5-Modul mavzusi: 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishdagi kommutatsion apparatlar Modul birliklari



Yüklə 200,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix22.03.2024
ölçüsü200,07 Kb.
#181322
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
37ff4ce9-f569-4e3b-9a20-b2028db36a0c

SF
6
) havo va vodorodga nisbatan yuqoriroq bo’lgan elektr 
mustahkamlikka ega. Undan uzgichlarda keng foydalaniladi. 
 
 
 
a) Umumiy ma’lumotlar 
Elektr zanjirda qisqa tutashuv yoki o’tayuklanish bo’lsa uni avtomatik ravishda bir marta 
uzshi uchun xizmat qiladigan apparat saqlagich deb ataladi. Zanjirni saqlagich vositasida uzish 
eruvchan qo’ymaning erishi orqali amalga oshadi, bu eruvchan qo’yma o’zidan 
muhofazalanmagan zanjirning toki o’tganda qizib eriydi. Zanjir uzilgandan so’ng eruvchan 
qo’yma qo’lda almashtirilishi lozim. 
Konstruktsiyasinint soddaligi va arzonligi sababli eruvchan saqlagichlar sanoat 
elektroqurilmalarida, elektrostantsiyalar va nimstantsiyalarda, turmushda keng qo’llaniladi. 
Saqlagichlar turli konstruktsiyalarga ega bo’lishi mumkin va milliamperdan minglab 
amperlargacha toklarga mo’ljallanadi. Hamma 
saqlagichlarda asosiy elementlar bo’lib: korpus, 
eruvchan qo’yma, kontakt qism, yoy so’ndiruvchi 
qurilma yoki yoy so’ndiruvchi muhit hisoblanadi. 
Saqlagichlar 
eruvchan qo’ymaning nominal 
toki bilan
, ya’ni eruvchan qo’yma uzoq ishlashi 
uchun 
hisoblangan 
tok 
bilan 
xarakterlanadi. 
Saqlagichning birgina korpusiga turli nominal 
toklarga 
mo’ljallangan 
eruvchan 
qo’ymalar 
55-расм. Сақлагичнинг вақт-токли 
характеристикаси 


o’rnatilishi mumkin, shuning uchun ayni saqlagich saqlagichning nominal toki bilan 
xarakterlanib, u mana shu konstruktsiyadagi saqlagich uchun mo’ljallangan eruvchan 
qo’ymalarning nominal toklari ichida eng kattasiga teng. Normal rejimda yuklama toki ta’sirida 
eruvchan qo’ymadan ajrayotgan issiqlik atrof-muhitga tarqaladi va saqlagichning hamma 
qismlarining tempera-turasi ruxsat etilgandan oshmaydi. O’tayuklaish va qisqa tutashuvlarda 
qo’yma harorati ortib, uning erishiga olib keladi. Demak, tok qancha katta bo’lsa, qo’ymaning 
erish vaqti shuncha kichik bo’ladi. Erish (ishlay boshlash) vaqtining tokka bog’liqligi 
saqlagichning vaqt-tok xarakteristikasi
deb yuritiladi (55-rasm). 
Saqlagich ishlay boshlashidagi minimal tok—
chegara tok

I
cheg
deb yuritiladi. 
Tekshirishlarda saqlagich qo’ymasining erish vaqti 1 soatdan oshgandagi tok—chegara tok deb 
qabul qilinadi. Eruvchan qo’ymaning nominal toki shunday tanlanadiki, bunda normal rejimda 
va qisqa ruxsat etiladigan o’tayuklanishlarda uzish sodir bo’lmay, balki uzoq o’tayuklanishlarda 
va q.t. da zanjir mumkin qadar tez uzilishi lozim. Bu masala «Elektr tarmoqlar» kursida batafsil 
ko’riladi. 
Saqlagichlar ishining selektivligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Dvigatelda 
shikastlanish bo’lganda q.t. toki uchta saqlagich orqali ketma-ket o’tadi, lekin hammadan oldin 
shikastlangan joyga yaqin bo’lgan saqlagich qo’ymasi erib ketishi kerak. Uzish vaqti 
t
1
, t
2
, t
3
avtomatning muhofaza xarakteristikasiga o’xshash, saqlagich xarakteristikasi bo’yicha 
aniqlanadi. Xarakteristika eruvchan qo’ymaning materiali, uning kesimi, sovish sharoitlari va 
boshqa faktorlarga bog’liq. 
Eruvchan qo’yma-
saqlagichning asosiy elementi bo’lib, mis, rux, qo’rg’oshin va 
kumushdan tayyorlanishi mumkin. Rux va qo’rg’oshinning erish harorati kichik (tegishlicha 419 
va 327°S). Rux korroziyaga chidamli, shuning uchun eruvchan qo’ymaning keskmi ishlatish 
vaqtida o’zgarmaydi, xarakteristikasi doimiy qoladi. Biroq mustahkam oksid plyonka tufayli 
qo’yma eriganda buzilmaydi, suyuq metall plyonka ichida saqlanadi. Bu esa 
I
cheg
ning keng 
chegaralarda o’zgarishiga olib keladi. Rux va qo’rg’oshinning solishtirma qarshiligi katta, 
shuning uchun ulardan tayyorlangan eruvchan qo’ymalar katta kesimga ega. Bunday 
qo’ymalarni saqlagichlarda to’ldirgichlarsiz ishlatish mumkin. Rux va qo’rg’oshindan qilingan 
qo’ymali saqlagichlar o’ta yuklanishda katta tutib turish vaqtiga ega. 
Mis va kumush kichik solishtirma qarshilikka ega bo’lib, ko’ymaning kesimi katta emas, 
bu ularning tez ishlab ketishini ta’minlaydi. Bunday qo’ymalar eriydigan metallning hajmini 
kamaytirish muhim bo’lgan to’ldirgichli saqlagichlarda qo’llaniladi. Ishlatish jarayonida 
oksidlanishni kamaytirish uchun, odatda, ustiga qalay suvi yuritilgan mis qo’ymalar qo’llaniladi. 
Kumush qo’ymalar oksidlanmaydi va ularning xarakteristikalari turg’un, lekin qimmat 
bo’lganligi uchun, bunday qo’ymalar faqat ayrim muhim hollardagina qo’llaniladi. Misning erish 
harorati 1080°S bo’lgani uchun chegara toklarida saqlagichning hamma elementlarining harorati 
ancha katta bo’ladi. Yuqori haroratlar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymasdan saqlagichning tez ishlab 
ketishini ta’minlash uchun metallurgiya effekti deb ataladigan usuldan foydalaniladi. Bu oson 
eriydigan suyuq metallda qiyin eriydigan metallni eritish hodisasidir. Agar, masalan, diametri 
0,25 mm li mis simga erish harorati 182°S bo’lgan qalay-qo’rg’oshin qotishmadan tayyorlangan 
sharchalar kavsharlansa, bu holda sim harorati 650°S ga yetganda u 4 minut ichida eriydi, 350°S 
da esa 40 minut ichida eriydi. Xuddi shu sim erituvchisiz 1000°S dan past bo’lmagan haroratda 
eriydi. Odatda, mis va kumush qo’ymalarida metallurgiya effektni xosil qilish uchun ancha 
turg’un xossalarga ega bo’lgan toza qalay qo’llaniladi. Normal ish rejimida qalayli sharcha 
saqlagich ishiga ta’sir atmaydi. 
Qo’yma erigandan so’ng elektr yoy hosil bo’lib, uni mumkin qadar tez o’chirish lozim. 
Saqlagichlarda yoyni so’ndirish uchun tor tirqish, gazlarning yuqori bosimi, puflash effektidan 
foydalaniladi. Hech qanday shikastlanish yoki deformatsiya sodir bo’lmasdan saqlagich uzishi 
mumkin bo’lgan eng katta tok uzishning chegara, toki deb yuritiladi. 
Elektr kurilmalarda eng keng tarqalgan saqlagichlarning konstruktsiyalarini ko’rib 
chiqamiz. 

Yüklə 200,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə