Amtb bo’yicha faoliyat mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat



Yüklə 27,91 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü27,91 Kb.
#182036
  1   2   3   4

1.2. Ekologik ekspertizada atrof muhitga ta’sirini baholash
Ekologik ekspertiza tabiatdan foydalanish sohasida qaror qabul qilishda ekologik talablarni hisobga olishni nazorat qilishning majburiy protsedurasi (bajariladigan ish tartibi) hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi ekspertizaga tavsiya qilingan ob’ektning tabiatni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik talablariga qanchalik darajada mos tushishini tekshirish va baholashdan iborat. Ekspertizaning asosiy natijasi texnik xatolarini aniqlash, ularning oqibatlarini ilmiy asosida baholash, qaror qabul qiluvchi organga (tashkilotga) tavsiyalar berish, ekspertizaga berilgan loyihalar va ob’ektlarni ro’yobga chiqarishning eng samarali shart-sharoitlarini bashorat qilishga qaratilgan.
Ekologik ekspertiza atrof muhitga ta’sirini baholash (AMTB) protsedurasidan keyin va unga asoslangan holda amalga oishiriladi. AMTB-tabiatdan foydalanish sohasidagi qarorni tayyorlash va qabul qilishda ekologik talablarni hisobga olish protsedurasidir. SHu nuqtai nazardan davlat ekologik ekspertizasi AMTBni o’tkazish qoidalariga amal qilishni nazorat qilish shaklidir.
Atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) xo’jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishning jamiyat uchun nomaqbul, qabul qilib bo’lmaydigan, ehtimol tutilayotgan salbiy ekologik va u bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarini aniqlash, ulardan ogohlantirish, ularni bartaraf etishning ishonchli va zarur tadbirlarini amalga oshirish maqsadlarida tashkil etiladi va o’tkaziladi.
Bir necha xil asoslovchi xujatlarni ishlab chiqishni o’z ichiga oladigan xo’jalik va boshqa qarorlarni tayyorlashda atrof muhitga ta’sirini baholash (AMTB) bosqichma-bosqich tayyorlanadi va ularda nazarda tutilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirining turlari, manbalari, darajasi tafsilotlari aniqlanadi.
AMTB bo’yicha faoliyat mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat.
Ehtimol tutilayotgan va yo’l qo’yib bo’lmaydigan oqibatlarning oldini olish bo’yicha zarur va yetarli choralarni aniqlash va ularni qo’llash uchun nazarda tutilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini taxlil qilish va baholash jarayonida xujjatlarni asoslab beruvchilar quyidagilarni ko’rib chiqishlari kerak:
- mo’ljallanayotgan loyiha va rejani amalga oshirishning maqsadi;
- mo’jlallanayotgan faoliyatning oqilona va mahqul alhternativasi (muqobil yo’nalishlari);
- konkret hududlarda mavjud ekologik vaziyatni ilgari qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo’yicha qarorlarni xisobga olib loyihalarni va boshqa tavsiyalarni ta’riflash;
- hududlar va vaqtga mos xolda nazarda tutilayotgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar atrof muhiti xolati to’g’risidagi ma’lumotlar;
- nazarda tutilayotgan faoliyatning ehtimol tutilayotgan oqibatlari va uning alhternativasi (muqobili);
- amalga oshirilayotgan qarorning jamiyat uchun qabul qilib bo’lmaydigan oqibatlarini bartaraf etish choralari va tadbirlari;
- monitoring dasturini ishlab chiqish bo’yicha takliflar, loyihadan keyingi iqtisodiy taxlil bo’yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish.
AMTBni o’tkazishda quyidagi asosiy printsiplarga amal qilish lozim:

  1. Integratsiya (komplekslik). Xujjatlarni tayyorlash jarayonining barcha bosqichlarida tabiatga, aholiga, xo’jalikka ta’sir ko’rsatish masalalari bir-biridan ajralgan holda ko’rib chiqilmasligi kerak.

  2. Alhternativalik (muqobillik). Ta’sirni baholash loyihaning faqat ko’rib chiqilayotgan varianti bilangina cheklanishi mumkin emas.

  3. Preventivlik (oldini olish, ogohlantirish). Loyihani ishlab chiqishning birorta bosqichi, uning turli tomonlarini qo’shib, AMTBni tayyorlamasdan tugallanishi mumkin emas.

  4. Ustuvorlik. Loyihalarni ro’yobga chiqarishda har qanday mulohaza va fikr uning ekologik oqibatlarini inkor etishga asos bo’la olmaydi.

  5. Aniqlik(ishonchlilik). AMTBni o’tkazishning detallashishi (batafsil tekshirish) darajasi tabiat, aholi va xo’jalik o’zaro ta’sirining ekologik ahamiyatini belgilab beruvchi darajadan kam bo’lmasligi kerak.

  6. Saqlash(asrash). Rejalashtirilayotgan faoliyat ekologik xilma-xillikning kamayishiga, hududlar va akvatoriyalarning biomaxsuldorligi va biomassasining pasayishiga, shuningdek amalga oshirilayotgan loyiha ta’siri sohasida tabiiy biosfera komplekslarining muhim hayotiy xissalarini yomonlashuviga olib kelmasligi kerak.

  7. Mos kelish (moslik, to’g’ri kelish). Rejalashtirilayotgan faoliyat aholi guruhlari yashashi sifatini yomonlashtiruvchi oqibatlarga olib kelmasligi va boshqa faoliyat turlariga tiklab bo’lmaydigan zarar yetkazmasligi kerak.

  8. O’zgaruvchanlik (moslashuvchanlik) Rejalashtirilayotgan faoliyatga bog’liq holda AMTB jarayonlari taxlilining miqyoslari, chuqurligi, turi bo’yicha o’zgarishi mumkin.

Atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) bo’yicha xujjatlar ikki bosqichda tayyorlanadi: 1) ta’sirni dastlabki baholash. Rejalashtirayotgan faoliyatning zarurati va maqsadga muvofiqligi va uni amalga oshirish usullarini tanlashni asoslashning dastlabki bosqichlarida o’tkaziladi va AMTB uchun axborot darajasini aniqlash maqsadini ko’zda tutadi; 2) ta’sirni mukammal (to’la) baholash. Xujjatlarni tayyorlash bilan bir vaqtda olib boriladi va uning natijalari ishlanmaning barcha variantlarini shakllantirish va tanlashda ishtirok etadi. Ushbu bosqichning natijasi: ro’yobga chiqarish yoki ishlanmani davom ettirish uchun tanlangan variant; AMTB bo’yicha hisobot; tanlangan variantni asoslash; «Atrof muhitga ta’sir haqida bayonot». 3) muhokama qilish. Muhokama mutaxassislar va jamoatchilik ishtirokida ehtimol tutilayotgan ekologik oqibatlar, ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni aniqlash maqsadida xujjatlarni davlat organlari tomonidan tasdiqlashdan oldin o’tkaziladi. Unda AMTBni ko’rib chiqish, manfaatdor tomonlar va jamoatchilikni xabardor qilish, muhokama natijalarini rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
AMTB jarayonida ekologik sharoit va talablarni aniqlash masalalari hal qilinadi, ekologik mezonlar va ko’rsatkichlar ishlab chiqiladi. AMTB baholashning asosiy ko’rsatkichlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1) tabiat komponentlari (atmosfera, iqlim, suv, tuproq, o’simlik, xayvonat olami, tabiiy resurslar, relhef va boshqalar) xolati ko’rsatkichlari: 2) ekotizimlar, landshaftlar xolati ko’rsatkichlari: 3) axoli va tibbiy-demografik xolati ko’rsatkichlari; 4) regionlar ijtimoiy-iqtisodiy xolati ko’rsatkichlari va boshqalar. (Bu ko’rsatkichlar maxsus yo’riqnomalar, ma’lumotnomalarga asoslanib aniqlanadi).

Yüklə 27,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə