5-mavzu. Oliy majlis O’zbekiston Respublikasining oliy vakillik organi va qonun chiqaruvchi hokimiyati. Reja: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi demokratik o‘zgarishlar bosqichida



Yüklə 21,73 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü21,73 Kb.
#116205
oliy majlis


5-mavzu. Oliy majlis – O’zbekiston Respublikasining oliy vakillik organi va qonun chiqaruvchi hokimiyati. Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi demokratik o‘zgarishlar bosqichida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va vakolatlari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va vakolatlari. 1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi demokratik o’zgarishlar bosqichida. Insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari XII-XIII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament so‘zining lug‘aviy ma‘nosi fransuz tilidan olingan bo‘lib, ―gapirmoq‖ ma‘nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi. Hozir yer kurrasidagi 200 ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi-parlamentlar bor. Hozirgi zamon parlamentlari o‘zlarining tuzilishi, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, o‘z mamlakatlari siyosiy tizimida tutgan o‘rni, saylanish tartibi, mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, 116 deputatlarining soni bilan ham farq qiladilar, masalan: AQShda 535 deputatdan iborat Kongress, Xitoy Xalq Respublikasidagi Umumxitoy Xalq vakillari majlisida 2979 a‘zo, Rossiyada 626 deputatdan iborat Federal Majlis, Misrda 454 deputatli Xalq Assambleyasi, Isroilda 120 a‘zodan iborat Knesset, Islandiyada 63 a‘zodan iborat Altningni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Jahon parlamentlarining ko‘pchiligi bir palatali tuzilishga ega. Yer kurrasidagi 65 ta davlatda esa, ikki palatali oliy vakillik organlari mavjud. Odatda, ikki palatali parlamentning palatalaridan biri ko‘pincha ―quyi palata‖ deb yuritilib, u xalqning yagona irodasini ifodalaydi. (AQShda -Vakillar palatasi, Fransiyada - Millat Majlisi), boshqasi esa ―yuqori palata‖ deb atalib, u davlatning tarkibiy qism (hudud)larining manfaatlarini ifodalaydi. Parlamentlarning bunday tuzilishi muqim demokratik an‘analar hamda federativ davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarga xosdir. Masalan, shu kabi parlamentlar AQSH, Braziliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqalarda faoliyat yurgizmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76- moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasi (2002-yil 12-dekabr) ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida‖ va ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida‖gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning asosiy huquqiy asoslarini yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirish tartibi 2003- yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida‖gi qonun bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a‘zolaridan (senatorlardan) iborat. Hozirda amalda bo‘lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuniga 25 yoshga to‘lgan fuqarolar ega bo‘lishi mumkin. Yosh senzining bunday belgilanishi shu bilan izohlanadiki, deputat ozmiko‘pmi ma‘lum hayot tajribasiga ega bo‘lishi, o‘zini davlat va jamoat faoliyatida ko‘rsata olishi lozim. Bu masala bir qancha xorijiy mamlakatlarning Konstitutsiyalari va qonunchiligida ham deyarlik shunday hal etilgan. AQSH Konstitutsiyasida 25 yoshga to‘lmagan shaxs Kongressning Vakillar palatasining a‘zosi bo‘lishi mumkin emas. Yaponiya 117 parlamentining vakillar palatasiga 25 yoshga to‘lgan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to‘lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin. Shuni ham aytish joizki, jahon tajribasida passiv saylov huquqining bundan ham yuqori senzlari ma‘lum. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risidagi Qonun 1994-yil 22- sentabrda qabul qilingan. 2002-yil 27-yanvarda umumxalq referendumi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan Qonunchilik palatasi ( quyi palata, 150 ta deputat bo‘lib, shundan 15 nafari O‘zbekiston Respublikasi Ekologik harakatidan saylanadi ) va Senat (yuqori palata, 100 nafar Senat a‘zolarining 16 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va har bir ma‘muriy birliklardan teng 6 nafardan senat a‘zolari tegishli xalq deputatlari mahalliy kengash deputatlari orasidan umumiy yig‘ilishlarida saylanadi) iborat. Vakolat muddati -5 yil. Saylovgacha kamida 5 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan, 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik Palatasiga bir vaqtning o‘zida ayni bir shaxs deputat bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 21 banddan iborat birgalikdagi vakolatlari belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari 4 ta bo‘lib, Konstitutsiyaning 79-moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 14 banddan iborat mutlaq vakolatlari Konstitutsiyaning 80-moddasida belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ish tartibi sessiya bo‘lib, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida 3 marta o‘tkaziladi. Deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa majlislar vakolatli hisoblanadi.Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII bobi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8 va 22-yanvar kunlari 3 turda, 1999-yil 5- va 19-dekabrda, 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-23-yanvar kunlari, 2009-yil 27-dekabr, 2010-yil 10- hamda 24- yanvar kunlari 3 turda saylovlar bo‘lib o‘tgan. 2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va vakolatlari. ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida‖gi Qonuni 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan. ―O‘zbekiston 118 Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida‖gi Qonuni 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo’mitalari: - Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi; - Qonunchilik va sud - huquq masalalari qo‘mitasi; - Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi; - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi; - Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi; - Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi; - Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi; - Fan, ta‘lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi; - Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi; - Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasi. 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; 3) O‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 4) Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi yakunlariga ko‘ra 150 deputat saylandi. Shu jumladan: 1) Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 53 nafar; 2) O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 32 nafar; 3) O‘zbekiston ―Milliy demokratik‖ partiyasidan 31 nafar; 4) O‘zbekiston ―Adolat‖ sotsial demokratik partiyasidan 19 nafar deputat saylandi. O‘zbekiston ekologik xarakatiga 15 ta o‘rin ajratildi, ya‘ni Qonunchilik palatasidagi 15 nafar deputat O‘zbekiston Ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan 150 deputatning 33 nafari yoki 22 foizi xotin-qizlardir. Saylangan deputatlarning 47 nafari yoki 31,3 foizi ilgari Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. Siyosiy partiyalarning parlamentdagi oliy qonunchilik organi, joylardagi hokimiyat organlari roli va ta‘siri ancha oshdi. 119 Qonunchilik palatasida birinchi marta ko‘pchilik: 1) tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal–demokratik partiyasi; 2) ―Milliy tiklanish‖ demokratik partiyasi; 3) ―Adolat‖ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalarini birlashtirgan Demokratik blok shakllandi. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi parlamentda muxolifatni tashkil qildi. O‘zbekiston Ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning vazifalari 1. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish talab etiladi. 2. Markaz va joylarda davlat hokimiyati idoralari shu sohaga oid qabul qilingan hujjatlarning so‘zsiz bajarilishini ta‘minlashda ko‘maklashishlari lozim. 3. O‘zbekiston Ekologik harakati yuksak deputatlik minbaridan turib atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyati oshadi. 4. Axolini ekologik xavf hamda tajovuzdan himoyalashda ulkan imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi. Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo‘mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi. Qonunchilik palatasi Kengashi palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi. Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o‘rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining raislari kiradi. Qonunchilik palatasi Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a‘zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qo’mitalar bilan ishlash bo’limi qo‘mitalarning qonun ijodkorligi faoliyatini ta‘minlash uchun ularga tashkiliy, uslubiy, axborot va ilmiymaslahat xizmati ko‘rsatilishini amalga oshiradi, kundalik yordam kursatib boradi, qo‘mitalarga o‘tkazayotgan tadbirlarida, loyihalarni tayyorlash uchun ishchi guruhlarini tuzishda, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aloqalarni va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi. Yuridik bo’lim palataga kiritilgan qonun loyihalarini, shuningdek qarorlar, bayonotlar, murojaatlar, parlament so‘rovlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ular yuzasidan xulosalar tayyorlaydi, ushbu hujjatlarning yuridik texnika jihatidan maromiga yetkazilishida ishtirok etadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida ko‘rib chiqish uchun yuborishga tayyorlashda, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislarini huquqiy jihatdan ta‘minlashda ishtirok etadi, palata va Devon rahbariyatining 120 topshirig‘iga binoan huquqiy masalalar bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi, Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini tayyorlashga mas‘ul bo‘lgan qo‘mitalarining murojaatlariga binoan qonun loyihalarini, ularning yuridik texnika talablariga muvofiqligini tahlil qiladi, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Respublika hukumatining qarorlari, farmoyishlari hisobini yuritadi va ularni tartibga soladi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining fondini shakllantiradi va nazorat holatida saqlaydi, milliy qonunchilik bo‘yicha axborot-ma‘lumot ishini amalga oshiradi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining veb-saytida huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar yuridik texnika jihatidan rasmiylashtirilishiga yagona yondashuvni ta‘minlaydi, deputatlar va Devon xodimlarining huquqiy bilimi darajasini oshirishda ishtirok etadi. Nazorat-axborot bo’limi qo‘mitalarga nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirishda tashkiliy, uslubiy, axborot va ilmiy-maslahat xizmatlari ko‘rsatilishini ta‘minlaydi, deputatlarning saylov okruglaridagi ishi to‘g‘risida, ularning saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari haqida Qonunchilik palatasi Devoniga tushgan axborotlarni umumlashtirib boradi, deputatlarning ro‘yxatlarini nashrga tayyorlaydi, ularning so‘rovnoma ma‘lumotlaridagi o‘zgarishlar hisobini yuritadi, ma‘muriy-hududiy tuzilish masalalariga oid hujjatlar tayyorlaydi, palataga fuqarolardan tushgan murojaatlar bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etadi, bunday murojaatlarning tegishli davlat organlarida va boshqa organlarda ko‘rib chiqilishini nazorat qilib boradi, fuqarolarning murojaatlarini tahlil etadi va umumlashtirib boradi. Xalqaro aloqalar bo’limi xalqaro munosabatlarga, xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilish masalalariga doir qonun loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, chet el delegatsiyalari, xorijiy davlatlarning ayrim davlat va siyosat arboblari, diplomatiya vakillari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillarining quyi palatada qabul qilinishini, parlament delegatsiyalari tashriflarining, Qonunchilik palatasi ishtirokida o‘tkaziladigan xalqaro parlament tadbirlarining (konferensiya, seminar, simpozium va boshqalarning) protokol ta‘minoti masalalarini tashkil etadi, deputatlarni xalqaro munosabatlar masalalariga doir axborot, ma‘lumot materiallari va boshqa materiallar bilan ta‘minlaydi. Matbuot va tarjima bo’limi qonun loyihalari hamda palataning boshqa hujjatlari tarjima va tahrir qilinishini ta‘minlaydi, Qonunchilik palatasi qabul qilgan hujjatlarning matbuotda e‘lon qilinishini tashkil etadi, ―Xalq so‘zi‖ - ―Narodnoye slovo‖, ―Nurli jol‖, ―Ovozi tojik‖ gazetalari tahririyatlarining o‘z ustavida belgilangan talablarni bajarishi ustidan nazoratni amalga 121 oshiradi, ommaviy axborot vositalari bilan aloqa bog‘lab turadi, palata va uning organlari faoliyati davriy nashrlar sahifalarida, televideniye va radioda belgilangan tartibda yoritilishini ta‘minlaydi. Umumiy bo’lim Qonunchilik palatasi hujjatlarining ro‘yxatga olinishi, hisobi yuritilishi, rasmiylashtirilishi va joylarga jo‘natilishini amalga oshiradi, ish yuritilishini tashkil etadi, uning Kengashi majlislari bayonnomalarini, stenogrammalarini yuritadi, majlislar magnit vositalariga yozib olinishini, arxiv boshqarilishini ta‘minlaydi, quyi palata kutubxonasi ishini tashkil etadi. Qonunchilik palatasining Matbuot kotibi quyi palata faoliyati haqida jamoatchilikning doimiy ravishda xabardor etilishini ta‘minlaydi. U shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari uchun doimiy yoki maxsus matbuot konferensiyalari va brifinglar tashkil etadi hamda palata faoliyatini yorituvchi teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlanishi, boshqa matbuot materiallari e‘lon qilinishi va nashr etilishini tashkil etishga ko‘maklashadi, palata qo‘mitalarining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini muvofiqlashtirib boradi, ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish ishlarini tashkil etadi. Fraksiyalar. Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin. Fraksiya siyosiy partiyadan ko‘rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Deputatlar guruhlarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyadan ko‘rsatilmagan deputatlar tuzishga haqli. Qonunchilik palatasi deputatining fraksiyaga yoki deputatlar guruhiga kirishi to‘g‘risidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi. Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiya yoki deputatlar guruhining a‘zosi bo‘lishi mumkin. Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a‘zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlar birlashmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi. Qonunchilik palatasining kamida to‘qqiz nafar deputati fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega. Fraksiyalar va deputatlar guruhlari ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya va deputatlar guruhining rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi. Qonunchilik palatasi fraksiya va deputatlar guruhi tuzilgani to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Fraksiya va deputatlar guruhi: 122 • Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikrmulohazalar kiritadi; • Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan muzokaralarda fraksiya, deputatlar guruhi vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi huquqidan foydalanadi; • kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish to‘g‘risida masala qo‘yadi; • Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi; • Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning, deputatlar guruhining fikrini Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rtasida tarqatadi; • palataning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari ishida ishtirok etadi; • Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va boshqa qarorlarning loyihalari yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi; • hukumat a‘zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala qo‘yadi; • fraksiyaning, deputatlar guruhining faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi; • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e‘lon qilishi mumkin. Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e‘lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega: • Qonunchilik palatasi mas‘ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma‘ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish; • muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish; 123 • Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi; • Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas. Qo’mitalar. Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o‘rinbosari va a‘zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar saylanadi. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a‘zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiya yoki guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining barcha a‘zolari teng huquqlardan foydalanadilar. Qo‘mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari Qonunchilik palatasi oldida mas‘ul va unga hisobdordir. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari: • o‘z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi; • qonun loyihalarining dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi; • qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi; • O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi; • Qonunchilik palatasining topshirig‘iga yoki palata Kengashining tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas‘ul bo‘ladi; • kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning rahbarlarini jalb etadi; • qonunchilik tashabbusi huquqi sub‘ektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi; 124 • kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; • davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika ma‘lumotlari va boshqa ma‘lumotlarni talab qilib oladi; • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari hamda qo‘mitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitadi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ishni o‘z rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari, agar ularda qo‘mita a‘zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami a‘zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. Komissiyalar. Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a‘zolaridan, zarurat bo‘lganida esa, shuningdek komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tuzilgani to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasining komissiya tuzilgani to‘g‘risidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat ko‘rsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta‘minlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan bo‘lishi kerak. Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlari tuzishga haqlidir. 125 O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 85 – moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisning Qonunchilik palatasi o‘z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘zrinbosarlarini saylaydi. O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovoz bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri: 1)Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularga raislik qiladi; 2)Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; 3)Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 4)O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; 5)Parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 6)O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va o‘zga tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko‘radi; 7)Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi; 8)Ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi. 3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 85 – moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va vakolatlari. ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida‖gi Qonuni 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan. ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida‖gi Qonuni 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi: Murod Sharifxo’jayev (2005 y. 27-yanvardan – 2006-yil 24-fevralgacha), Ilgizar Matyoqubovich Sobirov (2006-yil 24-fevraldan buyon). O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo’mitalari: 126 - Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi; - Qonunchilik va sud - huquq masalalari qo‘mitasi; - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi; - Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi; - Fan, ta‘lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi; - Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi; - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mutlaq vakolatlari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudini saylash; 5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; 9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; 10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish; 11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; 12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisinining hisobotlarini eshitish; 127 13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi. Ovoz berish va qarorlarni qabul qilish tartibi Senatning qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish nomma-nom bo‘lishi mumkin. Senat majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Senat majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazoratni senatorlar jumlasidan bo‘lgan guruh amalga oshiradi. Ovoz berish shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Senat tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, u yoki bu masala yuzasidan ovoz berish shakli va usuli O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Senator o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi. Senat qarorlari, agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Senat tomonidan qonunlarni ko’rib chiqish tartibi Qonun Senatga Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganidan keyin kiritiladi. Qonun Senatga kiritilayotganda quyidagilar taqdim etilishi lozim: 1) Qonunchilik palatasining qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi qarori; 2) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun; 3) Qonunga doir uning kontseptsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati; 4) Qonun qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun; 5) O‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonunosti hujjatlarining ro‘yxati; 6) Moddiy xarajatlar talab etuvchi qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asos; 7) Davlat daromadlarining qisqartirilishini yoki davlat xarajatlarining ko‘paytirilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining moddalari bo‘yicha o‘zgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa 128 tayyorlaydigan qo‘mitaga topshiriladi. Senat qo‘mitalarining qonun muhokamasiga bag‘ishlangan majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda Senat qo‘mitalari yopiq majlis o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning namoyandalari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlari, televidenie, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin. Kelib tushgan takliflarni mas‘ul qo‘mita qonun yuzasidan xulosa tayyorlayotganda umumlashtiradi. Mas‘ul qo‘mitaning xulosasida qonunni ma‘qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosada mas‘ul qo‘mitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim. Mas‘ul qo‘mitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senatning majlisida qonunni ko‘rib chiqish ma‘ruzachining mas‘ul qo‘mita xulosasini o‘qib eshittirishidan boshlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning muhokamasi tartibida senatorlar so‘zga chiqishlari mumkin. Muhokama natijalari asosida Senat qonunni ma‘qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senat Kengashi. Senat faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo‘mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasudan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi. Senat Kengashi palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi. Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning o‘rinbosarlari va qo‘mitalarning raislari kiradi. Senat Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a‘zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Senat Kengashiga Senat Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi. Senat Qo’mitalari. Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Senat shakllanganidan keyin uning vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan rais, uning o‘rinbosari va a‘zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar saylanadi. Senat qo‘mitalarining barcha a‘zolari teng huquqlardan foydalanadilar. Qo‘mita tarkibiga saylanmagan senator uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Senat qo‘mitalari Senat oldida mas‘ul va unga hisobdordir. Senat qo‘mitalari: 1. Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma‘qullash uchun topshirilgan qonunlar yuzasidan xulosalar beradi; 129 2. o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan o‘z tashabbusi bilan va Senatning topshirig‘iga binoan Senat hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi; 3. qonunni majlis kun tartibiga kiritish yoki uning ustida ishlashni davom ettirish yoxud asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi; 4. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi; 5. davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistika ma‘lumotlari va boshqa ma‘lumotlarni talab qilib oladi; 6. Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning rahbarlarini jalb etadi; 7. kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Senat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; 8. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Senat hujjatlari hamda qo‘mitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqida axborotlarini eshitadi. Senat qo‘mitalari ishni o‘z rejalariga, shuningdek Senat, uning Raisi va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Senat qo‘mitalarining faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. Senat qo‘mitalarining majlislari Senat majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Senat qo‘mitalarining majlislari, agar ularda qo‘mita a‘zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Senat qo‘mitalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘ganida Senat qo‘mitalari yopiq o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Qo‘mitalarning majlislarifa davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televidenie, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Senat qo‘imatalari ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami a‘zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Senat qo‘mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar to‘g‘risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uzog‘i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak. Senat Komissiyalari. Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiya Senat majlisida senatorlar orasidan komissiya raisi va a‘zolari, zarurat bo‘lganda esa komissiya raisining 130 o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko‘zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi. Komissiya tuzilgani to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi. Komissiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan so‘ng, qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat o‘tganidan keyin yoki Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari o‘z faoliyatini tugatadi. Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. Bugungi kunga qadar ikkita komissiya tuzilgan. Reglament va etika komissiyasi. Reglament va etika komissiyasi Senatning vakolatlari muddatiga 7 kishi tarkibda tuzilgan. Komissiyaning asosiy vazifalari: § Senatorlar tomonidan Senat etikasi normalariga rioya etilishiga ko‘maklashish; § Senatorlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini ko‘tarishga qaratilgan tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish; § Kengashga kiritilayotgan senatorlar etikasi to‘g‘risidagi masalani dastlab ko‘rib chiqish va tayyorlash; § Senatorlar tomonidan etika normalariga rioya qilinishini nazorat qilish va ularning buzilishini o‘z vaqtida oldini olish. Senat Devonining tarkibiy bo’linmalari. Senat Devoni Senat Raisining, Rais o‘rinbosarlarining hamda Senat Devoni Rahbarining bevosita rahbarligida ishlaydi va quyidagi tarkibiy bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi: § Oliy Majlis Senati Devoni Rahbari § Senat rahbariyati huzuridagi kotibiyat § Katta referent § Yuridik bo‘lim § Nazorat-axborot bo‘limi § Matbuot va tarjima bo‘limi § Matbuot kotibi § Umumiy bo‘lim § Xalqaro aloqalar bo‘limi § Moddiy-texnika va ta‘minot bo‘limi § Buxgalteriya Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. O‘zbekiston Resblikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qanday shakllantiriladi? 2. O‘zbekiston Resblikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri vakolatlarini sanab bering? 3. Senat so‘zining lug‘aviy ma‘nosi qanday? 4. Oliy Majlis palatalari qanday huquqiy hujjatlar qabul qiladi? 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qanday shakllanadi? 131 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining nechta qo‘mitalari mavjud? 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish tartibi qanday?
Yüklə 21,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə