5 – Ma’ruza: Molekulyar biofizika asoslari


Gemoglobin strukturasida sodir bo’ladigan konformatsion o’zgarishlar



Yüklə 31,33 Kb.
səhifə4/4
tarix18.05.2023
ölçüsü31,33 Kb.
#111190
1   2   3   4
5-ma\'ruza biofizika. molekulyar biofizika (2)

5. Gemoglobin strukturasida sodir bo’ladigan konformatsion o’zgarishlar.
Gemoglobin tarkibidagi subbirliklar 12, 3 va 4 uchlamchi strukturaga ega bo’lib, -subbirliklar har biri 141, -subbirliklar esa har biri 146 aminokislota qoldig’i ularidan tashkil topgan polipeptid zanjirlaridan iborat. Ular, o’zaro tuz ko’priklari (ion bog’lari) vositasida bog’lanib (ular oltita), tetramerni shakllantiradi. Subbirliklarning har birida bittadan gem guruhi bo’lib, u to’rtta pirol halqadan iborat tekis strukturaga ega. Gem markazida, pirol halqalar azot atomlari bilan to’rt tomondan koordinatsion bog’langan, ikki valentni temir ioni joylashgan. Temir ionining 5-koordinatsion bog’i, gem halqaga tik yo’nalgan aminokislo­ta (-subbirlikda gistidin qoldig`i) orqali polipeptid zanjiriga (globinga) ulanadi. Dezoksigemoglobinda 6-koordinatsion bog’ bo’sh bo’lib, kislorod mavjud sharoitda bu bog’, bir molekula 02 birikti­rish orqali band etiladi va oksigemoglobin (Hb02) hosil bo’ladi. Shu munosabat bilan Fe2+ion radiusi kamayib, gem tekisligiga tusha­di. O’z navbatida bunday siljish temir ioniga bog’langan gistidin qoldig`i orqali butun zanjirning siljishiga, demak, uchlamchi struk­turaning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Buning natijasida subbirlikning boshqa subbirlik, masalan, 1 bilan 2 o’rtasidagi tuz ko’prikning uzilib, 2 ning kislorod biriktirishi osonlashadi. 2ning 02 biri­kishi esa 2 bilan 1 o’rtasidagi tuz ko’prikgini uzib, uning 02 birikishini osonlashtiradi va h.k.
Shunday qilib, gemoglobinning oksigenasiyalanishi munosabati bilan subbirliklararo ta’sirlashishlarning o’zgarishi, gemoglobinning 02 biriktirishi paytidagi kooperativlik xossasiga asos bo’ladi. Mazkur hodisa, M.V.Vonkenshteyn tomonidan ilgari suringan, elektrol ­konformatsion ta’sirlashishlar (makromolekulada yuz bergan elektrol jarayonlar uning konformatsion qayta qurilishlarga olib keladi, deb ta’kidlovchi) konsepsiyaning dalili bo’lib xizmat qiladi.
Sinov savollari.

  1. Biomakromolekulalar tuzilishi konformatsion asoslari, tarkibi­ning o’ziga xosligi.

  2. Makromolekulaning shakllanishida ishtirok etuvchi bog’lar, ta’sirlashuvchi kuchlar, ularning tafsifi.

  3. Makromolekulaning ligandni kompleksi, assimiyasiya konstantasi.

Yüklə 31,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə