4 ma’ruza. Boshqaruvda liderlik va rahbarlik uslublari reja



Yüklə 256,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.03.2022
ölçüsü256,62 Kb.
#84706
  1   2
4-Mavzu
ish yuritish hujjatlari


4 - MA’RUZA.   BOSHQARUVDA LIDERLIK VA RAHBARLIK 

USLUBLARI

 

 



REJA:

     


1.Liderlik mohiyati. Liderlik nazariyasi.   

2. Liderlik yo'llari. Liderchining shaxslilik xususiyatlari kontsepsiyasi.   

3. Rahbarning ishbilarmonlik va shaxslilik xususiyatlari.   

4.  Liderning  xususiyatlari  haqidagi  kontseptsiyalar  talqini,  tahlili.  Liderlik 

uslublari.   

5. K.Levinning  liderlik uslublarihaqidagi g'oyalari. 



 

MAVZU YUZASIDAN TANYACH SO‘ZLAR:

  

Liderlik, shaxslilik xususiyatlari, kontsepsiya, ishbilarmonlik, tahlil 



 

Xulq  va  xatti-harakatni  kuzatish  va  qayd  qilish  metodi.  Odatda  rahbar  va 

uning qo'l ostidagi hodimlar hulqini kuzatish bir necha vaziyatlarni tahlil qilish yoki 

tashqi  ko'rinishga  ega  bo'lgan  hodisalarga  e'tibor  berish  tizimi  doirasida  amalga 

oshiriladi. kuzatishning ob'ektlari faoliyat, muomala, sport, tajriba jarayonlari bo'lib 

hisoblanadi hamda xulqning tarkibiy hismlari u yoki bu tarzda ularning har qaysisida 

o'z ifodasini topadi. Masalan, rahbar yoki xodimning faoliyatini bajarish jarayonida 

tashqi  va  ichki  ko'rinishdagi  xatti-harakati  xoh  u  verbal,  xoh  noverbal 

ifodalanishidan qat'i nazar individ munosabatini bildiradi.  

Faoliyat jarayonidagi har xil lahzalarning o'ziga xos tarzda kechishini kuzatish 

qayd  etish  manbaida  belgilanishi,  kompьyuterga  kiritilishi  orqali  aks  ettirilishi 

lozim.  Xulqdagi  nazokat,  me'yoriy  odob  maromlariga  rioya  qilinishi,  undan  ham 

ustuvor,  hatto  kuzatuvchini  haytarga  soluvchi  daqiqalar  tassurotini  u  yoki  bu 

yo'sinda qayd ettirilishi ijobiy kechinmalarni ifodalasa, qaltislik, xohishning mavjud 

emasligini  aks  ettirish  salbiy  voqelik  tariqasida  yozib  qoldirilishi  maqsadga 

muvofiq.  

Muomala  jarayonidagi  shaxslararo  munosabatlar  ko'rinishi  ularning 

maromida, o'ziga xos hurmat negiziga qurilishi yoki fikrlar nomutanosibligi, stress, 

affekt  holatlarni  keltirib  chiqarishligi  to'g'risidagi  real  voqeliklar  psixologik 

ma'lumotlar olish manbai tariqasida qayd qilinishi ayni muddao bo'lib hisoblanadi. 

Tajriba  almashish,  faoliyatni  sifatli  bajarish,  ortiqcha  xattiharakatlarni  sodir  etish 

jarayonini  kuzatish  orqali  rahbar  yoki  xodim  to'g'risida  psixologik  ma'lumotlarni 

qayd  qilish  mumkin.  Odatda  kuzatish  materiallari  aniq  yozib  qo'yish, 

kommunikatsiya  sifatida  uzatish,  kompьyuter  dasturiga  kiritish  shaklida 

mujassamlashtiriladi.  

Eimpirik  metodlardan  tashqari  rahbar  va  uning  qo'l  ostidagi  xodimlar 

psixologiyasini  o'rganish  aniq  apparatlar  yordami  bilan  amalga  oshiriladi,  ular 

odatda xronometrik apparatlar deb nomlanadi. Apparat nimaga mo'ljallanganligiga 

qarab muayyan o'yriqnomada (instruktsiyada) ko'rsatilishicha rioya qilingan holda 

tadqiqot ishlari o'tkaziladi. Sinaluvchilarning sezgisi, idroki, vaqt reaktsiyasi, diqqat 

ko'lami,  xotirasining  turlari,  tiplari,  ekstrovertivlik,  introvertivlik  xususiyatlari, 

kasbga yarog'liligi, kasbiy mayllari, nutq sur'ati va shaxslilik fazilatlari aniq, dhech 

bir sub'ektiv kechinmalarga, omillarga asoslanmagan holda o'lchash jarayoni amalga 



oshiriladi.  Xronometrik  apparatlar  tomonidan  olingan  psixologik  hodisalarni  aks 

ettiruvchi  ma'lumotlar  o'ziga  xos  tarzda  tahlil  qilingandan  keyin  muayyan 

mezonlarga suyangan holda shaxs strukturasiga taalluqli xislatlar umumlashtiriladi, 

ularning  determinatorlari  aniqlanadi,  binobarin,  rahbar  yoki  xodim  to'g'risidagi 

psixologik  tavsifnoma  yaratiladi.  Ma'lumotlarning  aniqliligi  bilan  xronometrik 

apparatlar boshqa toifadagi metodlardan keskin tafovutlanib turadi.  

Xuddi  shu  boisdan  olingan  materiallar  ishonchlilik  darajasi  yuqoriligi bilan 

muhim  ilmiy-nazariy  ahamiyat  kasb  etadi.  Boshqaruv  psixologiyasi  fan  asosini 

tashkil  qiladigan  metodlar  qatoriga  voqelik  va  hodisani  oqilona  hal  etish  metodi 

kiradi.  U  quyidagi  tarkiblardan  tashkil  topgandir:  fotoapparat,  kinoapparat, 

videokamera, magnitafon.  

 a)  fotoapparat  orqali  turli  hil  vaziyatlar,  shasxlararo  munosabatlar,  alohida 

shaxsning timsoli, ish joyining sur'ati, umumiy peyzaj aks ettiriladi. Huddi shu bois 

ob'ektiv holat foto ob'ektivda o'z ifodasini topadi. Olingan voqelikning aksi o'zini 

aniqlik darajasi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin tasvir harkatsiz bo'lganligi 

tufayli “jonli”, “vaziyatbop”, takroran aks ettirish imkoniyati yo'qdir. Voqelikning 

yorqin tasviri psixologik omil tariqasida ilmiy material rolini o'ynaydi;  

b)  kinoapparat  va  videokamera  o'zining  qamrovi  kengligi,  jonli  harakatlar 

majmuasi  ekanligi  bilan  faktik  ahamiyat  kasb  etadi.  natijada  rahbar  kadr  va 

xodimlarning  har  xil  vaziyatlardagi  ko'rinishi,  ish  ustidagi  holati,  bo'sh  vaqti 

taqsimlash, hordiq chiqarish va boshqa ijtimoiy hodisalarni yoritib berish to'g'risida 

ma'lumotlar to'plash hamda umumlashtirish imkoniyati tug'iladi. tasvirning alohida 

elementlarini tahlil qilish orqali psixologik materiallar yig'ish mumkin;  

v)  magnitafon  lentasiga  (tasmasiga)  yozib  olingan  verbal  munosabatlarning 

ifodasi faktik material sifatida voqelik mohiyatini ochish uchun xizmat qiladi. bunda 

shaxslararo munosabatning sur'ati, ritmikasi, chastotasi, vokal holati aniq aks etgan 

bo'ladi.  

Odamlarni  o'rganish,  sonlardan  xabardor  bo'lish,  o'zaro  ta'sir  o'tkazishni 

aniqlash,  shuningdek,  psixologik  muhit  yuzasidan  ma'lumot  olish  magnitafon 

yordami bilan amalga oshiriladi. Umuman olganda, faktik materiallarning ob'ektiv 

vositalari  hisoblanmish  jonli  va  jonsiz  texnika  vositalari  rahbar  kadrlar  hamda 

ularning  qo'l  ostidagi  kishilar  to'g'risidagi  psixologik  holatlar,  hodisalar,  sifatlar, 

qonuniyatlar bo'yicha ma'lumotlar to'plash, tahlil qilish, baholash imkonini beradi. 

Inson  psixikasini  o'rganishda  undagi  funktsional  holatlarni  (fiziologik 

funktsiyalarni)  qayd  qilish  metodi  quyidagi  apparatlar  yordami  bilan  amalga 

oshiriladi:  tomir  urish,  harorat  o'lchash,  qon  bosimi,  teri  galvanik  reaktsiya, 

elektromiogramma, EEG va boshqalar. Rahbar kadr va xodim fiziologik holatlarini 

tekshirish  jarayonida  ularning  psixologik  xususiyatlari  va  o'zgarishi  yuzasidan 

ma'lumotlar olish, ularni umumlashtirish hamda muayyan darajada xulosaga kelish 

imkoniya tuqiladi.  

Olingan ma'lumotlar ham normal, ham patologik holatlar yuzasidan mulohaza 

yuritishga asos bo'ladi. Shuningdek, ularning kasbiy layoqati, kasbiy yarog'liligini 

tashxis qilish  uchun materiallar  to'plashga  sharoit  yaratadi. Insonning salomatligi, 

ishchanligi, reaktsiyalarga hozir javobligi, imkoniyati to'g'risida muayyan material 

yig'ish va uni psixologik jihatdan tahlil etish shaxs omilini aniqlashda muhim rolь 



o'ynaydi.  Menejer  bilan  individual  suhbat  metodi.  Vaziyat,  sharoit,  muhit 

omillaridan kelib chiqqan holda menejer bilan suhbatlashish uning ayrim psixologik 

xususiyatlarini  o'rganishga  imkon  yaratadi.  Suhbat  muayyan  mavzu,  muddat, 

maqsad,  vazifa,  tayyorlangan  savollar  tizimi  kabi  tarkiblarga  asoslangan  holda 

amalga oshirilishi mo'ljallanadi. suhbat menejerning roziligi bilan amalga oshiriladi 

va ikki xil variantni qo'llash nazarda tutiladi: standart holda tor  ma'nodagi  mavzu 

bo'yicha  fikr  almashish  evaziga  shaxsning  ayrim  psixologik  xususiyati,  fazilati 

to'g'risida  ma'lumot  olish  mumkin;  nostandart,  ya'ni  keng  ko'ldamdagi  hodisalar 

yuzasidan  mulohazalar  yuritish,  mushohada  qilish  tufayli  menejerning  psixologik 

jihatidan o'rganish. Birinchi variantda cheklangan mavzu atrofida fikr yuritish orqali 

chuqurroq  ma'lumot  olish  imkoniyati  mavjud,  chunki  diqqat-e'tibor  faqat  yagona 

ob'ektga yo'naltirilgan bo'ladi.  

Huddi  shu  bois  shaxs  tuzilmasiga  kiruvchi  ayrim  ma'lumotlar  to'laroq  aks 

etadi,  lekin  menejerning  yaxlit  psixologik  portretini  yaratish  imkoniyatiga  ega 

bo'lmaydi.  Ikkinchi  variant  har  xil  mavzular  yuzasidan  fikr  almashish  orqali 

menejerning  saviyasi,  dunyoqarashi,  xarakter  xislati,  fikr  yuritish  xususiyati  va 

nutqiy qobiliyati bo'yicha psixologik ma'lumot olinadi. Uning kasbiy tayyorgarligi, 

xodimlariga munosabati, yuksak tuyg'ulari yuzasidan material yig'ishda individual 

suhbat  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Suhbat  jarayonini  qayd  etish  psixologik 

printsiplarga rioya qilingan holda amalga oshirilsa, uning ilmiylik darajasi yanada 

ortadi. Menejer faoliyatini o'rganishning asosiy metodlaridan biri - vaziyat, shaxsiy 

fikrni aniqlashga yo'naltirilgan intervьyudir. Intervьyu ijtimoiy psixologiyaning eng 

ommalashgan  metodi  hisoblanib,  u  o'z  navbatida  standart  va  nostandart  turlariga 

ajratiladi.  Har  ikki  turdan  farqli  o'laroq  uning  modifikatsiyasi  mavjud  bo'lib, 

vaziyatni  va  shaxsiy  fikrni  aniqlashga  yo'naltirilganligi  bilan  boshqalaridan 

tafovutlanib turadi.  

Vaziyatni baholash yuzasidan menejerni bildirgan mulohazalarining mantiqiy 

jihatdan asoslanganligi uning dunyoqarashi, salohiyati, intellekti darajasidan darak 

beradi.  bu  narsaga  boshqacha  urg'u  bilan  yondashilganda,  eng  avvalo  vaziyatni 

osoyishta  tahlillash,  ortiqcha  tashvish,  xadak,  bezovtalanishga  berilmaslik,  unga 

emotsional  emas,  balki  ratsional  (aqlan)  munosabatda  bo'lish  uning  atrofidagi 

xodimlarda  ishonch  tuyg'usini  uyg'otadi.  Ishlab  chiqarish  bilan  bog'liq  iqtisodiy 

holat,  u  yoki  bu  tarzdagi  tanglik,  shaxslararo  munosabatdagi  muammolar, 

umumjamoa  fikridagi  ziddiyat  o'ziga  xos  psixologik  vaziyatni  vujudga  keltiradi. 

Ana  shu  vaziyatning  yechimiga  oqilona  yo'l  topish  menejerning  topqirligi, 

tashkilotchilik qobiliyati, irodasining kuchliligini bildiradi. Intervьyu menejer nutq 

yordami bilan yuqoridagi vaziyatlarga nisbatan birdirilgan fikrlarning  majmuasini 

aks ettirishga imkoniyatiga ega.  

Inson  faoliyatida  nutq  va  tafakkur  birligi  muhim  ahamiyat  kasb  etib, 

shaxsning 

mustaqilligi, 

mantiqan 

teranligi, 

aql-zakovatning 

pishiqligi, 

hozirjavobligi,  egiluvchanligi,  fikrning  chuqurligini  aks  ettiradi.  Huddi  shu  bois 

mustaqil fikrlash, shaxsiy qarash, pozitsiya, o'ziga xos g'oya singari aqliy faoliyat 

tarkiblarini aniqlashning eng samarali yo'li intervьyudan foydalanishdir. Intervьyu 

ma'lumotlari 

magnitafon  tasmasiga,  tekshiruvchi  qayd 

qilish  daftariga 

mujassamlashtiriladi.  Eng  muhim  tomoni  shundaki,  intervьyuni  takroran  tahlil 




qilish, uning ichidan zarur alomatlarni ajratib olish imkoniyati mavjuddir. Xullas, 

vaziyat va shaxsiy mustaqil fikrlashni tekshirishda, ularga muayyan javob topishda 

intervьyu  metodi  muhim  rolь  o'ynaydi.  Menejerning  psixologik  xususiyatlarini 

o'rganishda o'ziga o'zi hisobot berishi tadqiqot metodi sifatida qo'llanilib kelinadi. 

O'ziga  o'zi  hisobot  berish  turli  xususiyatli  inson  omilini  ochishga  xizmat  qiladi. 

Fikrlar majmuasi sifatidagi hisobot yoki jamiyat va tabiatga nisbatan munosabatning 

yig'indisi ob'ektiv va sub'ektiv faktorlarning aks etishi menejer faoliyatiga shaxsiy 

baho berish, ya'ni o'zini o'zi baholashdan iboratdir.  

Menejerning o'ziga o'zi hisobot berishi bir necha vaziyatlarni qamrab oladi, 

birinchidan,  bo'lib  o'tgan  voqeliklarga  ijobiy  yoki  salbiy  munosabatini  bildirish, 

ikkinchidan, baholash jarayonidagi internal va eksternal nazorat funktsiyasini roli, 

uchinchidan,  xatolarni  keltirib  chiqaruvchi  sabablarini  aniqlash,  to'rtinchidan, 

nuqsonlarning oldini olish haqidagi mulohazalar, beshinchidan, faoliyat, muomala, 

xulq-atvor  samaradorligini  oshirish  yuzasidan  o'y-fikrlar  va  hokazo.  Menejerning 

monologik yoki dialogik tarzdagi o'ziga o'zi hisobot berishi uning xarakter xislatini, 

maslagini,  irodaviy  sifatlarini,  shaxsiy  xususiyatlarini  muayyan  yo'nalishda  ochib 

berishga  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  har  qanday  shakldagi  hisobot  shasxning 

o'ziga  baho  berishga  qaratilgan  bo'lib,  ob'ektiv  va  sub'ektiv  baholashni  o'zida  aks 

ettiradi.  O'zi  va  o'zgalar  to'g'risidagi  mulohazalarning  muayyan  tarzda 

mujassamlashuvi  yakka  shaxsning  o'ziga  munosabatini  hamda  qo'l  ostidagilarga 

nisbatan baholashini ifodalaydi.   

 

Menejer  va  uning  qo'l  ostidagi  (tobe)  kishilarning  o'zaro  munosabatlarini 



aniqlashga  mo'ljallangan  metodlardan  biri  -  varaqa  yoki  anketadir.  Varaqa  yoki 

anketa metodi ochiq, yopiq va shkala shakllardan tashkil topgan bo'lib, sirtdan baho 

berish,  munosabat  bildirish,  xohishni  aks    ettirish  kabi  psixologik  mezonlar 

yordamida  turli  xususiyatdagi  empirik  materiallarni  to'plash  imkonini  beradi. 

Anketa  o'zining  xususiyatiga  binoan  tekshiriluvchilardan  ro'y-rost  fikr  bildirishni, 

ba'zan nomsiz (shaxsning ismi, sharifsiz) axborot uzatishni taqozo etganligi tufayli 

ob'ektivroq  ma'lumot  olish  imkonini  yaratadi.  Varaqa  ijtimoiy  xususiyatli 

vaziyatlarni, munosabatlarni, individual qarashlarni tekshirishda foydalaniladi, uni 

tarqatish  oson  va  statistik  hisoblash  esa  o'ng'ay  kechadi.  Xuddi  shu  boisdan 

materiallar  ko'lami  kengligi,  ishtirokchilar  miqdori  kattaligi  bilan  boshqa 

metodlardan birmuncha ajralib turadi.  

Varaqa  savollariga  “ha”  yoki  “yo'q“,  shuningdek  “q”  yoki  “-”  alomatlar 

yordami  bilan  javob  qilinadi.  Ba'zi  hollarda  bir  nechta  vaziyatdan  faqat  bittasini 

belgilash  talab  etiladi,  goho  bir  savol  xilma-xil  pozitsiyadan  kelib  chiqib 

yondashilganligi  sababli  ishonchlilik  darajasi  yuksak,  aniq  bo'lishini  ham 

ta'minlaydi. Eng keyingi variantdagi varaqa shkalalar orqali fikrlar mujassamligini 

gavdalantiradi. 

 Menejer  uchun  uning  o'z  imkoniyatlarini  ochishga  qaratilgan  anketadan 

tashqari,  unga  qaratilgan  (yo'naltirilgan)  varaqa  ekspert  baholash  uchun  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Ekspert  baholashga  yo'naltirilgan  anketa  har  xil  vaziyatlarni 

o'rganishga  mo'ljallanganligi  tufayli  qo'l  ostidagi  (tobe)  kishilar  tomonidan  uning 

muomalasi,  faoliyati  samaradorligi,  xulq-atvori  xususiyati,  shaxsiy,  irodaviy, 

emotsional,  kognitiv,  regulyativ  xislatlari  yuzasidan  munosabat  bildirish,  baho 



berish orqali xarakterologik, etnopsixologik materiallar to'plashga imkon yaratadi. 

qo'l ostidagi xodimlarni baholash tizimi o'zining ob'ektivligi bilan boshqa mezonlar 

majmuasidan  tafovutlanadi.  Ayniqsa  baholash  sirtdan  o'tkazilishi  empirik 

ma'lumotlar  ishonchliligi,  validligi,  reprezentativligi  ko'rsatkichlariga  kafolat 

beradi.  

Menejerning varaqaga bergan javoblari yig'indisi bilan ekspert bahosi natijalari 

umumlashtirilsa tekshiruvning ilmiylik darajasi yanada ortadi. Xodimlarning o'zaro 

munosabatlarini  o'rganishga  qaratilgan  anketa  o'z  yo'riqnomasiga  binoan  turlicha 

vaziyatlarni  aniqlashga  xizmat  qiladi.  Shuningdek,  guruh  yoki  jamoadagi 

munosabatlar  majmuasi  bo'lmish  psixologik  muhit  mohiyatini  ochadi,  jipslik, 

hamdardlik,  o'zaro  hurmat,  empatiya,  attraktsiya,  simpatiya,  hamkorlik,  o'zaro 

yordam, praksik yuksak his-tuyg'ular holatini tavsiflaydi. Boshqaruv psixologiyasi 

asoslari  kursida  ekspert  baholash  metodi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ekspert 

baholash  metodining  mohiyati  shundan  iboratki,  menejer  faoliyati,  shaxsiyatiga 

beriladigan  tashqi  baho  hamkasabalari,  yordamchilari.  qo'l  ostidagi  hodimlari, 

jamoatchilik tomonidan amalga oshiriladi. 

 Ekspert baholash keng qamrovli bo'lib, u o'z ichiga menejerning turli sohadagi 

faoliyati  yutug'i  (muvaffaqiyatsizligi),  shaxslararo  munosabati  maromi,  odobi 

(takti),  shaxsiy  fazilatlari  (illati),  hissiy  kechinmalari,  irodaviy  sifatlari,  fikrlash 

uslubi, qaror qabul qilish taktikasi va strategiyasi kabi ijtimoiy psixologik jabhalarni 

qamrab  oladi.  Ekspert  baholashning  muhim  tomoni  shundan  iboratki,  aksariyat 

hollarda mazkur jarayon ob'ektivlik xususiyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, u tanqidiy 

yondashuvni  o'ziga  mujassamlashtiradi,  muayyan  darajada  qat'i  dalillash  unda 

ustuvorlik qiladi. Masalan, menejerning kim ekanligi uning qo'l ostidagi hodimlar, 

xizmatchilar tomonidan baholanishi aksariyat hollarda aniq, haqchil, odilona hamda 

umumlashgan tarzda amalga oshiriladi. Bu masalani yanada oydinlashtirish uchun 

test  savollari,  so'rovnoma  singari  tekshirish,  sinov  mezonlaridan  foydalaniladi. 

Menejer  yoki  mutaxassisni  “o'rta  ishchan  yoki  iste'dodli”  deb  baholash 

ekspertlarning umumiy fikrlarini o'zida mujassamlashtiradi.  

Ko'pchilikning  unga  nisbatan  iliq, samimiy  (g'arazgo'y)  munosabati  oqillikni 

o'zida  aks  ettiradi.  Ekspert  baholash  metodini  qo'llash  orqali  rahbar  kadr  yoki 

xizmatchilar to'g'risida muayyan darajada ma'lumotlar to'plash imkoniyati tug'iladi 

va  ularning  asosida  psixologik  tavsif  yaratilishi  mumkin.  Shuning  bilan  birga 

insonlarda uchraydigan nuqsonlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga zamin 

hozirlanadi.  Boshqaruv  psixologiyasi  sohasi  uchun  menejer  yoki  oddiy 

mutaxassisning faoliyat maxsuli tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Huddi shu 

sababdan  rahbar  kadr  yoki  yetakchi  mutahassis  faoliyatining  mahsuli  (ish  rejasi, 

hisoboti,  ish  yuritish  yo'rig'nomasi,  jihozlashdagi  yuksak  didligi,  mahsulot  sifati, 

qurilish  maydonchasining  ko'rinishi,  hujjatlarni  rasmiylashtirish  holati,  texnikaga 

shaxsiy  munosabatining  ifodasi  va  hokazo)  ni  tahlil  qilish  natijasida  ularning 

qobiliyati, 

tashkilotchiligi, 

fikrlash 

uslubi, 


nafosatliligi, 

yuksak 


hissiy 

kechinmalariga egaligi, xarakterologik xususiyati, ijodkorligi to'g'risida diagnostik 

hususiyatli 

ma'lumotlarni  umumlashtirish 

mumkin. 

Mazkur 


ma'lumotlar 

tekshirilayotgan odamlarning shaxsiy fazilatlari individual xususiyatlari yuzasidan 

muayyan  darajada  xulosa  chiqarishga  imkon  yaratadi.  Faoliyat  mahsulini  tahlil 



qilish  individual,    guruhiy  va  jamoaviy  shaklda  olib  borilishi  mumkin.  Faoliyat 

mahsulining har qaysi alohida tahlil qilinsa va baholansa uning aniqlik ko'rsatkichi 

yuqori  bo'ladi.  alohida  menejer  faoliyatiga  berilgan  baho  umumlashtirilishi  orqali 

yaxlit  shaxsning  psixologik  portreti  yoki  timsoli  (tasviri,  obrazi)  vujudga  keladi. 

Umumlashgan  tavsiflar  majmuasi  shaxs  to'g'risida  ma'lum  ma'lumotlar  olishiga 

sharoit  tug'diradi.  Menejer  uchun  faoliyat  va  muomala  xususiyatlari  tekshirishda 

tabiiy  eksperiment  metodidan  foydalanish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Umumiy 

psixologiya  fanida  qo'llaniladigan  tabiiy  eksperiment  metodi  menejer  faoliyati  va 

muomala jarayoni kechishining ob'ektiv tarzda baholash uchun xizmat qiladi.  

Umumiy  tamoillarga  binoan  kuzatiluvchi,  o'rganiluvchi,  tekshiriluvchi 

odamlar tajriba vaziyatidan behabar bo'lishligi lozim, aks holda uning holisonaligi 

pasayadi,  samaradorligi  ko'rsatkich  qiymati  esa  qadrsizlanib  boradi.  Menejer 

faoliyati  kechishining  (ish  boshidan  to  ohirigacha)  ma'lum  maqsad,  muayyan 

bosqichlarning  ro'yobga  chiqishiga  asoslangan  holda  tekshirilishi  uning  ishga 

munosabati  (faolligi,  serg'ayratligi,  qat'iyatligi,  uyushqoqligi,  mas'uliyatligi, 

jiddiyligi,  rejaliligi,  sobitqadamliligi,  maqsadga  yo'nalganligi,  mehnatsevarligi  va 

hokazo),  ish  o'rni,  quroli,  rejasi,  yaqqolligi  (kundaligi  yoki  istiqbolligi0 

ko'rsatkichiga ehtiyoj sezish yetuklikdan dalolat beradi.  

Har kungi grafik bo'yicha  mehnat faoliyatini tashkil qilish va uni boshqarish 

muayyan darajada qayd qilib borish orqali shaxsning xususiyatlari, ish uslubi, kasbiy 

ko'nikma va malakalari bo'yicha ma'lumot olinadi. Shuningdek, vaqtni idrok qilish, 

axborotlarni hotirada saqlash, fikr yuritish, fahm-farosat, berval va noverbal nutqdan 

foydalanish  va  uni  qo'llash  texnologiyasi,  ish  yuritish  taktikasi,  inson  texnika 

munosabatini  ro'yobga  chiqarish  sur'ati,  tembri,  chastotasi  bo'yicha  psixologik 

ma'lumotlar to'planadi. Ma'lumotlarni to'plash va ularni sifat, miqdor jihatidan tahlil 

qilish  tabiiy  sharoitda  kechgan  faoliyatning  o'ziga  xosligi  hamda  uni  amalga 

oshiruvchi  shaxsning  fazilatlari,  motivatsion  emotsional,  irodaviy,  kognitiv, 

regulyativ xususiyatlari aniqlanadi.  

Ularni (ma'lumotlarni) umumlashtirish natijasida insonning psixologik tasviri, 

ichki kechinmalari ilmiy  mezonlar  yordamida  yahlit holga  keltiriladi. Shaxslararo 

yoki guruhlararo munosabat xususiyatini tekshirishda muomalaga kirishish va uning 

tabiiy sharoitda kechishini kuzatish, vaziyat va uning yechimini topish, o'ziga xos 

ravishda  omillar  harakatlanuvini  qayd  qilish  maqsadga  muvofiq.  muomalaning 

kommunikativ,  interaktiv,  pertseptiv  tarkiblari  yuzasidan  ma'lumotlilik  (bilimga 

egalik) muloqot mohiyati, shakli, maromi, funktsiyasi, vaziyati, muammosi va uning 

yechimini  topishda  sheriklar  (muomaladoshlar)  ning  huquqiy  tengligi  muomala 

barqarorligini ta'minlaydi.  

Muomaladoshini  hurmat  qilish,  uning  imkoniyatini  ob'ektiv  baholash,  erkin 

samimiy  fikr  almashish,  biri  ikkinchisiga  kamroq  ta'sir  o'tkazish  natijasida  o'zaro 

tortilganlik  holati  yuzaga  keladi.  Muomalaning  barqarorligi,  uzluksizligi, 

ko'tarinkiligi,  sheriklarning  (muloqotga  kirishuvchilarning)  bir-birini  tushunuviga 

va  o'zaro  qabul  qiluvchanligiga  bog'liq.  Muomalaning  kechishiga  uning 

funktsiyalarini to'g'ri amalga oshish sharoiti bilan tavsiflanadi. Muomalaning tashqi 

(eksternal) va ichki (internal) ifodasi menejer bilan hodim o'rtasidagi fikr almashuv 

muloqotdoshlarning  nutqi  qobiliyati,  ta'sir  o'tkazish  imkoniyati,  kasbiy  nazokati, 



xulq-atvori,  fikrlash  darajasi,  insonni  inson  tomonidan  idrok  qilishning  odilligi, 

oqilligi  to'g'risida  psixologik  ma'lumotlar  to'planadi.  Mazkur  ma'lumotlar 

ishonchliligi tekshiruv yoki eksperiment jarayonining tabiiy ravishda kechishida o'z 

ifodasini topadi.  

Fikr uzatish va uni qabul qilish kezida o'zaro nazokatlilikka rioya qilishlik va 

o'zaro  tushunuv,  o'zaro  hurmat,  o'zaro  simpatiya,  hatto  empatiya  tuyg'ulari 

mavjudligidan  dalolat  beradi.  Menejer  (xodim)  psixikasini  o'rganishda  tabiiy 

eksperiment  metodidan  foydalanish  va  bunda  shaxsning  faoliyati  hamda 

muomalasiga  alohida  e'tibor  berish  boshqaruv  psixologiyasi  asoslari  sohasini 

amaliy,  nazariy  ahamiyatini  oshiradi,  shaxslararo  munosabat  uslubi,  maromi, 

maqomi  takomillashuviga  olib  keladi.  Rahbar  (menejer)  va  tobe  kishilar 

(xizmatchilar,  xodimlar)  psixikasini  o'rganishda  laboratoriya  eksperimenti  metodi 

muhim rolь o'ynaydi.  

Eksperimentning  laboratoriya  shakli  (ko'rinishi)  umumiy  psixologiya  fanida 

qanday  qo'llanilgan  bo'lsa,  huddi  shu  maqsadni  o'rganishga  o'rganishga  xizmat 

qiladi. Unda farqli o'laroq aksariyat hollarda qiyosiy tavsifini berishga mo'ljallanadi, 

natijada  o'zaro  mutanosiblik  (har  jihatdan),  o'zaro  intilish  uyg'unligi  aniqlanadi. 

Laboratoriya  sharoitida  tadqiqot  maqsadi  qatnashchilariga  oshkora  qilinadi,  fan 

uchun holis yordam berish zarurati tushuntiriladi.  

Laboratoriya  eksperimeti  ikkita  negizga  suyangan  holda  tekshiruvi  ishini 

amalga  oshiradi;  portativ  metodikalar  (yangi  va  mumtoz)  va  mahsus  asboblar 

(apparaturalar)  yordami  bilan  menejer  yoki  alohida  hodim  o'rganiladi.  Ushbu 

metodikning o'ziga xos tomoni shundaki, unda vaziyat, mahsus sharoit hotirjamlikka 

putur  yetkazadi,  buning  oqibatida  bezuvtalanish,  hovotirlanish  vujudga  keladi, 

olingan  natijalar  aniqligi  sub'ektiv  omillar  bilan  aralashadi,  muammoli,  suniy 

vaziyatlar  tabiiylik  alomatlariga  salbiy  ta'sir  o'tkazadi.  Laboratoriya  sharoitidagi 

shaxs xadik xis etishi tufayli hayajonlanish oqibatida mavjud ruhiy imkoniyatlarini 

to'la-to'kis  ro'yobga  chiqara  olmaydi.  Lekin  tabiiy  eksperimentga  qaraganda 

samaradorligi,  ishonchliligi,  validliligi,  reprezentativligi  bilan  bir  necha  barobar 

ustuvorlikka  ega.    Laboratoriya  sharoitida  testlar,  ishbilarmonlik  o'yinlar, 

boshqatirma topshiriqlar va boshqa tadqiqot shakllari yordami bilan insoniy bilish 

jarayonlari,  individual-tipologik  xususiyatlari,  faoliyat,  xulq,  muomala  sifatlari 

o'rganiladi. Bunda proyektiv metodikalar, rasmli testlar, tugallanmagan gap, ijodiy 

(kreativ)  fikrlash  kabi  bir  qator  portativ  metodlarni  ishtirokchilarda  sinab  ko'rish 

ijobiy  natijalar  beradi.  Laboratoriya  sharoitida  sezgi,  idrok,  xotira,  tafakkur 

jarayonlarini,  shaxsning  individual-tipologik  xususiyatlarini,  asab  tizimini, 

fiziologik mexanizmlarni aniq elektron asboblar yordami bilan o'lchash mumkin.  

Bundan  tashqari,  kasbiy  moyillik,  kasbiy  layoqat,  kasbiy  yarog'lilik  ham 

asboblar bilan aniq va takroran o'lchash imkoniyatiga ega. Boshqaruv psixologiyasi 

kursi  bo'yicha  ma'lumotlar  to'plashda  muammoli  va  sun'iy  qiyinlashtirilgan 

vaziyatni qo'llash eksperimental metodi muhim rolь o'ynaydi. Muammoli vaziyatni 

vujudga  keltirish  va  uning  yechimini  topish  metodi  sinaluvchining  aql-zakovati 

ko'rsatkichi,  ijodiy  izlanishi,  aqlning  chuqurligi,  teranligi,  mahsuldorligi,  tezligi, 

hissiy  kechinmalarini  idora  eta  olish  imkoniyati,  shaxsning  intervertligi 




ekstravertligi  xususiyatlari,  xavotirlanish  (bezovtalanish)  darajasi  yuzasidan  ham 

nazariy, ham amaliy materiallar yig'ishga mo'ljallangan.  

Odatda  muammoli  vaziyatni  tabiiy  sharoitda  yaratish  muayyan  bosqichlar 

orqali  yechimini  topish  tufayli  amaliyligini  barqarorlashtiradi:  a)  muomma 

mohiyatiga kirish; b) muammo yechimini izlash uchun vositalar, yo'llar tanlash; v) 

saralangan  usullar,  vositalar  va  yo'llarni  tatbiq  etish;  g)  yechimning  to'g'riligini 

tekshirish.  Muammoli  vaziyatlar  xilma-xil  holatlarga,  mavzularga  bag'ishlangan 

bo'lib, aniq vaqt oralig'ida uni hal qilish, yechish amalga oshiriladi. Masalan, “Ishlab 

chiqarishning iqtisodiy omilini barqarorlashtirish mumkinmi?”, “Xodimlar o'rtasida 

ko'nimsizlikning  oldini  olish  uchun  nima  qilish  kerak?”,  “Jamoada  fidoiylik 

to'yg'usini  qanday  shakllantirish  mumkin?”  va  hokazo.  Muammo  individual  va 

guruhiy tarzda hal qilish yo'llari mavjud bo'lib, yuzaga kelgan sharoit, holat va vaqt 

birligiga binoan har xil usullar tatbiq etiladi. muammoli vaziyatning yechimi qat'iy 

va mutlaq bo'lishi shart emas, ko'pincha nisbiy xususiyatga asoslangan holda unga 

yondashiladi. Vaziyatlar to'g'risida amaliy tajribalar va nazariy xulosalar malakasi 

oshib borish tufayli yechimini torpishga kamroq vaqt sarflana boshlaydi.  

 


Yüklə 256,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə