4-bob. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyaSI


§ 4.2. Jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati va paydo bo’lish sabablari



Yüklə 85,89 Kb.
səhifə2/12
tarix09.08.2023
ölçüsü85,89 Kb.
#120450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
§ 4.2. Jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati va paydo bo’lish sabablari Jahon aholisi yoshiga bog’lik ravishda ikki tipdagi odamlarni o’z ichiga oladi: mehnatga layoqatli - 15-60 yoshlilar, mehnatga layoqatsiz -bolalar va qariyalar. Aholi umumiy hajmining taxminan 70 foizi birinchi tipga tegishli, biroq bu ulush turli hududlarda o’zgarib turadi. Masalan, Osiyo va Afrikada voyaga yetmaganlar, Yevropa va SHimoliy Amerikada qariyalar ulushi yuqorirok.
O’z navbatida mehnatga layoqatli aholi xam ikkiga ajratiladi: iqtisodiy faol va faol bo’lmaganlar. Uy bekalari, talabalar (ta’til paytida), davlat qaramog’idagi fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo’lmaganlar iqtisodiy faol bo’lmaganlar qatoriga kiradi. Bizni iqtisodiy faol aholi, ya’ni mehnatga layoqatli va unga intiluvchi odamlar qiziqtiradi. Fuqarolarning aynan shu toifasi mamlakat ichkarisida va xorijdan ish qidirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi uzoq tarixga ega bo’lsada, faqatgina XX asrga kelib ishlab chiqarish omillari harakatining yetakchi ko’rinishlaridan biriga, binobarin XIMning alohida sohasiga aylandi. Buni quyidagi sabablar bilan bog’lash mumkin:

  • xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi;

  • ijtimoiy-demografik o’zgarishlar;

  • fan-texnika va axborot sohasidagi inqilob; integratsiya jarayonlarining rivojlanishi;

  • transmilliy korporatsiyalar faoliyati.

Bu barcha omillar mehnatga layoqatli aholining harakatchanligini kuchayishiga sababchi bo’ldi, zero insonlar mamlakatlar va qit’alararo ko’chish uchun rivojlangan kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishadi. Hozirgi kunga kelib jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) vujudga keldiki, bu bozor asosini milliy xo’jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o’rtasida jami migratsiya aylanmasi tashkil etadi. XX asrning oxiriga kelib mehnatkash-migrantlarning bir yildagi o’rtacha miqdori 35 mln. kishiga yetdi (1960-yilda 3,5 mln.). JIKB faqatgina migrantlarni emas, balki turli darajadagi migratsiya xizmatlarini, shuningdek, xorijiy mehnatkashlar xuquqiy statusi, ularning mehnatini himoyalash, ularga ijtimoiy kafolatlar berish va boshqa masalalar bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlarni xam o’z ichiga oladi.
Mazkur mavzuda aholining ko’chishi jarayonlari ichida ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar keltirib chiqargan mehnat migratsiyasi to’g’risida so’z boradi. Fuqarolarni o’z vatanidan tashqarida ish qidirishga majbur etuvchi omillar ichida eng asosiysi turmush darajasini yaxshilash va o’z qobiliyatlaridan unumli foydalanishga intilishlari hisoblanadi. Ayni paytda ishsizlik, qishloq xo’jaligida aholining ko’payib ketishi kabi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar xam yashash joyini vaqtincha yoki doimiy o’zgartirishga sababchi bo’ladi.
Hozirgi paytda davlatlar mehnat migratsiyasini tartibga solish borasida o’z harakatlarini kuchaytirib borishmoqda. Migrantlarni jo’natuvchi (eksportyormamlakatlar) va qabul qiluvchi (importyor-mamlakatlar) tomonlarning o’zaro manfaatlarini xuquqiy ifodasi odatda ikki va ko’p tomonlama kelishuvlar
ko’rinishida amalga oshiriladi. Bu sohada xalqaro konventsiyalarni tayyorlashda aholi bo’yicha BMT Komissiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilot kabi global tashkilotlar sezilarli ko’mak berib kelmoqda. Ishchimigrantlar xuquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanuvchi hududiy tuzilmalarga misol sifatida G’arbiy Yevropadagi Migratsiya masalalari bo’yicha hukumatlararo qo’mitani keltirish mumkin. JIKB doirasidagi munosabatlarni tartibga solishning asosiy xalqaro me’yoriy xujjatlari Xalqaro mehnat tashkilotining 1962, 1975, 1982 yillardagi Konventsiyalari hisoblanadi. Bu xujjatlarning moddalari migrantlarni yollash, ularning xuquqlarini kafolatlash, migratsiyaning yashirish kanallari bilan ko’rashish kabi masalalarni tartibga soladi.

Yüklə 85,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə