4-Mavzu: korxonani tashkil etish va faoliyatini to’xtatish



Yüklə 33,5 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü33,5 Kb.
#126908
4-Mavzu korxonani tashkil etish va faoliyatini to’xtatish


4-Mavzu: KORXONANI TASHKIL ETISH VA FAOLIYATINI TO’XTATISH

Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:





  • korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi;

  • korxona muassislarini tanlash;

  • taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish;




  • korxona Nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;

  • korxonaning ta'sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;







  • soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish.

O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.


Ta'sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta'sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.


Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta'sis hujjatlari belgilab berilgan:




Korxona Nizomi;


Ta'sis shartnomasi.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta'sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Nizom va ta'sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud.


Korxona Nizomi asosiy ta'sis hujjati bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg‘armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko‘rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi.


Ta'sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to‘ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. Ta'sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o‘rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo‘yiladi.

Korxonani ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilanadi:



  1. Korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza.




  1. Ta'sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror.

  2. Korxona Nizomi.




  1. Ta'sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan Nizom jamg‘armasining kamida 50% miqdoridagi qismi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar.




  1. Davlat bojini to‘laganlik haqida guvohnoma.




  1. Monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga roziligini tasdiqlovchi hujjat.




  1. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlash qo‘mitasi yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat.

Korxonani qayta tashkil qilish – bu, uning birlashib ketishi, qo‘shilishi, bo‘linishi, ajralib chiqish va shaklini o‘zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil qilish ta'sischi (ta'sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim.


Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo‘lib, ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish faoliyatining to‘xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga korxona tugatilganini xabar qilish,




kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini undirish choralarini ko‘rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz qolgan xodimlar ish bilan ta'minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi.
Yüklə 33,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə