4-mavzu Laboratoriya mashg’ulotining ishlanmasini tayyorlash Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar «Psixologiya»



Yüklə 22,41 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü22,41 Kb.
#144903
4 mavzu laboratoriya mashg’ulotlarini ishlanmasini tayyorlash


4-mavzu Laboratoriya mashg’ulotining ishlanmasini tayyorlash

Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar «Psixologiya» kursini o’qitishning muhim tarkibiy qismlaridir. Ular egallangan nazariy bilimlarni faollashtiradi, mustahkamlaydi va konkretlashtiradi. «Laboratoriya» so’zi lotin tilidan «laboratorium» - ishlash – degan ma’noni bildiradi, ya’ni ilmiy-tadqiqot, o’quv-amaliy tajribalarini o’tkazish uchun ajratilgan va jihozlangan maxsus xonadir. Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar psixologik tadqiqot o’tkazishning sodda metodlari va usullarini o’rganib boradilar. Keyinchalik ular bu metodlarni kundalik pedagogik faoliyatlarida qo’llashlari mumkin. Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalarning o’zlari tadqiqotchi va sinaluvchi sifatida ishtirok etadilar va ishtirok etayotgan eksperimentlarni mustaqil o’tkazishga o’rganadilar. Tajribalarda qatnashish, turli xil test topshiriqlarini bajarish har doim talabalarda qiziqish uyg’otadi. Chunki bu chora-tadbirlar ularning o’zlarini bilish, o’z-o’zini anglash, shaxsiy psixologik sifatlarni belgilash, o’zining taraqqiyot darajasini aniqlash va o’z psixologik xususiyatlarini diagnostika qilish imkoniyatini beradi. O’z bilimlarini talabalar xilma xil psixologik masalalarni echishda namoyish etishlari mumkin. Psixologik masalalarni echish jarayonida talabalar egallanayotgan bilimlar bo’lajak faoliyat uchun qanchalik muhimligiga yana bir bor amin bo’ladilar. Talabalarga masalalarni echtirish orqali o’qituvchi materialning o’zlashtirish darajasini tekshirish imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Laboratoriya mashg’ulotlarida kompyuter texnikasi qo’llanilganda talabalarning barcha aqliy imkoniyatlari mujassamlanadi, bunda shunchaki yakuniy natijalarning nazoratini emas, balki talabalarning o’z-o’zini nazorat qilish yuzaga chiqadi. Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish va qo’llash mumkin bo’lgan bir qancha ish turlari mavjud. Har bir mashg’ulot uchun ish turini tanlash darsning mavzusi, o’qituvchining imkoniyati va texnik xolatlariga bog’liq bo’ladi. Laboratoriya mashg’ulotlarini boshlashdan avval o’qituvchilar talabalarning nazariy tayyorgarligini tekshirib ko’rishlari talab etiladi. Tajriba ishini olib borish haqida tafsilot belgilari yozib borish uchun qora daftar, ish natijalarini sinchkovlik bilan qayta ko’rib chiqib, tartibga solingan keyingi xisobot daftari, hamda qilingan ishlar bayoni ham rasmiylashtiriladi. Mashg’ulotlarni maktab materiali (ayniqsa, «yosh va pedagogik psixologiya» kursidan), ya’ni u yoki bu metodlardan foydalangan xolda, maktabdan olingan ma’lumotlar asosida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu talabalarning o’quvchi psixologiyasi haqidagi bilimlarini aniqlashtirish va chuqurlashtirishga yordam beradi, yosh psixologiyasi masalalariga bo’lgan qiziqishlarini o’stiradi. Talabalar laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazishga jalb qilinganda o’quv guruhi yana 2-ta guruhga bo’linadi hamda har bir talabaga mustaqil tajriba o’tkazish va sinaluvchi rolida bo’lish 5 imkoniyati beriladi. Tajriba natijalari protokolga (qaydnomaga) yoziladi va o’qituvchi bilan birgalikda muhokama qilinadi. Laboratoriya mashg’ulotlari rejasini tuzishda talabalarga ma’ruzalarda ko’rib chiqilgan mavzularning metodologik va nazariy tomonlarini mumkin qadar to’larok ochish, ilmiy adabiyot bilan mustaqil ishlay olishga o’rganish, psixologik tadqiqot metodikasi bilan tanishish, maktab o’quvchilari shaxsining tarkib topishi va rivojlanishini kuzata bilish, psixologik dalillarni tahlil etish, baholash hamda to’g’ri psixologik–pedagogik xulosalar chiqara bilishni o’rganish imkoniyatini yaratishni nazarda tutish kerak. Laboratoriya mashg’ulotlari rejasi, mavzuga taalluqli bo’lgan adabiyotlar oldindan talabalarga havola etiladi. Sharoitga qarab ba’zi ish shakli va metodi o’zgartirilishi mumkin. Ayrim topshiriqlarning mazmuni o’zgartirilishi yoki ularni boshqasi bilan almashtirilishi, ba’zilarini esa talabalarga mustaqil ish tariqasida topshirilishi ham mumkin. Shunday qilib, laboratoriya mashg’ulotlarining asosiy tavsifi shundaki, unda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment o’tkazadilar. Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida laboratoriya ishlari talabaga nazariy bilimlarni qo’llash mexanizmini chuqur va ko’rgazmali o’rganish imkonini beradi. Laboratoriya mashg’ulotlari talabada tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta’minlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi. Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi: · laboratoriya mashg’ulotlarini rejalashtira olish va o’tkaza olish; · laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish; · fan va ishlab chiqarish bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg’otish; · talabada natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatini ta’minlash; · talabani nazariy jihatdan tayyorlash; · laboratoriya mashg’ulotlari nafaqat aniq mavzu bo’yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə