420-guruh 4-kurs talabasi Norboyev Ikromning



Yüklə 8,4 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü8,4 Kb.
#167138
Norbyev I


Termiz Davlat Unversiteti. Arxitektura va qurilish fakulteti. Bino va inshootlari qurilishi yo’nalishi 420-guruh 4-kurs talabasi Norboyev Ikromning.
Qurilishni tashkil etish va rejalshtirish fanidan bajargan MUSTAQIL ISHI

Mavzu:Qurilish bosh plani loyihalashda resuslarga bolgan talablarni o’rganish

  • Mavzu:Qurilish bosh plani loyihalashda resuslarga bolgan talablarni o’rganish

Qurilish ishlab chiqarishni tashkil etishni ikki asosiy davr: qurilishni tashkiliy-texnik tayyorlash davri va qurilish maydonini asosiy ishlarni bajarishga tayyorlash davriga ajratish mumkin bo‘lib, ular o‘ziga xos uslublari, qurilish ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari va hujjatlari bilan farqlanadilar. Har qanday qurilish loyihasini amalga oshirishda o‘nlab, ba’zan hatto yuzlab har xil mulkchilik shaklidagi, mezonlari va ko‘rsatkichlari ham qurilishni amalga oshirayotgan bosh pudratchi bo‘lgan tashkilot maqsadlariga hamisha ham muvofiq kelmaydigan turli korxonalar, pudrat va boshqa tashkilotlar ishtirok etadilar. Chuqur o‘ylangan va o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarga ega bo‘lmay turib, qurilishni muvaffaqiyatli boshqarib bo‘lmaydi. Bunda, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va ro‘yobga chiqarish bosqichlari yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqa turib, unda yetakchi o‘rin ilgarilovchi, rejali va malakali tayyorgarlikka berilishini qayd etmoq lozim. Qurilishga tayyorgarlik ko‘rish sifatiga birinchi navbatda uni belgilangan muddatlarda yuqori ko‘rsatkichlar bilan amalga oshirish imkoniyati bog‘liqdir. Qurilish ishlab chiqarishini tayyorlash (QICHT) qurilish maydonchasida ish boshlashdan avval bajariladigan umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlikdan, hamda qurilish maydonchasi va uning atrofidagi hududni tashkillashtirish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq, maydoncha tashqarisi va ichida bajariladigan barcha ishlarni o‘z ichiga olgan obyekt qurilishiga tayyorgarlikdan, shuningdek rejali iqtisodiy choratadbirlardan iborat bo‘ladi
Tashkiliy-texnik tayyorgarlik Umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik buyurtmachi tomonidan o‘tkazilib, qurilish davrining tayyorgarlik ishlaridan avval keladi. Ularning bajarilish muddatlari qurilish davri me’yorlari bilan cheklanmaydi. Murakkab obyektlar uchun chora-tadbirlar mohiyati va ularni amalga oshirish muddatlari qurilish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan direktiv organlar tomonidan belgilanadi. 196 Umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik davrning asosiy vazifalari kapital qurilishga tuziladigan pudrat shartnomalari qoidalariga uzviy bog‘liq va o‘z ichiga quyidagilarni olishi shart:
• qurilishni loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash;
• qurilish uchun amalda (naturada) maydoncha (trassa) ajratish;
• qurilishning moliyaviy ta’minlanishini rasmiylashtirish;
• tender(tanlov)ni tashkil qilish va o‘tkazish;
• qurilishga pudrat va subpudrat shartnomalarini tuzish;
• ishlarni bajarishga ruxsatnomalar va dopusklarni rasmiylashtirish;
• buzilib tashlanishi kerak bo‘lgan binolarda joylashgan shaxslar va tashkilotlarni ko‘chirish masalasini hal qilish;
• qurilishni shoxobcha yo‘llar, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, aloqa tizimi hamda quruvchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari uchun binolar bilan ta’minlash;
• qurilishga uskunalar, konstruksiyalar, materiallar va tayyor mahsulotlar yetkazib berilishini uyushtirish.
Qurilishni boshlash uchun zarur, buyurtmachi tomonidan bosh pudratchiga topshiriladigan loyiha-smeta hujjatlari (LSH) ikki bosqichli loyihalashda kelishilgan va tasdiqlangan loyihani hamda unga ilova qilingan qo‘shma smetani yoki tasdiqlangan ishchi hujjatlari va smetalarini o‘z ichiga oladi. Loyiha hujjatlari ichida qurilishning kelishilgan bosh rejasi ham topshirilib, u tuproq (er) ishlarini amalga oshirish uchun order-ruxsatnoma olishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat arxitektura qurilish nazorat organining tayyorgarlik davri ishlarini amalga oshirish uchun bergan ruxsati buyurtmachi va pudratchi tomonidan birga rasmiylashtiriladi. Ishchi hujjatlar (IH) smeta hujjatlari bilan birga pudratchiga topshirilishi shart. Qurilish tashkiloti POS asosida, ishchi hujjatlaridan foydalanib, bo‘lg‘usi ishlar hajmi, birinchi navbatda tayyorgarlik davri uchun ishlarni bajarish loyihasi (IBL)ni ishlab chiqadi.
Davlat buyurtmasi tarkibidagi obyektlar qurilishining rejali asosi tasdiqlangan titul ro‘yxatini taqdim etish talabida o‘z aksini topadi. Titul ro‘yxati (TR) – bu buyurtmachi tomonidan tuzilib, davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan (davlat korxonalari va tashkilotlari uchun majburiy) qurilish obyektlarining ro‘yxati ko‘rinishidagi davlat buyurtmasi. Ularda qurilish joyi, uning boshlanish va tugallanish vaqti, rejalashtirilgan yildagi kapital kiritmalar hajmi, quvvatlar va asosiy fondlar o‘lchamlari va ularni ishga tushirish muddatlari ko‘rsatiladi. TR tarkibidan faqat tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlangan obyektlargina o‘rin oladi. TR qurilishni rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kreditlar taqdim etish va resurslar ajratish uchun butun qurilish davriga mo‘ljallangan asosiy va o‘zgarmas hujjat hisoblanadi. Ularni tuzishda pul mablag‘larining topshiriladigan obyektlarda jamlanishi, yangi boshlanayotgan va o‘tish bosqichidagi obyektlar uchun esa – qurilish davri me’yorlarida belgilangan o‘lchamdan kam bo‘lmagan darajada mablag‘ bilan ta’minlash zarurati hisobga olinadi. TR butun qurilish davriga, qurilishning ichki (yillik TR) hujjati esa – rejalashtirilgan yil uchun tuziladi.
Ularni tuzishda pul mablag‘larining topshiriladigan obyektlarda jamlanishi, yangi boshlanayotgan va o‘tish bosqichidagi obyektlar uchun esa – qurilish davri me’yorlarida belgilangan o‘lchamdan kam bo‘lmagan darajada mablag‘ bilan ta’minlash zarurati hisobga olinadi. TR butun qurilish davriga, qurilishning ichki (yillik TR) hujjati esa – rejalashtirilgan yil uchun tuziladi. Sanoat qurilishida ishga tushiriladigan majmua – ya’ni obyektlar, agregatlar, mexanizmlar, shuningdek qurilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismi, shu jumladan turar joy va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini foydalanishga topshirish imkonini ta’minlaydigan kommunikatsiyalar to‘plami tushunchasi mavjud. Ishga tushirish obyektining tarkibi va qiymati buyurtmachi tomonidan belgilanib, loyiha tashkiloti va bosh pudratchi bilan kelishib olinadi. Turar-joy, kengroq ommaviy qurilishda sanoat qurilishidagi ishga tushiriladigan majmuaga o‘xshash tushuncha mavjud. Masalan, shahar qurilishida qurilayotgan turar joy mikrorayonining bir qismiga nisbatan qo‘llanadi. Uning tarkibiga turar joy binolaridan tashqari savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish binolari va zarur muhandislik inshootlariga ega bo‘lgan va obodonlashtirilgan hudud kiradi. Bu kabi majmualarni loyihalash va qurish tartibi Shahar qurilish majmui to‘g‘risidagi nizomga binoan tartibga solinadi.
Etiboringiz uchun raxmat
Yüklə 8,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə