bo‗yaladi. O‗rganilayotgan mikroorganizmlar tomchisi buyumoynasida bo‗yoq
aralashmasi tomchisi bilan aralashtiriladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va 2-3
minutdan so‗ng mikroskopda qaraladi.
Mikroorganizmlarning
tabiiy shakli, kattaligi va tuzilishi, ularning ayrim
tuzilmalari (hujayradan tashqaridagi shilimshiqlik) to‗g‗risidagi
tushunchalarni
negativ preparatlar beradi. Negativ bo‗yash uchun suyuq tush, qizil kongoning 3%
li suvli eritmasi, nigrozinning 10 foizli eritmasi va mirob hujayralariga
singmaydigan boshqa bo‗yoqlar ishlatiladi. Tush yoki boshqa bo‗yoq
eritmasini
tomchisi o‗rganilayotgan kultura tomchisi bilan aralashtiriladi, ustidan qoplagich
oyna bilan yopiladi. Bo‗yoqlar hujayrani o‗rab turgan bo‗shliqni to‗ldiradi.
Natijada bo‗yalmagan mikroorganizmlar preparatning to‗q fonida yaxshi yoritilgan
rangsiz kapsulalar ko‗rinishida aniq ajralib turadi.
Negativ bo‗yash boshqacha tarzda amalga oshirilishi ham mumkin.
Buyum
oynasiga qizil kongoning 3 foizli suvdagi eritmasining tomchisi tomiziladi. Bu
tomchiga o‗rganilayotgan material qo‗shiladi va sal aralashtiriladi. SHundan keyin
hosil bo‗lgan aralashma ilmoq yordamida spiral ko‗rinishida yoyiladi. Bunda
ilmoq har gal yangi joydan olib o‗tiladi. Material qon surtmasi tayyorlash
jarayonidagi singari qoplagich oyna bilan ham yopilishi mumkin.
Surtma havoda
quritiladi, fiksirlanmaydi va immersion ob‘ektiv bilan mikroskopda ko‗riladi.
Qizil-jigarrang fonda mikroorganizmlarning bo‗yalmagan shakllari yaxshi
ko‗rinadi.
Dostları ilə paylaş: