Fiksatsiya qilish uchun preparat pinset yordamida yoki bosh va ko‗rsatgich
barmoqlar bilan ushlanadi va gorelka alangasi ustidan 3-4 marta olib o‗tiladi.
Buyum oynasi barmoq tekkizilganda sal kuydiradigan darajagacha 2-3 sekund
mobaynida qizdiriladi. Bundan ortiq termik fiksatsiya mikrob hujayralarining
tuzilishi va shaklini o‗zgartirib yuborishi mumkin.
SHuningdek kimyoviy
moddalar bilan fiksatsiya qilish ham qo‗llaniladi. Buning uchun surtmali buyum
oynasi 96% li etanol solingan menzurkaga 15-20 min, suvsiz metanolga 3-5 min,
atsetonga 5 min, Nikiforov aralashmasiga 15-20 min, 96% etanol va 40% li
shakllinning 95:5 nisbatdagi aralashmasiga 2 min solib qo‗yiladi. Fiksatorni
bevosita surtma ustiga qo‗yish va ko‗rsatilgan vaqtgacha tutib turish ham mumkin.
Fiksatsiya tugagandan keyin surtma distillangan
suv oqimi bilan yuviladi va
shundan keyin bo‗yaladi.
Fiksatordan yuvilgan surtma vannacha ustiga o‗rnatilgan ko‗prikchaga
joylashtiriladi. Surtma ustiga bo‗yoq eritmasi tomizg‗ich bilan quyiladi. Bo‗yash
davomiyligi har xil bo‗ladi: suvli fuksin uchun – 1-2 min, ko‗k metilen uchun esa
- 3-5 min. Bo‗yash jarayoni tugagandan keyin preparat oynaning chetidan
ushlagan holda olinadi, qiya holatda tutiladi va
kuchsiz suv oqimi yordamida
bo‗yoq yuvib tashlanadi. YUvish oqib tushayotgan suvda bo‗yoq deyarli
qolmagunga qadar davom ettiriladi. SHundan keyin preparat havoda yoki oynaga
ehtiyotlik bilan filtr qog‗ozini tegizib quritiladi. Bo‗yalgan
surtma immersion
ob‘ektiv orqali mikroskopda ko‗riladi. Puxta tayyorlangan va to‗g‗ri bo‗yalgan
preparatda ko‗rish maydoni toza bo‗lib, faqat hujayralar bo‗yalgan bo‗ladi xolos.
Toza fon hosil qilish uchun bo‗yoq eritmasini surtma ustiga qo‗yilgan filtr
qog‗ozga qo‗yish yoki oldindan tegishli bo‗yoq singdirilgan filtr qog‗ozdan
foydalanish mumkin. Fiksatsiya qilingan surtma ustiga bir necha distillangan suv
tomchisi tomiziladi, uning ustidan esa surtma o‗lchamiga moslab qirqib olingan va
tegishli bo‗yoq bilan bo‗yalgan filtr qog‗oz qo‗yiladi,
u oyna sirtiga bosiladi va
belgilangan muddatda shunday ushlab turiladi. SHundan keyin qog‗oz olib
tashlanadi, preparat suv bilan yuviladi, quritiladi va immersiya orqali mikroskopda
ko‗riladi.
Dostları ilə paylaş: