5-mavzu. Inventarizatsiya to‘g‘risida tushuncha va uning ahamiyati 1-masala. Masalaning sharti



Yüklə 15,23 Kb.
tarix22.12.2022
ölçüsü15,23 Kb.
#97714
5. Инвентаризация тўғрисида тушунча ва унинг аҳамияти


5-mavzu. Inventarizatsiya to‘g‘risida tushuncha va uning ahamiyati


1-masala.
Masalaning sharti:
Korxonada joriy yilda navbatdagi inventraizatsiya o‘tkazildi. Inventarizatsiya natijasida 350 000 so’mlik extiyot qismlar kamomadi aniqlandi. Lekin aybdor shaxs aniqlanmadi. 20% tabiiy kamayish hisoblangan.
Talab qilinadi:
- Berilgan xo‘jalik operatsiyasiga buxgalteriya provodka bering


2-masala.
Masalaning sharti:
Inventarizatsiya natijasida korxonada qiymati 550 000 so‘mlik ortiqcha idish borligi aniqlandi. Korxona idishlarni 700 000 boshqa shaxslarga sotdi.
Berilgan xo‘jalik operatsiyalariga buxgalteriya provodkasi berilsin.
Talab qilinadi:
- Xo‘jalik muomilalariga buxgalteriya provodka bering
- Tegishli buxgalteriya xujjatlarini rasmiylashtiring


3-masala.
Masalaning sharti:
1.Mahsulotlarni sotib olish uchun idishlar sarflandi. 500000so‘m.
2.Inventarizatsiya natijasida aniqlangan yoqilg‘i kamomadining summasi aks ettirildi.12000so‘m.
3. Qoniqtirilmagan da’vo summalari xom ashyo qiymatiga kiritldi. 30000so‘m.
4. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan materiallarning ortiqchaligi sub’ekt foydasiga kirim qilindi. 20000 so‘m.
5. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan va aybdor shaxslar aniqlanmagan kamomadlarning kiymati aks ettirildi. 180000 so‘m.
6. Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxs aybi bilan sotilib bo‘lgan kamomad aniqlandi. 14000so‘m.
7. Xom ashyo va materiallarga tabiiy kamayish aniqlandi.80000 so‘m.
8. YOrdamchi ishlab chiqarishdan qayta ishlashga materiallar berildi.50000 so‘m.
Talab qilinadi:
- Xo‘jalik muomilalariga buxgalteriya provodka bering
- Tegishli buxgalteriya xujjatlarini rasmiylashtiring


4-masala.
Masalaning sharti:
Korxonada o‘tkazilgan inventarizatsiyasi natijasi qo‘yidagicha:
- 66 000 so’mlik extiyot qismlar kam chiqdi

  • 19 000 so’mlik qurilish materiallari kam chiqdi

  • 39 000 so’mlik idish materiallari ortiq chiqdi.

  • 50 000 so’mlik xom ashe ortiq chiqdi

Inventarizatsiya komissiyasining hisob kitobiga ko‘ra qo‘yidagilar aniqlandi: 60000 so’mlik extiyot qism kamomadi va 39 000 so’mlik kurilish materiallari omborchi buyniga qo‘yildi.
6 000 so’mlik extiyot qism kamomadi davr xarajatiga o‘tkazildi.
Ortiqchaliklar esa omborga kirim qilindi.
Talab qilinadi:
- Xo‘jalik muomilalariga buxgalteriya provodka bering
- Tegishli buxgalteriya xujjatlarini rasmiylashtiring


5-masala.
Masalaning sharti:
Inventarizatsiya rыyxati bыyicha korxona omboridagi ishlab chiqarish zaxiralari miqdori va summalari buxgalteriya xisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi va quyidagilar aniqlanadi.
Xom-ashyo va materiallar ortiqcha chiqdi. 215000 sum.
Extiyot qismlar kam chiqdi. 235000 sum.
Kamomadning 100000 so‘mlik xom ashyo moddiy javobgar shaxs bыyniga qыyildi va bozor narxida undirildi – 120000
Kamomadning qolgan qismi korxona hisobidan qoplandi/
Talab qilinadi:
- Xo‘jalik muomilalariga buxgalteriya provodka bering
- Tegishli buxgalteriya xujjatlarini rasmiylashtiring


6-masala.
Masalaning sharti:
Korxona ishlab chiqaruvchidan qiymati 120 ming so‘m bo‘lgan materiallarni xarid qiladi, shu jumladan QQs – 20 ming so‘m. SHartnoma bilan 50 foiz oldindan to‘lov nazarda tutilgan, to‘lovning qolgan summasi 3 oyga kechiktiriladi. To‘lovni kechiktirganlik uchun korxona materiallar sotuvchisiga kechiktirilgan summaning 10%i miqdorida haq to‘lashi kerak. Hisobda materiallar to‘lovni kechiktirish sharti bilan sotib olinishi quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Talab qilinadi:
- Xo‘jalik muomilalariga buxgalteriya provodka bering
- Tegishli buxgalteriya xujjatlarini rasmiylashtiring
Yüklə 15,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə