6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


(a,b)-rasm. Platina va uning tayyor mahsuloti



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə24/29
tarix26.10.2023
ölçüsü3,41 Mb.
#130841
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Metallarresiklingi6-bob (1)

6.19.(a,b)-rasm. Platina va uning tayyor mahsuloti
Metalurgik zavodlarda hajmi ko‘p bo‘lgan, tarkibida platina guruhi metallari miqdori nisbatan kam bo‘lgan xom ashyolar (tarkibida 0,05-0,5 % platina va palladiy bo‘lgan, ishlatilgan katalizatorlar) qayta ishlanadi.


6.5.1. Tarkibida nodir metallar bo‘lgan chiqindi xom ashyolarni qayta ishlash
Ikkilamchi xom ashyolarni qayta ishlash uchun ularning tarkibidagi nodir metallarni to‘liq va kompleks holda tovar mahsulot shaklida ajratib olish imkoniyatini beradigan pirometallurgik va gidrometallurgik jarayonlar qo‘llaniladi. Bu jarayonlarda nodir metallarni to‘liq ajratib olish bilan birga xom ashyo tarkibidagi noyob va rangli metallarni, ularning kimyoviy birikma va qotishmalarini ham isrof qilmasdan ajratib olish muhim omil hisoblanadi.
Ikkilamchi xom ashyolarni qayta ishlashning eng maqbul usulini tanlashda quyidagi omillarga e’tibor beriladi: qayta ishlanayotgan xom ashyoning xususiyati, ajratib olinishi kerak bo‘lgan metallarni mikdori, yo‘ldosh metallarni va nometall birikmalarni xususiyati va konsentrasiyasi, texnologik jarayonning ishonchliligi, qo‘llanilayotgan usulning texnik-iqtisodiy effektivligi va atrof muhitga ta’siri. Xom ashyoning xususiyatiga qarab quyidagi eritish usullarining biri qo‘llanilishi mumkin:
1) metall olish uchun eritish;
2) ligaturali qotishma olish uchun eritish;
3) mis, mis-nikel qotishma olish uchun eritish;
4) qo‘rg‘oshin qotishmasi - verkbley olish uchun eritish.
Metall olish uchun eritish tarkibida ajratib olinadigan metall miqdori yuqori bo‘lgan xom ashyolarni qayta ishlashda metalni bir jinsli holga keltirish, keraksiz aralashmalarni shlaka o‘tkazish, keyingi texnologik jarayonlar va tashish uchun qulay bo‘lgan anod shaklidagi qotishmalar olish maqsadida qo‘llaniladi. Keraksiz aralashmalarni shlak tarkibiga o‘tkazish uchun shixta tarkibiga bura, soda, shisha, ayrim hollarda metallarni va xalkogenid birikmalarni oksidlash uchun selitra qo‘shiladi. Qayta eritish jarayoni qarshilik elektr pechlarida, yuqori chastotalari induksion pechlarda va yoyli elektr pechlarida olib boriladi.
Ligaturali qotishmalar olish uchun eritish jarayoni nisbatan kambag‘al bo‘lgan xom ashyolar (akkumulyator temir-tersaklari, ishlatilgan metallik katalizatorlar, tarkibida nodir metallar bo‘lgan shlamlar, qotishmalar) hamda gidrometallurgik qayta ishlov berish natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar (cho‘kmalar, kimyoviy birikmalar - galogenidlar, rodanidlar, ko‘mirli sulfidlar va boshqalar) qayta ishlash uchun qo‘llanadi. Jarayonning maqsadi - nodir metallarni minimal isrof qilgan holda keraksiz aralashmalarni shlakka o‘tkazish va metallashgan (ko‘mirli) faza hosil qilish hisoblanadi. Jarayon stasionar yoki buriluvchan yallig‘-qaytaruvchi pechlarda, yoyli elektr pechlarda, ayrim hollarda tigel yoki induksion pechlarda olib boriladi.
Mis qotishmalarni olish uchun eritish jarayoni xom ashyo tarkibida nodir metallar miqdori bo‘yicha juda kambag‘al bo‘lgan meteriallar (shlamlar, elektronika texnikasi temir-tersaklarini ayrim turlari, turli xil ikkilamchi xom ashyolarni gidro- va pirometallurgik ishlov berish natijasida hosil bo‘ladigan yarim mahsulotlar. Bu jarayon mis eritish zavodlarida olib boriladi. Nodir metallarni chiqindilari asosan xomaki misni konvertorlarda eritish paytida pechga yuklanadi va nodir metallar keyingi jarayon - misni elektrolitik rafinirlashda shlam holida ajratib olinadi.
Verkblay olish uchun eritish natijasida oltin va kumush dastlab xomaki qo‘rg‘oshin bilan birikma hosil qiladi, so‘ngra verkblay kupelirlash bosqichida nodir metallar qotishmasi shaklida ajratib olinadi. Ikkilamchi xom ashyolarga gidrometallurgik ishlov berish ruda va konsentratlarga birlamchi ishlov berish amaliyotida to‘plangan malakalarga asoslangan. Bu jarayonlar xom ashyolarga kimyoviy ishlov berish, nodir metallarni eritmaga o‘tkazish, metall yoki ularning kimyoviy birikmalari shaklida ajratib olishda keng qo‘llanilmoqda.
Kimyoviy ishlov berishda jarayonlarida asosan uch guruhga bo‘linadigan, juda keng nomeklaturadagi erituvchilar ishlatiladi:
1. Xom ashyo tarkibidagi komponentlarni asosiy qismini eritma tarkibiga o‘tkazadigan kollektiv erituvchilar. Tanlab eritish natijasida eritmaga tarkibiga o‘tgan metallarni nisbati xom ashyo tarkibidagi metallar nisbati bilan bir xil bo‘ladi. Bunday erituvchilarga xlorli, nitratli erituvchilar misol bo‘ladi.
2. Xom ashyo tarkibidagi nodir bo‘lmagan metallarni eritmaga o‘tkazadigan selektiv erituvchilar. Bunday erituvchilarga nordon sulfatli va xlorli erituvchilar misol bo‘ladi.
3. Xom ashyo tarkibidagi nodir metallarni, qolgan yo‘ldosh nodir bo‘lmagan birikmalarga ta’sir qilmay eritmaga o‘tkazuvchi selektiv erituvchilar. Bularga oltin va ko‘mirni erituvchi ishqoriy metall sianidlarini suvli eritmalari, kumush va uning birikmalarini erituvchi tiosulfatlar, tarkibida ligand guruhi bo‘lgan organik erituvchilar kiradi.
Eritma tarkibiga o‘tgan nodir metallarni ajratib olish uchun quyidagi usullarni biri qo‘llanadi:
1) noorganik va organik reagentlar qo‘llab sementasiyalash yoki tiklash;
2) elektrolitik tiklash;
3) qiyin eruvchi tuzlar shaklida cho‘ktirish;
4) sorbsiyalash va ekstraksiyalash.
Yuqori tozalikdagi mahsulot olish yuqorida keltirilgan usullarning ichidan qiyin eruvchi tuzlar holida cho‘ktirish va elektrolitik tiklash usullari keng qo‘llaniladi.
Tarkibida oltin bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarga quyidagi xom ashyolar kiradi.
1. Eritmalardan va oltinlash jarayonidan qolgan, ishlatilgan elektrolitlardan alyuminiy yoki rux bilan sementatsiyalab ajratib olishda hosil bo‘ladigan metallik oltin shlamlari (oltin miqdori dan 9 foizgacha).
2. Oltin bilan qoplangan metall (temir, po‘lat, rangli metallar qotishmalari) va nometall (plastmassalar, keramika) buyumlarning temir-tersak va chiqindilari;
3.Metallarning va nometallarning kukunlari (oltin miqdori 10-99,9 foiz);
4.Turli xil buyum va detallar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan tarkibida oltin bo‘lgan chiqindilar (oltin miqdori 58,7 foizgacha), hamda ushbu chiqindilardan eritib olingan quymalar;
5. Zargarlik buyumlariga saykallab ishlov berishda xosil buladigan chikindilar (tarkibida oltin miqdori foizgacha)
Qimmatbaxo metallar ikkilamchi metallurgiyasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ikkilamchi xom-ashyolarining fizikaviy shakli va kimyoviy tarkibining xilma xilligidir.
Aksariyat xollarda qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning chiqindilari birlamchi metall (oltin, kumush,platina) olinadigan rudalarga karaganda boy tarkibga ega buladi. Shuning uchun bunday chikindilarni kayta ishlash rudalarni kayta ishlashganda foydalirokdir.
Xattoki tarkibida kam mikdorda qimmatbaho metallar bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash metallarning qiymati nuqtai nazaridan olinganda rentabellidir.

Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə