6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


(a,b)-rasm. Kumush va kumushning tayyor mahsuloti



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə23/29
tarix26.10.2023
ölçüsü3,41 Mb.
#130841
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Metallarresiklingi6-bob (1)

6.18.(a,b)-rasm. Kumush va kumushning tayyor mahsuloti

Tarkibida kumush bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarga quyidagi xom ashyolar kiradi.


1. Kumush-ruxli va kumush-kadmiyli akkumulyator, hamda kumush-magniyli elementlarni temir-tersak va chiqindilari;
2. Elektr kontaktlarni temir-tersak va chiqindilari;
3. Kukunli metallurgiya usulida olingan, tarkibida kumush bo‘lgan buyumlarni (metall-keramika kontaktlar) temir-tersak va chiqindilari;
4. Tarkibida 70-80 foizgacha kumush bo‘lgan, ishlatilgan kumush katalizatorlar;
5. Tarkibida 0,5-20 foiz kumush bo‘lgan, kumushga to‘yintirilgan, ishlatilgan materiallar (pemza (metallurgik shlaklarni tez sovitish yo‘li bilan olingan g‘ovak ashyo), kvarsli qum, changlar, upa (pudra) lar, matolar, paxta va boshqalar);
6. Eritmalardan va kumushlash jarayonidan qolgan, ishlatilgan elektrolitlardan alyuminiy yoki rux bilan sementasiyalab ajratib olishda hosil bo‘ladigan metallik kumush shlamlari (kumush miqdori 2 dan 9 foizgacha);
7. Kumush bilan qoplangan metall (temir, po‘lat, volfram, molibden, rangli metallar qotishmalari) va nometall (oyna, plastmassalar, keramika) buyumlarning temir-tersak va chiqindilari;
8. Metallarning va nometallarning kukunlari (kumush miqdori 10-99,9 %);
9. Turli xil buyum va detallar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan tarkibida kumush bo‘lgan chiqindilar (kumush miqdori 60 foizgacha) hamda ushbu chiqindilardan eritib olingan quymalar;
10. Tarkibida metall kumush bo‘lgan foto chiqindilarni kuydirishdan hosil bo‘lgan kullar;
11. Tarkibida metallik (kolloid) kumush bo‘lgan, ishlatilgan va muddatini o‘tagan kino va fotomateriallar;
12. Fiksaj eritmalardan (tarkibida 30-50 % Ag) metallarni ajratib olishda hosil bo‘ladigan kumush sulfidlari (ayrim hollarda metall kumush bilan aralashgan birikmalar);
13. Kinoplyonka va fotoqog‘oz fabrikalarining kumushni regenerasiyalash sexlarida olinadigan kumush bromid, kumush radonit va kumush xlorid cho‘kmalari. Bu cho‘kmalar tarkibida 35-50 % Ag bo‘ladi.
Qoida bo‘yicha barcha tarkibida platina bo‘lgan xom ashyolar affinaj va metallurgik korxonalarda qayta ishlanadi.
Affinaj zavodlari xom ashyolariga quyidagilar kiradi:
1. Platina, nodir va rangli metallar qotishmalaridan tayyorlangan buyumlarning temir tersaklari;
2. Platina va palladiy miqdori 10-15 foizdan kam bo‘lmagan ishlatilgan platinali va palladiyli katalizatorlar;
3. Nodir metallar singigan futerovka va gaz chiqish tuynuk siniqlari (0,7-2,0 % Ag va 0,3-0,5 foizgacha Au va platina guruhi metallari); bu materiallar tarkibiga shamot, magnizit, kvars va boshqalar kiradi.

(a) (b)

Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə