4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə9/16
tarix26.10.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#131757
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Metallarresiklingi4-bob

4.15-rasm. Presslash dastgohi
Gidravlik paket presslar avtomatik va yarim avtomat rejimda ishlaydi. Ular temir-tersak va chiqindilarni 50 kg dan 4500 kg massagacha bo‘lgan paketlar holiga keltiradi.
Kukunsimon va qirindi ko‘rinishdagi mahsulotlarni saqlashni, tashishni, eritish tezlatish va metal sarfini kamaytirish maqsadida yiriklashtirish (briket shakliga keltirish) jarayoniga briketlash deyiladi. Briketlash jarayoniga xom-ashyoni zichligi 2000-2200 kg/m3 gasha zichlashadi. Bu operasiya quruq, ifloslanmagan, yirikligi 100 mm dan kam bo‘lmagan qirindilar uchun olib boriladi. (4.5.6-rasm)

4.16-rasm. Kukunsimon va qirindi ko‘rinishdagi mahsulotlarni briketlash
Amaliyotda briketlash uchun B-654 tipidagi gidrovlik va MIB-275 A tipidagi impulsli biriketlash presslari keng qo‘llaniladi.
B-654 tipidagi presslarda presslash kuchi 6200 KN ni tashkil qilib, bronza va mis qirindilarini briketlash uchun solishtirma bosim teng nisbatda 440 (bronza qirindilari uchun) va 360 (mis qirindilari uchun) MPa ni tashkil qilish kerak. Briketlarning diametri 140-160 mm ni, balandligi 50-90 mm bo‘ladi. Bronza va latun qirindilarni qayta ishlashda briketlarning massasi 6-7 kg ni, ishlab chiqarish unumdorligi 3,5-3,5 t/soatni tashkil qiladi.
Impulsion briketlashda presslash energiyasi tabiiy gaz va havo aralashmasini portlashidan ajralib chiqadi. Alyuminiy qirindilarni briketlashda diametri 275 mm,balandligi 67-75 va massasi 10-12 kg bo‘lgan briketlar olinadi. Pressning ishlab chiqarish unumdorligi 1,2-1,5 t/soatni tashkil qiladi.


4.6. Rangli metallarning va qotishmalarining
qirindilarini hosil bo‘lishi va qirindilarini qayta ishlash
Metallarga va qotishmalarga metall qirqadigan stanoklarda ishlov berilganda qirindilar hosil bo‘ladi. Qirindilar - qotishmani kimyoviy tarkibiga, qirqadigan uskuna yoki asbob turiga bog‘liq holda qirindilarni ko‘rinishiga va alohida zarrachalarini o‘lchamlariga bog‘liq holda bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Qirindilar quyidagi xillarga bo‘linishi mumkin: sochiluvchan va o‘ram-o‘ramli (bog‘langan), yirik va mayda, bir jinsli va aralashgan (sochiluvchanligi va yirikligi bo‘yicha). Mexanik ishlov berilish natijasida yig‘ilgan qirindilar temir bilan zararlanishi mumkin. Temirni miqdori ayrim paytlarda 30 foizgacha etadi.
Metall va qotishmalarga qirquvchi stanoklarda moylovchi - sovutuvchi suyuqliklar yordamida ishlov beriladi. Buni natijasida qirindini yuzasi emulsiya va moyni yig‘ib oladi. Emulsiya - ikkita bir-birida erimaydigan moddalar zarrachalarining aralashmasidir. Qirindilarni ochiq havoda saqlash natijasida moy va changni miqdori 20-30 foizga oshishi mumkin.
Nam qirindilar juda tez korroziyaga uchraydi, buni ishqoriy emulsiya jarayoni yanada tezlatadi. Qirindilarga metallurgik ishlov berganda yuqori texnika-iktisodiy ko‘rsatkichlarga erishish uchun, ularni temirning mexanik aralashmalaridan, changdan, moydan, er qoldiqlaridan tozalash kerak.

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə