6-amaliy mashg‘ulot mavzu: shovqin muammosi va inson salomatligi. Mashg’ulot rejasi: Darsning maqsadi



Yüklə 21,13 Kb.
səhifə2/2
tarix10.04.2023
ölçüsü21,13 Kb.
#104868
1   2
6-амалий машғулот

Ishni bajarish tartibi

  1. Shumometr bilan har bir transportning (yuk mashinasi, poezd, avtobus, velosiped) turli joylarda (uy ichi, bog‘, chorraha) shovqin kuchi o‘lchanadi.

  2. Shumometr asbobi bo‘lmasa, berilgan jadval asosida yuqorida ko‘rsatilgan shovqin kuchi aniqlanadi.

  3. Turli joylardagi shovqin kuchi taqqoslanib, xulosa qilinadi.

Topshiriqlar
1-topshiriq. Talabalarga ko‘cha yoki hovliga chiqib, magistral yo‘llaridan birini tanlab olib, 1 soat davomida transportlarni turlari bo‘yicha sonini hisoblash topshiriladi (bu topshiriqni uyga vazifa sifatida avvaldan berib yuborish mumkin).
2-topshiriq. Shumometr bilan har bir transportning shovqin kuchini o‘lchang (yuk mashinasi, poezd, avtobus, velosiped).
3-topshiriq. Shumometr asbobi bo‘lmagan hollarda berilgan ko‘rsatkichlar asosida (1-jadval) formula bo‘yicha shovqin kuchini hisoblab toping.
Formula:
SH =∑ (p x n )
SH – umumiy shovqin,
∑ - yig‘indi,
p – transportlarning shovqin ko‘rsatkichi
n – 1 soat davomida o‘rganilayotgan maydondan o‘tgan transport soni.
1-jadval



Maishiy shovqinlar

Db

Sanoat shovqinlari

Db

1.

Quloqning eng past sezishi

0

Tipografiya

74

2.

Shivirlash, barg shitirlashi

10

Mashinasozlik zavodlari

80

3.

Soatning 1 metr masofadagi chiqillashi

30

Tokarlik stanogi

90

4.

So‘zlash, magazindagi shovqin

60

Qurilish

95

5.

Ko‘chadagi shovqin

55

Metallurgiya zavodlari

99

6.

Yengil avtomobil

77

Shtamplovchi press

100

7.

Avtobus

80

Kompressor stansiyalari

100

8.

Temiryo‘l transporti

100

Diskli arra

105

9.

Havo transporti

100

Reaktiv dvigatel

120

10.

Momaqaldiroq

120

Metall qirqish

130

Formula asosida hisoblash
Agar 10 daqiqa davomida o‘rganilayotgan maydondan 2 ta avtobus, 4 ta yengil avtomobil o‘tgan bo‘lsa, avval avtobus, so‘ngra avtomobilning shovqin kuchi ko‘rsatkich jadvaldan olinadi, formula bo‘yicha umumiy shovqin hisoblanadi.
SH =∑ (p x n )=80x2=160 Db
SH =∑ (p x n )=77x2=154 Db
Demak ko‘chadagi o‘rtacha shovqin ko‘rsatkichi (160+154):6=52,4 Db teng.
4-topshiriq. Ko‘cha chetida, uy yonidan o‘tgan transportlarning turi va soni yoziladi, shovqin kuchi o‘lchanadi yoki hisoblab topiladi (2-jadval).
2-jadval

Transport turi

Shovqin ko‘rsatkichi

1 soat davomida o‘tgan transport soni

Umumiy shovqin

Ko‘cha chetida

Uy yonida

Poyezd













Yuk mashinasi













Traktor













Avtobus













Yengil mashina













Mototsikl













Velosiped















5-topshiriq. Tajriba natijalarini solishtirib eng shovqinli maydonini aniqlang va xulosa qiling.

    1. Uy yaqinidagi shovqin kuchi pastligini aniqlang.

    2. Shovqindan himoyalanish choralarini ayting.

    3. Shaharda shovqinga qarshi qanday kurash choralarini qo‘llagan bo‘lar edingiz?

Savollar:

  1. Shaharlarda shovqinni keltirib chiqaruvchi manbalar nimalardan iborat?

  2. Shovqin turi va xarakteriga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

  3. Tirik organizmlarga shovqin qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  4. Shovqindan muhofazalanishning qanday yo‘llarini bilasiz?

Yüklə 21,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə