40-mavzu: tug‘ma oyoq chiqishi. Tos-son bo‘G‘imi displaziyasi



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#143413
1   2   3
19-mavzu

Anemiya uchun massaj: orqa (ayniqsa, paravertebral joylar), pastki oyoqlarda, ko‘krakda (interkostal mushaklarni siljitish va surish), oshqozon va qo‘llarni massaj qilish. Silash, ishqalash va sayoz ezish qo‘llaniladi. Perkussiya texnikasi va siqish chiqarib tashlanadi. Bundan tashqari, nafas olishni faollashtirish kerak (bemorning nafas olishiga ko‘krak qafasining siqilishi). Massaj davomiyligi 10–15 daqiqa, 15–20 kurs. Massajdan keyin kislorod terapiyasi (namlangan kislorod yoki kislorod kokteylini qabul qilish) ko‘rsatiladi.
Raxitda uqalash bolalarning 2 oyligi davridan boshlanadi. Bunda bolalarda modda almashinuvi jarayonlari buziladi, harakat-tayanch apparatida deformatsiya holatlari kuzatiladi, mushaklarning tonusi tushib ketadi, qorin shishadi, asabiy va yig‘loq bo‘lib qoladi, tez terlaydi, uyquning buzilishi, ko‘krak sohasida deformatsiya va nafas olish tizimining mushaklarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Raxitning yengil va o‘rta bosqichida massaj yaxshi yordam beradi. Silash va ishqalash usullari qo‘llaniladi. Usullarni kuniga bir necha marta bajarsa bo‘ladi. Massaj davomiyligi 5–7 daqiqa.


Nazorat savollari:
1. Kindik churrasida massajni bajaring.
2. Tug‘ma oyoq chiqishining tos-son bo‘g‘imi displaziyasidan farqi nimada?
3. Yassi oyoqda massajni bajaring.
4. Bo‘yin qiyshiqligida massajni bajaring.
5. Skoliozda qanday massaj usullaridan foydalanasiz? Amaliyotda ko‘rsatib bering.
6. Qabziyatda massaj usullarini ko‘rsatib bering.
7. Anemiya va raxitda massajni bajaring.
Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə