4-sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`qitish yo`llari



Yüklə 258,64 Kb.
səhifə21/26
tarix01.06.2023
ölçüsü258,64 Kb.
#115001
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
4 sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`q

Darsning borishi:


  1. Chaqiruv bosqichi. Guruhlar taqdimoti.

Bunda har bir guruh o'z nomining ma'nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi rasm chizib ko'rsatishi ham mumkin.

  1. guruh - „Qorparcha": Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog'u tosh, dala-dashtda uchib, o'ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq choyshab bilan o'rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo'ron o'ynaydi, qorbobo yasashadi. Qorxat yozishadi.

  2. guruh „Ayozbobo": Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni muzlataman. Men tufayli yaxmalaklar paydo bo'ladi. Bolalar yaxmalakda chang'ida, chanada va konkida uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo'ladi.

  3. guruh -,, Qorbobo ": Men qish faslida bolalarning eng sevimli bobosiman. Uzoq-uzoq o'lkalardgan ularga yangi yil bayrami sovg'alarini, Qorqizimni olib kelaman. Ularning kuy-qo'shiqlari, o'yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga niShonlayman. Men tufayli Ayozboboning izg'irin, sovuqlarini sezmaydilar. Men ularga kuch-quvvat bag'ishlayman. Hammangizni yangi qutlug' yilingiz bilan tabriklayman.

  4. guruh - „Sumalak": Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman. Tomlarning bo'g'otida qishning quyosh nurlarida yaltirab turaman. U yerdan bolalarning o'yin-kulgilarini tomosha qilaman. Borib bolalarga qo'shilib o'ynay olmaganimdan ko'zlarimdan chak-chak yoshim oqadi. Shu ko'z yoshlarim bilan yerning dardlariga malham bo'laman.

  5. guruh - „Qish": Yuqoridagi so'zga chiqqanlarning barchasi mening dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. Dekabr, yanvar, fevral oylari mening qo'ynimda yashaydi. Ularning har biriga yaxshi kunlarni, bayramlarni taqsimlab berganman.

8-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 31-dekabrda Yangi yil bayrami nishonlanadi. 14-yanvar Harbiylar kuni bayram qilinadi.

  1. fevralda ulug' bobomiz Mir Alisher Navoiyning, 14-fevralda Mirzo Boburning tavallud kuni nishonlanadi.

O'qituvchi o'quvchilarning javobini umumlashtirib, har bir guruhni rag'batlantiradi. Shu tarzda asarni o'qishga tayyorgarlik yakunlanadi.


  1. Yüklə 258,64 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə