4-sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`qitish yo`llari



Yüklə 258,64 Kb.
səhifə12/26
tarix01.06.2023
ölçüsü258,64 Kb.
#115001
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
4 sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`q

Maqol. Maqollarni kishilar ko‘pincha, o‘zaro suhbatda, bir-birlari bilan gaplashganlarida ishlatadilar. Maqol ibratli so‘zdir. Shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki uni ko‘p ishlatsa, o’shanmg nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar.
«Maqol», aslida arabcha, «so‘z» degan ma’noni bildiradi. Uni «otalar so‘zi» ham deydilar. Bunday nomlash maqolni tushunishni osonlashtiradi. Haqiqatan ham, u ota-bobolarimizning qadim- qadimlardan ishlatib kelgan so‘zlari. Shu paytgacha eskirmay kelgan, unutilmagan so‘zlaridir.
Zamon o‘tishi bilan ko‘p so‘zlar eskiradi, o‘rniga yangisi keladi. Vaqti kelib, o‘sha yangisi ham o‘zgaradi, o‘rniga boshqasi keladi. Masalan, «qo‘l»ni bir vaqtlar
«al» deyishgan. Hozir buni yoshlar emas, kattalar ham tushunmaydilar. Til- adabiyot bilan shug‘ullanuvchilargina biladilar. «Dunyo»ni «ochun», «kitob»ni
«bitik» der edilar. Ko‘ryapsizki, hamma narsa o‘zgarishda ekan. Maqollar ham o‘zgaradi, lekin juda sekin o‘zgaradi. So‘zlari o‘zgarganda ham maqsadi, mazmun- mohiyati o‘zgarmaydi.
Maqol ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan – kechirganlari, tajribalari asosida kelgan xulosa so‘zlaridir. Masalan, «Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas», deymiz. Bu so‘zlar zamirida vatanidan ayrilib, musofirliknmg achchiq alamlarini tortgan kishining, begona yurtlarda, notanish
odamlar orasida vatansizlikdan rangi ro‘yi somon (sariq) bo‘lgan kiShining achchiq iztiroblari yotibdi. Yo bo‘lmasa, «0‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z elingda cho‘pon bo‘l» degan maqolni oling. Bu so‘zlar tagida ham achchiq tajribalar, boshdan kechirishlar yotibdi. Beixtiyor shoh va shoir bobomiz Bobur yodga tushadi. Hindistonday katta mamlakatga podshohlik qilgan kishi yurtdoshlari Andijondan qovun olib borganlarida yig‘lagan edi. Haqiqatan ham, Vatan mehridan kuchli narsa dunyoda yo‘q.
Maqol yana qanday belgi-xususiyatlarga ega bo‘ladi?
Maqolda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi lozim. Va, albatta, ibratli fikr aytilishi talab etiladi, bu ibratli fikr hukm shaklida bo‘lishi kerak. Bularning hammasini yuqoridagi misollarda ko‘rish mumkin.
Ko‘plab maqollarda ichki qofiya bo‘ladi. Masalan, yuqoridagi lkki misolning birinchisida «omon» bilan «somon», ikkinchisida «sulton» bilan «cho‘pon» o‘zaro ohangdosh, ya’ni qofiyadoshdir. Shu jihatdan ular topishmoqlarga o‘xshab ketadilar. Masalan, «Pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor», desak, bu yerda ham «bo‘yi» va «to‘ni» so‘zlari qofiyadosh. Shunga qaramay, u maqol emas. Chunki unda xulosa yo‘q. Hukm yo‘q. Unda sirlilik bor. Unda hamma so‘zlar bir narsani bekitishga qaratilgan. U narsaning belgilari berilyapti, xolos. Maqolda esa, aksincha, xulosa beriladi.
Maqol she’riy shaklda ham bo‘lishi mumkin. Masalan:
Oltovlon ola bo’lsa, Og‘zidagini oldirar. To’rtovlon tugal bo’lsa, Tepadagini endirar.
Maqol birlik, o‘zaro ittifoqlik haqida. Ifodaga kelsak, «oltovlon» ko‘pchilikni;
«to‘rtovlon» ozchilikni anglatyapti. «0la bo‘lmoq» noahillikni, «tugal bo‘lmoq» ahillikni bildirmoqda. «Og‘zidagini oldirmoq» bor narsalarini boy berib qo‘ymoq,
«tepadagini endirmoq» qiyin, murakkab ishlarni ham osongina hal qilmoq ma’nolarini anglatyapti.
Maqolda o‘sha xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe’l-atvori, ruhiyati, qo‘yingki, butun borlig‘i aks etadi. Shunga ko‘ra, maqollar xilma-xil mavzularda bo‘liShi mumkin. Masalan, do‘stlik, vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat va hokazo.
Maqollarda ko‘pincha so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilgan bo‘ladi. Ularni o‘z ma’nosida tushunsak, kutilgan ma’no chiqmaydi. Masalan, «Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda» maqolidagi so‘zlar o‘z ma’nosida qo’llangan. Lekin «Qazisan, qartasan - axir aslingga tortasan», «0lmaning tagiga olma tuShadi», «Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi» kabi ma’no jihatidan bir- biriga juda yaqin bo‘lgan maqollarda so‘zlar o‘z asl ma’nosida emas. Ularda gap aslida «qazi-qarta», «olma», «qarg‘a» haqida emas, odam va uning fe’l-atvori haqida. Shuning uchun ham ular ko‘chma ma’noda ishlatilmoqda deymiz.
Xalq maqollari - boyligimiz. Ota-bobolarimizning siz bilan bizga qoldirgan xazinalaridan biridir. Ularni izlab topishimiz, sevib o‘rganishimiz lozim. Kerak o‘rinlarda foydalanishni odat qilishimiz darkor. Shunda ular butun umrimiz davomida hamrohimiz bo‘ladi. Har bir gapirgan gapimizning salmog‘i oshadi. Sermazmun, ta’sirchan, keskir bo‘ladi.

Yüklə 258,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə