6- ma’ruza: nazorat qilish va baholash usullari reja


O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#135831
1   2   3   4
6- ma’ruza nazorat qilish va baholash usullari reja-fayllar.org

2.O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari. 
Pedagogi-psixologik fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning 
uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:


1.
O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga harab davlat ta’lim 


standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2.

Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchilarda bilimlar


yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi. 
3.
Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, 

ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi. SHuning


uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas 
qismidir.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar o‘quv faoliyatini hisobga olishning 
bir qator shakl va metodlari asoslangan.
Har bir fan bo‘yicha o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash 
chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat
turlari orqali baholanadi: 
-
joriy nazorat; 

-
oraliq nazorat; 


-
yakuniy nazorat. 

Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida


belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari 
darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib,
o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik 
ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki 
bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash,
baholash shakli. 
YAkuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun
belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari 
darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma,
og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin. 
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. 
YOzma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini 
baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu
yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning 
bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. YOzma tekshirish topshiriq, ya’ni,
insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga 
oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib
chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi. 
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy
harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga 
tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish 
tekshirishning maxsus turi bo‘lib, u o‘quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo‘yish
bilan yakunlanadi. Bu o‘quvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi. 


Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting


deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan 
belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi.
SHkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning 
turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga yordam beradi.
Reyting nazorati asosida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida 
keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test
so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, 
balki 1993 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o‘quv
yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. 
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. 
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular
quyidagilardir: 
1)
nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi

2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining


mavjudligi; 
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish
mumkinligi; 
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir 
xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan 

sohadir.



http://fayllar.org



Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə