4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


Esse Esse-taklif etilgan mavzuga 1000dan 3000gacha so’z xajmidagi insho



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə54/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

Esse
Esse-taklif etilgan mavzuga 1000dan 3000gacha so’z xajmidagi insho.

1-ilova
Blis-so’rov savollari.
1. Bug‘doydoshlar oilasi vakillarining poya va gul tuzilishi?
2.Oila qanday sistematik belgilarga ega?
3. Oilaning oilachalarga bo’linishi va qanday madaniy xolda ekiladigan turkumlariga ega?
4.Oila vakillarining xalq xujaligida qanday axamiyatga ega?
2-ilova

MAVZU:
Komillinkabilar ajdodchasi (Commelinidae).


REJA:

1.Kungirboshdoshlar yoki bug‘doydoshlar oilasining poya va gul tuzilishidagi o’ziga xos belgilari.


2.Oilaning oilachalarga bo’linishi, sistematik belgilari va tarqalishi.
3.Bambukdoshlar, tariqdoshlar oilachasining asosiy sistematik belgilari, madaniy va yovvoyi xolda usuvchi turkumlariga ta’rif.
4.Qung‘irbosh yoki bug‘doydosh oilachalarining o’ziga xos belgilari madaniy va yovvoyi xolda usuvchi turkumlariga ta’rif.
5.Oila vakillarining xalq xujaligidagi axamiyati.


Tayanch iboralar:


Vizual materiallar
Ko’ng‘irboshdoshlar yoki bug‘doydoshlar
oilasi (Poaceae)
Bu oila vakillari Er yuzida nixoyatda keng tarqalgan bo’lib, asosan ko’pchilik, ikki yillik va bir yillik o’t o’simliklaridir. Oila 650 turkum, 10 000 turga ega bo’lib, O’zbekistonda 82 turkum, 252 turi ma’lum. Poyasi poxol poya, bo’g‘imlarga bo’lingan, ichi bo’sh, ba’zi vakillaridagina (makkajo’xorida) poya ichi parenxima to’qimalar bilan to’lgan. Barglari oddiy, cho’ziq, qin va barg yaprog‘idan iborat. Barg yaproqchasining qinga o’tish joyidagi tilcha, shu oilaning sistematik belgilaridan biri hisoblanadi. Tilcha poyaga zich yopishib, barg qini bilan poxol poya oralig‘idagi bo’shliqqa suv kirishiga yo’l ko’ymaydi.
Gullar bir yoki ikki jinsli bo’lib, ular dastlabki to’pgul boshoqchalarga yig‘ilgan. Boshoqchalar esa, o’z navbatida murakkab to’pgullarni - murakkab boshoq, ro’vak, so’ta kabilarni hosil kiladi.
Xar bir gul pastki va ustki tanggachalarga (qobiqlarga) ega, gulko’rg‘on pardasi- Lodicula esa, gullash biologiyasida ahamiyati katta. Gullash oldidan u shishib, gul po’sti ochilishiga sabab bo’ladi.
Changchilar asosan 3 ta, ba’zan 1-2 va 6 ta, urug‘chisi bitta, uning tumshuqchasi ikki bo’lakli patsimon bo’lib, shamol vositasida changlanishga moslashgan (o’z-o’zidan changlanuvchi vakillari ham mavjud). Mevasi don.
Bu oilaning bug‘doy, arpa, suli va makkajo’xori, sholi kabi turkum vakillari oziq- ovqat (un –non sanoatida) sanoatida katta ahamiyatga ega.
Boshoqchaning tuzilishi ham o’ziga xos bo’lib, u bir juft tangachalarga ega. Uning ichida bitta yoki ko’p gul bo’ladi. Xar bir gul 2 ta pastki va ustki gul qobig‘iga (tangachalarga ) ega. Ustki gul tangachani ikkita kila-umrovi bor, bu uni gulko’rg‘onining tutashib o’sgan ikki bargchadan tashkil topganligini ko’rsatadi.

Oilaning oilachalarga bo’linishi va asosiy turkumlari



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə