5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar



Yüklə 118,74 Kb.
səhifə10/15
tarix28.11.2023
ölçüsü118,74 Kb.
#136988
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL

Janjalli xulqning tashxisi. Deviant xulqli о‘smirlarning xulq-atvori sabablari ota-ona, о‘qituvchilari va sinfdoshlari bilan kelishmaslik, boshqa turli ziddiyatlar ham bо‘lishi mumkin. Tashxis qо‘yishga kirishgan psixolog janjallar va janjalli xulq nazariyasini yaxshi о‘rgangan bо‘lishi darkor.
Konflikt” sо‘zi lotinchadan olingan bо‘lib, “conflictus” «tо‘qnashuv» ma’nosini anglatadi. Bu bir-biriga mutlaq qarama-qarshi bо‘lgan qarashlar, fikrlar, xarakterlar, namunalar tо‘qnashuvi. Ijobiy maqsadga erishish uchun konfliktli muomalani tubdan о‘zgartirish kerak. Insonlar о‘z g‘oyalari, prinsiplari, xarakterlari, intilishlarini himoyalab tо‘qnashib qoladilar. Konfliktlar - odamlararo, shaxslararo bо‘lib, о‘zaro muloqot qiluvchi ikki yoki undan ortiq shaxslararo kelishmovchilikdir. Bunday janjal oddiy muomalaning ham buzilishida yoki umuman tugashida yaqqol kо‘zga tashlanadi.
Agarda tо‘qnashuvdan sо‘ng ham о‘zaro muloqot takrorlansa, unda kо‘pgina holatlarda insonlar umuman yuz kо‘rmas bо‘lishgacha boradilar. Ba’zida bunday holatlar insonlarning kelishib olishga sabab bо‘ladi. Insonlararo tо‘qnashuvda odamlarning turli qarashlari, istaklari, dunyoqarashlari bir-biriga zid keladi. Kо‘pincha, janjallashayotgan odamlar muloqoti о‘zaro ayblovlar, haqoratlar, bir-birini yerga urishlari bilan kuzatiladi. Ichki konflikt – bu bir-biriga zid fikrlar, qiziqishlar, ichki mazmun va qarama-qarshi dunyoqarash oqibatida rо‘y beradi.
Shaxsning individual-ruhiy xususiyatlarini inobatga olib, aytish mumkinki, ichki konflikt zamirida о‘z-о‘zidan qoniqmaslik hissi yotadi. Bunday kelishmovchiliklar ularning ijtimoiy voqelikda keskin tо‘qnashuviga olib keladi.
Janjallarning tahlili shuni kо‘rsatadiki, ularni quyidagilarga ajratish mumkin: raqobat, moslashish, hamkorlik, kelishuv, chetlab о‘tish. О‘smirlarning janjalli xulqi sababi va oqibatlarini tahlil qilish uchun yakka tartibdagi suhbatlar, anketa sо‘rovnomalari va testlar kamlik qiladi. Suhbat davomida quyidagi savollarga psixolog javob izlashi kerak:
 О‘smir avvallari ham yaqinlari va tanishlari bilan jan-jallashganmi? Masalan otasi, onasi, о‘qituvchilari, dо‘stlari, tengdoshlar bilan;

  • Janjallashish uchun qanday sabab bо‘lgan (uning о‘zi, boshqa-lar, vaziyat, munosabat va …)

  • U nima deb о‘ylaydi, yaqinlari va tanishlari bilan bо‘lgan janjallarda kimning aybi kо‘proq? Uning о‘zinikimi yoki birovnikimi?

  • Janjallarni u qanday hal qiladi, yakka о‘zimi yoki boshqalar aralashadimi?

  • Muammoni hal qilish nima bilan tugadi? (yarashildimi, ajrashib ketishdimi, murosa qilishdimi, о‘z xatolarini tushundimi, yaxshiroq bо‘ldimi, yomonlashdimi?).

  • Hozirda maktab о‘qituvchilari, ota-onasi va tanishlari bilan bо‘lgan munosabat qanday holatda? Samimiy aytganda hozirgi damda о‘smirni qanday muammo qiynamoqda?

  • Uning muammosi nima bilan (о‘zining xulq-atvori, atrofdagilar bilan muloqoti, nohaqlik, yolg‘on) bog‘liq?

  • Muammolarni yechish yо‘li qanday hal qilinadi? Faqat о‘zi yoki birovning yordami bilanmi?

  • Tengdoshlari bilan yoqalashganmi? Kim aybdor bо‘lgan?

  • Boshqalar uni hurmat qilishi uchun u qanday inson bо‘lishi kerak?

Yuqoridagi savollarga topilgan javoblar orqali о‘smirning jan-jallari sabablarini, janjalining xususiyatlarini tadqiq qilib, о‘smirning ijtimoiy-ruhiy, shaxsiy xususiyatlarini aniqlab berish mumkin. Bu ma’lumotlarni yanada tо‘ldirish uchun K.Tomas tuzgan maxsus uslubdagi testlardan, T.Lirining testlaridan foydalanish mumkin. K.Tomasning shaxs xulqini aniqlovchi testlarida insonlarning janjalli holatlardagi xulq-atvori tо‘liq tasavvur ega bо‘lingan.
1) musobaqalashish, raqobat-boshqalarning qiziqishlariga zid bо‘lsa ham о‘z manfaatlarini kо‘zlash;
2) boshqalarning manfaatlarini hisobga olib, raqobatlashmay, moslashish va kо‘nish;
3) kompromiss - о‘zaro kelishish, barcha masalalarni hech kimni ranjitmagan holda hal etish;
4) о‘zini chetga olish - raqobatlashishi, janjalli holatlardan qochish va konfliktlarni chetlab о‘tish;
5) hamkorlik - о‘zaro kelisha olmayotgan insonlarning barchasi uchun maqbul fikrini topish. Shaxslarning о‘zaro muomalasini о‘rganuvchi T.Liri tashxis uslubi о‘smirning atrof-muhitga bо‘lgan munosabatini, о‘zining «men»ini qanchalik yuqori baholashni belgilashi;
6) deviant xulqli о‘smirning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlariga ularning о‘z-о‘zini baholashi orqali tashxis qо‘yish usuli;

Yüklə 118,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə