5-Modul mavzusi: 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishdagi kommutatsion apparatlar Modul birliklari



Yüklə 200,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü200,07 Kb.
#181322
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
37ff4ce9-f569-4e3b-9a20-b2028db36a0c

Sinov savollari


1.
Rubilniklar va pereklyuchatellarni vazifasi va konstruktsiyasi. 
2.
Avtomatik havo o’chirgichlarini vazifasi va konstruktsiyasi. 
3.
Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlarni vazifasi va konstruktsiyasi. 
4.
Saqlagichlarni vazifasi va konstruktsiyasi. 
 
 
 
 
5.3 Ajratgichlar, ularni vazifalari, konstruktsiyalari, qisqa tutashtirgich va 
avtomatik ajratgichlar, ularning vazifalari va konstruktsiyalari. 
 
a) Rubilniklar va pereklyuchatellar 
Ikki (ulangan, uzilgan) holatga qo’lda harakatlantiriladigan noavtomatik uzgich rubilnik 
deb ataladi (49-rasm, a). Ikkita turli zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat qiladigan 
rubilnik pereklyuchatel deb yuritiladi. Rubilnik va pereklyuchatellar 500 V gacha bo’lgan 
nominal kuchlanishga bir, ikki va uch qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy so’ndiruvchi qurilmasi 
bo’lmagan rubilьniklar toksiz zanjirlarni uzish va ochiq uzilishlar hosil qilishga mo’ljallangan. 
Yoy so’ndiruvchi qurilmali rubilniklar 
I
nom
gacha bo’lgan tokni uzish imkoniga ega. 
R
va 
P
(uch qutbli) yoki 
RO

PO
(bir qutbli) tipdagi markaziy dastaki 
rubilnik va pereklyuchatellar 100-600 A 
toklar 
uchun 
ishlab 
chiqariladi. 
Rubilnikning hamma detallari izolyatsion 
plitaga o’rnatiladi. 
O’tkazgichlar oldi yoki orqa 
tomonidan ulanishi mumkin. Bunday 
rubilnik va pereklyuchatellar bilan tokni 
uzishga ruxsat etilmaydi, chunki hosil 
bo’ladigan yoy qisqa tutashuvga olib 
kelishi 
yoki 
ishlayotgan 
xodimni 
kuydirishi mumkin. 
Richag bilan harakatlantiriladigan 
rubilьnik va pereklyuchatellar (49-rasm, 
b) ikki tomondan xizmat ko’rsatiladigan 
shchitlarda keng qo’llaniladi. Bunday 
rubilniklar yoy so’ndiruvchi panjarali 
kamera 4 ga ega. Yuritma markaziy 
(RPTS, PPTS) yoki yon tomondan (RPB, 
PPB) bo’lishi mumkin. Nominal toklar 
katta bo’lganda rubilniklar bir necha 
parallel pichoqlarga ega bo’ladi. 
Rubilnikning harakatchan pichog’i bilan kontaktli stoykasi orasida yaxshi kontaktni 
ta’minlash muhim ahamiyatga ega (50-rasm, a). Hozirgi paytda kichik o’tish qarshiligini 
ta’minlovchi chiziqli kontakt (50-rasm, b) qo’llaniladi. Detallarning o’zini prujinalaiish xossasi 
va maxsus po’lat prujinalar 3 hisobiga kontaktda siqish ta’minlanadi. Rubilniklar yoy 
so’ndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoqlar bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin. 
Bunday rubilniklarni uzganda avval bosh kontaktlar ajraydi, lekin ular orasida yoy hosil 
bo’lmaydi, chunki tok yoy so’ndiruvchi kontakt orqali o’tadi. So’ngra yoy so’ndiruvchi 
kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoqlar ajratiladi. Bir onda uzish quyidagicha bajariladi: 
bosh pichoqbilan parallel hrlda ikkinchi bosh prujina bilan bog’langan bir onda kesadigan pichoq 
ulanadi. Uzishda avval kontakt stoykadan bosh pichoq chiqadi, u prujinani tortadi, prujina o’z 
navbatida bir onda kesadigan pichoqni uzadi. 
49-расм. 
Рубилниклар: 
а-марказий 
дастакли (Р типдаги); б-ричаг юритмали 
(РПЦ типдаги); 1-пичоқ; 2-қўзғалмас 
контактларнинг шарнирли стойкалари; 3-
контакт стойка; 4-ёй сўндирувчи камера. 


Yoy so’ndiruvchi kamera bilan jihozlangan o’zgarmas 
toknikg 220 V va o’zgaruvchan tokning 380 V ga mo’ljallangan 
rubilniklari 
I
nom
gacha bo’lgan toklarni uza oladi, kamerasizlari 
tegishlicha 0,2 va 0,3
I
nom
ni uzadi. 
O’zgarmas tokning 440 V va o’zgaruvchan tokning 500 
V ga mo’ljallangan kamerali rubilniklari 0,5
I
nom
tokni uza oladi, 
kamerasiz yuklama tokini uzish ruxsat etilmaydi. 
Paketli va kulachokli pereklyuchatellar bir vaqtning 
o’zida bir necha elektr zanjirlarida murakkab qayta ulashlar 
uchun, masalan, boshqarish, o’lchash va shunga o’xshash zanjirlarda xizmat qiladi. Dastakni 45° 
ga burib zanjirlar qayta ulanadi. Nol holatiga o’zi qaytadigan bir yoki bir necha holatlarni ushlab 
turadigan konstruktsiyalar mavjud. Bunday pereklyuchateldagi kontaktlar soni 2 dan 32 gacha 
bo’lishi mumkin. 

Yüklə 200,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə