Jamiyatda huquqiy ongni shakllantirish va yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar



Yüklə 180,52 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.07.2023
ölçüsü180,52 Kb.
#119611
3651-Article Text-7210-1-10-20220529



Jamiyatda huquqiy ongni shakllantirish va yurtimizda amalga 
oshirilayotgan ishlar 
 
Behzod Bahrom o’g’li Norbutayev 
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
 
Annotatsiya:
Bilamizki, insoniyat paydo bo’lgan vaqtdan toki hozirgacha 
ma’lum bir jamoa, to’da yoki guruhda yashagan va bu orqali jamiyat shakllangan, 
Har bir etnik xalqning o’z dunyoqarashi, kelib chiqish va rivojlanish tarixi mavjud. 
Ushbu tezisda Yangi O’zbekistonda jamiyat va undagi amalga oshirlayotgan 
o’zgarish hamda qabul qilingan qonunlar xususida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Jamiyat, qaror, huquqiy ong, “Yangi O’zbekiston” huquqiy 
madaniyat, qonun. 
Formation of legal consciousness in society and the work being 
done in our country 
Behzod Bahrom oglu Norbutaev 
Berdakh Karakalpak State University 
Abstract:
We know that from the time of the emergence of mankind until now, 
a certain community, gang or group has lived and through which society has been 
formed, each ethnic nation has its own worldview, history of origin and development. 
This thesis discusses the society in New Uzbekistan and the changes taking place in 
it, as well as the adopted laws. 
Keywords:
Society, decision, legal consciousness, legal culture "New 
Uzbekistan", law. 
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish deganda avval biz huquq va 
huquqiy ong nima ekanligini bilib olishimiz shart. Huquq va huquqiy ongning o’zaro 
bog’liqligi Jamiyat hayotining olg’a qarab rivojlanishida huquq ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solib turish yo’li bilan unga uyushqoqlik va tartib kiritadi. 
Ijtimoiy hayot rivojiga to’sqinlik qiluvchi, jamiyatning olg’a borishiga halaqit 
beruvchi, ya’ni jamiyat munosabatlari uchun noxush bo’lgan hodisalarning oldini 
olishda ham huquqning vazifasi kam emas. Huquq - ozodlik me’yorini belgilab yoki 
man etib, majburiyat yuklab va aniqlab, odamlarni aniq rivojlanish iziga solib, 
ularning fe’li-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi. Huquqning tartibga solish ta’siri, uning 
odam ongiga ta’sirida yuzaga chiqadi. Huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1829


tomonidan anglab yetiladi, tushuniladi va o’zlashtiriladi, insonning huquqqa 
munosabatini belgilovchi taassurot va ishonchning murakkab bilimlar birikmasiga 
aylanadi. Huquq, ijtimoiy hodisa sifatida, ongdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi. 
Huquqiy tizimning asosi huquqiy me’yoriy hujjatlar (qonunlar, qonun asosidagi 
hujjatlar) hisoblanadi. Bu hujjatlarni yaratish, normalarni ijod qilish faoliyatini 
amalga oshiruvchi alohida organlarga tegishlidir. Umummajburiy huquqiy normalar 
yaratish jarayonining o’zi oson emas. U huquqiy meyorni yaratishda ijtimoiy talab va 
manfaatni anglab yetish va o’rganish, qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni 
muhokama qilish, qabul qilish va qabul qilingan hujjatlarni fuqarolarga yetkazish 
bilan bog’liqdir. Bu murakkab, norma ijod qilish jarayonining har bir bosqichi
sohasida har bir qabul qilingan hujjatni anglab yetish huquqiy ongning bevosita 
ishtirokida kechadi. Yaratilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijodkorlarining 
umumiy, huquqiy va kasbiy madaniyati darajasi qancha yuqori bolsa, ular yaratgan 
hujjat ham shuncha mukammal bo’ladi. Shuning uchun huquqni ijod qilish jarayoni 
qatnashchilariga, huquqiy ongni takomillashtirish uchun, shu sohaning yuqori darajali 
mutaxassisi bolishdek yuqori talab qo’yiladi. Ammo, huquq ijod qilish jarayonida 
faqat shu kasb bo’yicha tayyorlangan odamlargina qatnashmaydilar. Demokratik 
davlatlarda qonun (loyihalari jamiyatning o’zi tomonidan muhokama qilinadi. 
Masalan, hozir amaldagi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yoki 1996 
yilda Oliy Majlis qabul qilgan Mehnat kodeksi loyihasining qator muhokamalari 
ko’pchilikning qiziqishi va xohishini hisobga olib qolmasdan, ularning huquqiy ong 
darajasini ham aniqladi. Bundan tashqari, umumiy muhokama jarayonida aholining 
jalb qilinishi fuqarolarning huquqiy ongini ko’tarish, uning huquq ijodkorlik 
faoliyatidagi salmog’ini oshirishda ham foydalidir. Huquqiy ong huquqni nafaqat 
yaratadi va takomillashtiradi, balki rivojlantiradi ham. Uni hayotga tadbiq etishda 
muhim vosita bolib xizmat qiladi. Biroq, uning chegarasida bo’lib o’tadigan huquqiy 
talablarni anglab olish jarayoni unchalik oddiy bo’lmay, ancha murakkabdir. Huquqiy 
talablarga ong munosabatining bir xil bo’lmasiigi shaxsning nafaqat real hayotida, 
balki ziddiyatli fe’latvorida o’zgaradi. Har bir davlatga uyushgan jamiyatdagi 
qonunbuzarlik shundan dalolat beradi. Huquqiy ong darajasida shaxsning o’zining 
huquqiy bilimlari ko`lami ham, huquqni qabul qilish holati ham, ma’naviy o’sganligi 
ham shaksiz ko’zga tashlanadi. Huquqiy ongga faqatgina yuqorida sanab 
otganlarimiz ta’sir etib qolmay, yana boshqa ko’p omillar ham (jumladan, ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, maishiy) o’z ta’sirini o’tkazadi. Ijtimoiy-huquqiy yo’l-yo’riq 
huquqni baholash, uning talablariga munosabat, o’ta xilma-xil omillar majmuining 
ta’siriga bog`liq holda ongda shakllanadi. Shuning uchun, huquqiy talablarga bolgan, 
salbiy yoki ijodiy holatning o’zi ham har xilligi bilan farq qiladi. Masalan, bir 
odamning qonuniy fe’l-atvori uning axloqiy ongi bilan ta’riflansa, boshqasi faqat 
yuridik javobgarlik oldidagi qo’rquv tufayli o’zini to’g’ri tutadi. Huquqni amalga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1830


kiritishga, demak jamiyatda huquqiy tartib o’rnatishga yordam beruvchi, o’z-o’zini 
nazorat qilish, o’z-o’zini tartibga chaqirish kabi tuyg’ular faqat shunday 
sharoitdagina rivojlanadi. Huquqiy talablarga rioya qilmaslik, albatta huquqiy 
tartibning buzilishiga olib keladi. Xuddi shuning uchun, huquqiy ongning yuqori 
darajada rivojlangan bo’lishi, huquqiy tarbiyaning muhim masalasiga aylanadi. 
Aholining huquqiy ongini rivojlantirish maqsadida 1997-yil 29-avgustda 
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” milliy dasturi qabul qilndi.Ushbu 
dasturda: 
O’zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish yo’lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin 
egallamoqda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli 
yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo’lmoqda. 
Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va 
jamiyatni ma’naviy o’zgartirish sohasida keng ko’lamli islohotlar o’tkazilmoqda. 
O’tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning 
huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda. 
Huquqiy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar 
ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo’lgan va 
ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb 
hisoblanishi mumkin. Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, 
ijtimoiy hayotni demokratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va huquqiy davlat 
asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu Milliy dastur qabul 
qilingan. 
Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka 
erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy 
bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni 
shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir. 
Ko’rsatilgan maqsadga erishishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 
-
huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish; 
-
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda 
huquqqa hurmat bilan munosabatda bo’lishiga erishish; 
-
aholining huquqiy savodxonligini oshirish; fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy 
faolligini ta’minlash. 
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor 
yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 
-
fuqaro, jamiyat va davlatning o’zaro munosabatlarida aholining huquqiy 
madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta’minlash; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1831


-
aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini 
kuchaytirish; 
-
aholini huquqiy axborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar 
nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash; 
-
huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish; 
-
yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini 
rivojlantirish; 
-
huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag’batlantirish, 
ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish; 
-
milliy an’analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining 
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish. 
Hozirgi vaqtda O’zbekistonning shiddat bilan o’sib, tobora rivojlanib 
borayotgan mamlakatga, inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy 
qadriyat deb biladigan demokratik, ijtimoiy- siyosiy va fuqarolik institutlariga ega 
bo’lgan mustaqil va suveren davlatga aylanishini ta’minlab bergan ko’plab hal 
qiluvchi omillarni misol qilib keltirish mumkin. O’zbekistonning mustaqil rivojlanish 
davrida nafaqat umume’tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklarining butun 
kompleksini qonuniy mustahkamlagan barqaror huquqiy baza tashkil etildi,balki 
inson huquqlari sohasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga rioya 
etishni o’rnatuvchi tartib va mexanizmlar ham yaratildi. 
Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9-yanvar 
PF-5618- sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini 
tubdan takomillashtirish to’g’risida»
5
gi farmoni qabul qilindi. 
Aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion 
usullaridan, targ’ibotning ilg’or va ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu 
boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. “Jamiyatda huquqiy 
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish 
to’g’risida»gi farmoniga muvofiq “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish 
Konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” milliy dasturi 466-I 29.08.1997 
2. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” 5618 09.01.2019 
3. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” asosida 
yoshlarda huquqiy ong va odob-axloq normalarini shakllantirish maqolasi 
4. Davlat va huquq nazariyasi Boboyev H.B 2005-Yil 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1832

Yüklə 180,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə