5-Ma’ruza Grafik modellashtirish. 3D max, catia, kompas, Solid Works, Autocad, Parasolid, Solid Edge, CorelDraw amaliy dasturlari misolida grafik modellashtirish Reja



Yüklə 190,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix25.01.2023
ölçüsü190,26 Kb.
#99212
  1   2   3
5-Ma’ruza Grafik modellashtirish. 3D max, catia, kompas, Solid W



5-Ma’ruza 
Grafik modellashtirish. 3D Max, CATIA, KOMPAS, Solid Works, 
AutoCAD, Parasolid, Solid Edge, CorelDraw amaliy dasturlari misolida 
grafik modellashtirish 
Reja: 
1.Zamonaviy 3D modellashtirish dasturiy paketlari tahlili 
2.
 
Auto cad grafik dasturida mahkamlash detallarini modellashtirish
 
1.Zamonaviy 3D modellashtirish dasturiy paketlari tahlili 
3D-modellashtirish 
o‘zida maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotdan 
foydalanib, 3D-modelni (yoki uch o‘lchovli obyekt ko‘rinishidagi karkas model) 
ishlab chiqish tartibini ifodalaydi. Uch o‘lchovli model chiziqlar va egri sirtlar 
bilan o‘zaro bog‘langan ko‘pgina nuqtalar yordamida yaratiladi. Uch o‘lchovli 
modellashtirish qo‘llaniladigan sohalar doimo kengayib bormoqda. U quyidagi: 
o‘yinlar, ya’ni realistik personajlarning modellashtirilishi amalga oshirilishi; 
tibbiyot — inson tanasi organlarining alohida modellarining yaratilishi; 
muhandislik — transport vositalari, yangi qurilma va inshootlar modeli ishlab 
chiqilishi; kinomatografiya — turlicha maxsus effektlar va xayoliy personajlar 
yaratilishi kabi sohalarni qamrab olmoqda. Shuningdek, reklama sohasida ham 3D-
modellashtirishdan yetarlicha foydalanib kelinmoqda. 
Autodesk 3D Studio Max dasturlari interfeysi
Bugungi kunda o‘yinlarga haddan tashqari qiziqish kuchayishi shu narsaga 
olib keldiki, 3D-dasturiy vositalarini ishlab chiquvchilar ancha takomillashgan 
ilovalarni yaratishga majbur bo‘lmoqdalar. Uch o‘lchovli modellashtirishning 
yangi imkoniyatlari multfilm qahramonlarini yaratishga ketadigan vaqtni sezilarli 
darajada kamaytirdi. Dasturiy vosita obyektga harakatni oson berish va bunga 
minimum vaqt sarf etish imkonini beradi. Tajribali foydalanuvchi o‘zining 
loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha uch o‘lchovli modellashtirish 
dasturlaridan foydalanadi. Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlardan birgalikda 
foydalanish realistik o‘yinli sahnalar yaratish va mahsulotni mukammal 
ko‘rinishga olib kelish imkonini beradi. Amalda barcha 3D-dasturiy vositalari 
nisbatan bir-biriga o‘xshash interfeys va modellashtirish uchun uskunalarga ega
ammo dasturlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan, shuningdek, yoritishdagi hisoblash 
algoritmlari, animatsiyalarni yaratish va tasvirni vizuallashtirish bo‘yicha ham 
farqlanadi. 


 
Autodesk Maya dasturlari interfeysi
3D-dasturiy vositalarining qay biri yaxshi yoki yomonligi bo‘yicha omma 
tomonidan qabul qilingan javobning o‘zi yo‘q. Har bir foydalanuvchi ushbu 
savolga o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan 3D-dasturiy vositani muhim deb biladi. 
Foydalanuvchi o‘zi ishlaydigan 3D-dasturiy vosita bilan qanchalik darajada yaxshi 
ishlay olishi va uning ijodiy (asboblarni bilishdan tashqari badiiy ko‘nikmalarni 
egallash, ranglar uyg‘unligi, kompozitsiyani bilish maqsadga muvofiq) 
imkoniyatlariga juda ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dizayner qanday dasturni 
afzal ko‘rishni o‘zi hal qiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish dasturiy vositalari 
imkoniyatlarini batafsil o‘rganish uchun uch o‘lchovli elementlardan tarkib topgan 
3D-sahna yaratish kerak bo‘ladi. 3D-dasturiy vositalarning har biri o‘zining 
muayyan sohadagi afzalliklariga ega. Uch o‘lchovli modellashtirishga 
mo‘ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi: 
1. Autodesk 3D Studio Max — ancha keng tarqalgan, shuningdek, 
grafik paketni o‘zlashtirish nisbatan oson. Qo‘shiladigan modul VRay real 
obyektlar 
va 
interyerlarni 
yaratish 
imkonini 
beradi. 
2. Autodesk Maya — boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator 
afzalliklarga ega bo‘lgan jiddiy grafik paket hisoblanadi. Unga quyidagilar: 
subdiv primitives yordamida modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash, 
modellashtirilgan 
obyektga 
turli 
effektlarni 
chizish 
imkoniyati, 
animatsiyalarning rivojlangan tizimi va boshqalar tegishli bo‘ladi. Realistik 
interyerlar, personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o‘yinlari 
sanoatida 
vizual 
effektlar 
yaratishda 
keng 
ishlatiladi. 
3. Maxon Cinema 4D — qulay interfeysga ega bo‘lgan nemis grafik paketi. 
Tezkor xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni 
hisoblash bo‘yicha o‘zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D 


modelni bevosita ko‘rinadigan ekranga bo‘yash imkonini beradi. 
4. NewTek LightWave 3D — juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori 
sifatli renderingga ega bo‘lgan grafik paket. Televizion formatda uch 
o‘lchovli grafika yaratish uchun qulay. 
Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar 
ham mavjud. Ular tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 
yuqorida keltirilgan muharrirlardan birida mukammal sahnani yaratishga yordam 
beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi allaqachon tayyorlangan personajlar 
bilan ishlashga va boshqa grafik muharrirga import qilishga yo‘naltirilgan. DAZ 
Bryce — virtual tabiiy landshaftlarni yaratishga mo‘ljallangan grafik paket. 
Tajribali foydalanuvchi o‘zining loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha 
uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Xususan, ZBrush dasturi 
juda qulay hisoblanadi. Ushbu dastur grafik planshetlardan foydalanib, obyektlarga 
turli xil cho‘tkalar bilan chizish orqali ularni modellashtirish imkonini beradi. 
Personaj modelini uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan birida yaratib, 
so‘ngra Zbrush dasturiga import qilish va ishni oxirigi yetkazish (ajinlar, 
burushgan joylarni qo‘shish va boshqalarni amalga oshirish) mumkin. 

Yüklə 190,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə