi.
Talabalar o’rganishi uchun nazariy ma’lumotlar amaliy tavsiyalar. 
Mutlaq va nisbiy miqdorlar statistikaning asosiy ko’rsatkichlari bo’lsa-da, 
ijtimoiy hodisalarga umumlashtirib baho bera olmaydi. Bu vazifani statistikada 
o’rtacha miqdorlar bajaradi. Bu mavzu bo’yicha talaba olgan nazariy bilimini 
quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblashni o’rganish bilan mustahkamlashi mumkin:
1. Arifmetik o’rtacha, garmonik o’rtacha va boshqa analitik o’rtachalarni 
hisoblashni;
2. O’rtachalarning matematik xossalari va ulardan foydalanishni;
3. Arifmetik o’rtachani «shartli moment» usulida hisoblashni;
4. Tuzilmaviy o’rtachalarni aniqlashni hamda ularning qo’llanilishini. 
Arifmetik o’rtacha
– o’rtachaning amaliyotda keng qo’llaniladigan 
turidir. U o’z navbatida, oddiy va tortilgan ko’rinishda bo’ladi. Oddiy arifmetik 
o’rtacha – o’rtalashtirilayotgan variant(had)lar takrorlanmaydigan paytda 
qo’llaniladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
1-misol
. Kichik korxonada 10 ta ishchi ishlaydi va ular fevral oyida 
quyidagicha maosh olishgan (ming so’mda): 375, 373, 370, 462, 460, 455, 457, 
548, 544, 560.


Yechish.
O’rtacha ish haqini hisoblash uchun variantlarning yig’indisini 
ularning soniga bo’lamiz: 
Demak kichik korxonada xodimlarning o’rtacha issh haqi 460,4 ming 
so’mni tashkil etgan. 
Tortilgan arifmetik o’rtacha oddiy arifmetikdan farq qilmaydi. U faqat 
ishni tezlashtirish yoki osonlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Tortilgan 
arifmetik bo’yicha o’rtacha miqdorni hisoblash uchun berilgan variantlar ( x
1

x
2
, x
3
,...., x
n
)ni ularning chastotalariga (variantlarning qaytarilishi yoki 
uchrashish tezligi chastota deyiladi) ko’paytirib, olingan natijani chastotalar 
yig’indisiga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi. 
2-misol
. Fermer xo’jaliklarida paxta ekin maydoni va bir gektardan olingan hosil 
bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
Yechish.
Barcha fermer xo’jaliklari bo’yicha o’rtacha hosildorlik quyidagicha 
aniqlanadi: 
3-misol.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do’konlarda yil davomida 
bir sotuvchiga to’g’ri kelgan tovar aylanmasi va har qaysi guruhdagi sotuvchilar 
soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:


Yechish.
Bir sotuvchiga to’g’ri keladigan tovar aylanmasi bo’yicha 
arifmetik o’rtachani dastlab har bir guruh bo’yicha, so’ngra barcha guruhlar 
uchun hisoblaymiz. Misolimizda birinchi va oxirgi guruhlarning intervallari 
ochiq ko’rinishda bo’lganligi tufayli birinchi guruh oralig’i ikkinchi guruh 
oralig’iga, oxirgi guruhniki esa o’zidan oldingi guruhnikiga shartli ravishda 
teng, deb qabul qilinadi. Demak, birinchi guruh 100 bilan (140-40) boshlangan 
va oxirgi guruh 300 bilan (260+40) tugagan. U holda har bir guruh uchun 
o’rtacha intervallarning quyi va yuqori darajalari yig’indisining yarmiga teng 
bo’ladi. 


O’rtacha miqdor (baho)ni tortilgan garmonik o’rtacha formulasi bilan hisoblash 
mumkin: 
Agarda oddiy arifmetikni qo’llab o’rtacha bahoni aniqlaganimizda, u 2500 
so’mni tashkil qilar edi. Statistikada geometrik o’rtacha va xronologik o’rtacha 
miqdorlar ham keng qo’llaniladi. Ularni hisoblash usullarini dinamika qatorlari 
mavzusida ko’rib chiqamiz. Arifmetik o’rtachaning xossalaridan foydalangan 
holda, intervalli qatorlarda o’rtacha miqdorni soddalashtirilgan “shartli 


moment”usulida hisoblash mumkin. Buning uchun to’plam guruhlangan va 
guruhlarning intervallari teng bo’lishi zarur. Bunda quyidagi formuladan 
foydalanamiz: 
Topshiriqlar 3-amaliy mashg’ulot topshiriqlaridan olinadi. 
 
 

Yüklə 21,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə