4-Amaliy mashg’ulot.(2-soat)
Mavzu: O‘rovchi va kesuvchi usulda loyiha – chizig‘ini o‘tkazish.
Loyiha chizig‘ining nazorat balandlik nuqtalaridan yuqoridagi belgilari bo‘ylama profilni
loyihalashdan oldin tayinlangan bo‘lishi kerak.
Ancha ko‘p miqdorda
qor bosadigan ochiq
joylarda yo‘llarni qordan tozalash oson bo‘lishi uchun yo‘l poyi chetini qor qoplamining sirtidan
0,4-1,2 m baland qilib olish tavsiya etiladi
Sun’iy inshootlar yonidagi joylarda loyiha chizig‘ining belgilarini tayinlash va chiziqni
o‘tkazish ancha murakkab ish. Loyiha chizig‘ining vaziyati ko‘prikga yondosh ko‘tarmalarni suv
bosmasligini, shuningdek, baland suvlarni o‘tkazish davrida inshootning to‘sqinliksiz ishlashini
ta’minlash uchun suv sathidan ko‘prik ravog‘i tag qismining balandligini ta’minlab byerishi zarur.
Sun’iy inshootning o‘zanning pasaygan joylari ustidan balandligi quyidagi kattaliklarning
yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
oqayotgan suvning inshootga kirish oldidagi ko‘tarilishini hisobga olgan holdagi chuqurligi u;
ko‘tarilgan suv sathi bilan ko‘prik ravog‘ining pastki qismi orasidagi bo‘sh oraliq z;
kichik sun’iy inshootlarda bo‘sh oraliq oqib qolayotgan narsalarni xavfsiz o‘tkazib
yuborishni va toshqin vaqtida ko‘prik to’g’onini suv bosmasligini, kema yuradigan daryolarda esa
kemalarni o‘tkazib yuborishni ta’minlashi zarur;
ko‘prik to’g’oni balandligi, quvurlar uchun esa quvur ustiga to‘kilgan grunt qalinligi quvur
devorining qalinligi bilan birga.
Qayirlarda ko‘tarmaning balandligi suvning ko‘tarilgan sathining
joylashuvidan kelib
chiqib belgilanadi. Toshqin vaqtida katta maydonlarni suv bosadigan va to‘lqin hosil bo‘lishi
mumkin bo‘lgan katta daryolarda ko‘tarma chetining belgisi to‘iqin ustidan baland turish nuqtai
nazaridan tayinlanishi zarur
Kichik va o‘rtacha sun’iy inshootlarni loyihalashda loyiha chizig‘ining ravonligini
ta’minlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi.
1.Ko‘prik bo‘ylama qiyalikda joylashtiriladi. Agar ko‘prik qoplamasi ko‘prikka kirish
yo‘llarning qoplamasiga o‘xshash bo‘lsa, u holda ko‘prikning maksimal bo‘ylama qiyaligi kirish
yo‘llariniki kabi bo‘lishi kerak, yog‘och to‘shamalar yotqizishda ko‘prikdagi yo‘l
qismining
bo‘ylama qiyaligi taxtalar bo‘ylamasiga yotqizilganda 20%0 dan va ko’ndalangiga yotqizilganda
30%0 dan oshmasligi kerak. Bo‘ylama qiyaliklari katta yo‘l uchastkalarda joylashgan kichik
ko‘priklar ba’zan vodiylarning qirg‘oqlaridan biriga suriladi, bunda suv oqimining sun’iy o‘zani
quriladi. Bo‘ylama qiyalikli joydagi ko‘prikning har ikki tomoni biror masofaga davom ettirilishi
kerak.
2.Ko‘prik vyertikal egri chiziqda joylashganda loyiha chizig‘i ko‘prik yaqinida
sinmaydigan qilib joylashtiriladi; loyiha chizig‘ining bunday sinishi odatda ko‘prik
gorizontal
maydonchalarda qurilganida albatta yuz byeradi.
3.Ko‘prik ostida o‘zan chuqurlashtiriladi. Bunday qarorga kelish zarurati tekislik joylarda
kuchsiz o‘nqir-cho‘nqirli talveglarni kesib o‘tishda yuzaga keladi, bulardagi oqayotgan suvning
maishiy chuqurligi 20-30 sm dan oshmaydi. Suv sarfining Xammasi va yoki uning katta qismi
ko‘prik ostidagi ariqdan o‘tkazib yuboriladi. O‘zanni chuqurlashtirish uchun soyning qiyaligi
shunday bo‘ylama qiyalikni byerishga imkon byerishi kerakki, bunda o‘zanni loy bosmasligi,
ariqni esa ko‘prik yaqinidagi yuzaga chiqarishga imkoniyat yaratilishi kerak.
4.Sun’iy inshootlarning ishchi belgilari pasaytiriladi. Bu yechimga ko‘prik teshigini va
oqish
chuqurligini kamaytirishni, shuningdek, ko‘tarilgan sath balandligini kamaytirishni
ta’minlaydi, yoki katta diametrli bitta quvurni bir nechta kichik quvurlar bilan almashtirish yo‘li
bilan yerishiladi.
Tog‘ va chuqur jarlardan o‘tadigan joylarda ko‘tarmalarni loyihalashda sun’iy inshoot
quriladigan joyning (ko‘tarmalar va o‘ymalarning hajmlari teng
degan mulohazalar bilan
aniqlanadigan)ishchi belgilari baland suvlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan eng kam ko‘tarma
balandligidan odatda katta bo‘lib chiqadi. Baland ko‘priklar konusli qilib qurilganligi va ularning
uzunligi to‘shama bo‘yicha balandlik ortishi bilan ancha uzayishi sababli Tog‘ va chuqur jarlardan
o‘tishda quvurlar yotqizish eng maqsadga muvofiq yechimdir, biroq bunda quvurlarning sel oqizib
kelgan narsalar yoki jala oqimlari oqizib kelgan narsalar bilan tiqilib qolish xavfi bo‘lmasligi kerak
Kema yuradigan katta daryolarni kesib o‘tish joylarida ko‘prikning yo‘l qismining
ko‘prikka kirish yo‘lidagi ko‘tarmalardan balandligi-ko‘tarilib turishi muqarrardir,
aks holda
ko‘tarmalar juda baland bo‘lgan bo‘lardi. Bu holda loyiha chizig‘i ko‘prikka kirish ravonligini
ta’minlashi kerak. Buning uchun ko‘prikka yondosh ko‘tarmaning qiyaligi ko‘pi bilan 30%o qabul
qilinadi, ko‘tarilish oxiri va ko‘prikning boshlanishi orasiga gorizontal maydoncha qilinadi, u
vyertikal egri chiziqlarning tangensini joylashtirish uchun etarli bo‘ladi. Qayirda prolyotli qilib
kurilgan katta ko‘priklarda kema yuradigan qismda zarur bo‘lgan o‘shimcha ko‘tarilish bo‘ylama
qiyalikda qayir prolyotlari ko‘rish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Loyiha chizig‘ining vaziyati, shuningdek, suvni yon ariqlar va rezyervlar bo‘ylab uzluksiz
oqizib turishni ta’minlashi kerak. Har qaysi ariqning butun uzunligiga -suv ayrg‘ichdan sun’iy
inshootga chiqish joyigacha yoki ariqlarda suvni tashlash joyigacha ariqlarning qiyaligi bir
tomonga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. U suvning to‘xtab qolmasdan yerkin oqishini ta’minlashi zarur.
Buning uchun o‘t bosadigan va davriy ishlaydigan yo‘l ariqlarining qiyaligi kamida 5%o bo‘lishi
kerak.
Faqat ayrim hollarda, suv chetlatish juda qiyin bo‘lgan tekislik sharoitlarida,bo‘ylama
qiyalikni 3%o gacha kamaytirishga ruxsat byeriladi. Suvni ariqlardan past joylarga - yo‘ldan
chetki past joylarga oqizib yuborishning xar bir imkoniyatidan foydalanish zarur, buning uchun
tegishli joylarda qiyaligi kamida 2%o bo‘lgan chetlatish o‘zanlari quriladi.
1.5-rasm. Kichik ko‘priklarda loyiha chizig‘ini o‘tkazish misollari
.
T