5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə2/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug’ma g’oyalar, adolat, insoniylik, uyg’unlik
g’oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo’lmagan boshqa g’oyalar mavjudligidan kelib chiqadi.
Zotan, tajriba to’la adolat, yalpi insoniylik mavjud emasligini, bizni qurshagan dunyoda
uyg’unlik ustidan xaos hukm surishini ko’rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan,
Platon, Avgustin va ularning hamfikrlari) ko’rsatib o’tganidek g’oyalar inson aqliga xos tug’ma
g’oyalar bo’lib, ularni inson faqat o’z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo’’tadil
ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Vol’f, Baumgarten) esa, g’oyalar aqlga bog’liq bo’lmagan
holda mavjud bo’lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish
jarayonida tug’ilishini ta’kidlaydilar.


Empirizm (empiristlar, Frensis Bekon, Lokk, Gobbs, YUm, Feyerbax), aksincha, inson,


insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo’lgunga qadar biron-bir g’oya mavjud bo’linishni
inkor etadilar. Ular barcha g’oyalar inson ongi zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar
tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish orqali tug’ilishini qayd etadilar va bu tezisni
isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikriga ko’ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va
o’zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya 
(lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o’zini qurshagan
dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, borliqni aql bilan
anglash, bilish, ularni g’oyalarda ifodalash esa appersepsiya deb ataladi.
Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to’g’risidagi masalani yechishni ham o’z ichiga
oladi. Ko’pgina empiriklar (masalan, David YUm, Dyubua Raymond, agnostiklar) va
ratsionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson nafaqat umumiy narsa va hodisalarni,
balki muayyan, konkret narsalarni ham bilishi mumkin emas, degan fikrga qo’shiladilar. Ayrim
narsalar, hodisalar va konsepsiyalar borki, ular persepsiyamizning chegaralariga ham,
tafakkurimiz, refleksiyamiz (lotincha «reflexes» - orqaga qaytish) doirasiga ham sig’maydi.
Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, Xudoning borligi yoki yo’qligi, jonning
boqiyligi yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning bilish chegaralariga
sig’maydigan, oqilona o’rganib bo’lmaydigan transsendental (lotincha «transcendentalism» -
chegaraga sig’maydigan) masalalardir, deb hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm
g’oyalarini himoya qilgan yirik olimlar (Moris SHlik, Rudol’f Karnap, A.J.Ayer) Katnning
transsendental muammolarini mantiqsiz deb e’lon qildilar.
Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko’p muammolar bilan shug’ullanadi. U
bizning bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko’r-ko’rona ishonch va qay darajada
real borliqning haqiqiy in’ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So’nggi o’n yilliklarda
gnoseologiyada bilimlar o’rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy
tajribamdan bilaman», «dalilga ko’ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o’zaro nisbati
masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so’z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to’liq qamrab
olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya
falsafaning eng muhim omilidir.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə