4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish


Kabellarni oksidlantirmasdan kuydirish



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə14/16
tarix26.10.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#131757
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Metallarresiklingi4-bob

Kabellarni oksidlantirmasdan kuydirish
Bundan tashqari pirometallurgik yo‘l bilan kabel temir-tersak va chiqindilarini qayta ishlash ham keng tarqalgan.
Sobiq ittifoq darida VNIIP ikkilamchirangmet korxonasi tomonidan, ko‘p tomirli qo‘rg‘oshinli va rezina qoplamali mis, hamda alyuminiy kabellarini izolyasiyasini olish moslamasi yaratildi.
Bu moslama yoqish va sovutish kameralari bo‘lgan pech, bug‘ kondensator va radiant truba-gorelkalardan tuzilgan.
Kabel temir-tersak va chiqindilarini oksidlantirmasdan qayta ishlash, tabiiy gaz bilan isitiladigan, bevosita kuydirish kamerasida yuz beradi. Kabel, temir-tersak va chiqindilari bilan to‘ldirilgan (5-6 t) quti chig‘ir bilan harakatga keltiriladigan, harakatlanuvchi tub (pod) ga qo‘yiladi. Temir-tersak va chiqindili qutini kuydirish kamerasiga jo‘natish ikki yoqlama bajariladi.
Qo‘rg‘oshin va bitum qobiqli kabellarni qayta ishlashda, kuydirish kamerasida (2000С haroratda) bitum qobig‘ini erishi va uchuvchan birikmalarni bug‘lanishi, so‘ngra 3500С haroratda qo‘rg‘oshinni erishi yuz beradi. Pech qo‘rg‘oshin va bitumni alohida quyadigan chiqarish uskunasi bilan jihozlangan. Termo (issiqlik) qayta ishlash tugallangandan so‘ng, pech suv bilan 2000С haroratgacha sovitiladi. So‘ngra mexanik ajratishga yuboriladi.
Rezina qoplamali kabellar 4000С haroratgacha qizdiriladi, so‘ngra 2000С haroratgacha suv bilan sovitiladi va ochiq havoda rezinani o‘zidan-o‘zi emirilib ketguncha ushlab turiladi. Keyinchalik kabel mexanik qayta ishlashga yuboriladi.


Kabellarni izolyasiyasini tozalashning kimyoviy usullari
Kabel izolyasiyalarini tozalashning kimyoviy usulida tok o‘tkazuvchi metallar bilan ta’sirlashmaydigan tuzli erituvchilar, eritmalar va organik erituvchilar qo‘llaniladi. Ishqoriy metallarning gidroksidlari-engil erituvchi massa ko‘rinishida bo‘ladi. Ularni erish nuqtalari quyidagichadir, C: 445-LiOH; 318,5-NaOH; 360,5-KOH; 301-PbOH; 273,3-CdOH.
Kabel temir-tersak va chiqindilari po‘lat savatlarga joylashtiriladi va ishqoriy metallar gidroksidlarining eritmalari (320C li haroratda) quyiladi. Izolyasiyalar erigandan so‘ng, savatda faqat toza metall qoladi. Bunday usulda - metalni ajratib olish 100 foizga yaqin bo‘ladi.
Izolyasiyani yo‘qotishni 150С haroratgacha qizdirilgan ishqoriy metallar gidroksidlarining suvli eritmalarida ham qilish mumkin. Bu harorat plastmassaning erish nuqtasidan taxminan 30C yuqoridir.
Kimyoviy usulga shuningdek, kabel temir-tersak va chiqindilarini avtoklavlarda qayta ishlash ham misol bo‘ladi. Qayta ishlashdan oldin izolyasiyali tok o‘tkazuvchilar 6-12 mm uzunlikda qirqiladi, havo separatoriga solinadi. Og‘ir fraksiyalar savatga solinib avtoklavga yuklanadi, so‘ngra avtoklav yog‘ bilan to‘ldiriladi. 230-260С haroratga qizdirilgan yog‘ sirkulyasiyalanadi (aylanadi) va tok o‘tkazuvchilarni izolyasiyasini, hamda qalay va kovsharlarni olib tashlaydi. Izolyasiya, qalay va kavsharlar shlam shaklida apparat tubiga cho‘kadi. Avtoklavda material 1,5-3 soat bo‘ladi, so‘ngra 135С haroratgacha sovutiladi. Ko‘p hollarda sovutilgan material bolg‘asimon tegirmonlarga jo‘natiladi. Material tegirmonlardan chiqqandan so‘ng, tebranuvchan konveyerlarda yuvish yo‘li bilan yog‘dan tozalanadi, quritiladi, o‘ngra magnit va havo separatsiyalariga yuboriladi.
Tok o‘tkazuvchilar va kabellardan izolyasiyalarini kimyoviy usulda tozalash murakkab asbob-uskunalarni, kimyoviy reagentlarni (bularning ko‘pchiligi agressiv va zaharli) sezilarli sarfini, oqova suvlarni o‘ta tozalashni, ajralayotgan gazlarni zararsizlantirishni talab qiladi.



Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə