6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


Xom ashyolar tarkibidagi qimmatbaho metall



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə27/29
tarix26.10.2023
ölçüsü3,41 Mb.
#130841
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Metallarresiklingi6-bob (1)

6.5.2. Xom ashyolar tarkibidagi qimmatbaho metall
miqdorini aniqlash
Bir xil turdagi chiqindilar turli korxonalarda va xar xil miqdorda hosil bo‘lishi mumkin, turli korxonalardan kelayotgan chiqindilarning og‘irligi bir necha grammdan bir necha tonnagacha bo‘lishi mumkin.
Barcha sochiluvchan nometall holatdagi chiqindilarni namlik va organik birikmalardan tozalash maqsadida 3-4 soat elektr pechlarida kuydirib quriiladi. Quritilib sovutilgan xom ashyodan mexanik yoki oddiy usulda namunalar olinadi. Olingan namunalarning asosiysi qismi maydalanadi, aralashtiriladi va oraliq namuna olinadi. Olingan oraliq namuna maydalanib, aralashtirilib 3ta laboratoriya - asosiy, nazorat uchun, arbitraj namunalari olinadi. Tahlil qilish uchun barcha asosiy namunalar va nazorat uchun olingan namunaning 10% i yuboriladi, arbitraj namunalar esa 6 oy saqlanadi.
Metall holatdagi chiqindilardan parmalash usuli bilan qirindilar shaklidagi 3ta - asosiy, nazorat uchun, arbitraj namunalari olinadi.olinadi.


Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan qattiq holatdagi chiqindilarni tozalash
1- Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan qattiq holatdagi chiqindilarga 1:2 miqdorda mis qo‘shib induksion pechda eritilib maxsus qoliplarga quyiladi. Hosil bo‘lgan quyma 0,2-0,4 mm. qalinlikdagi tasma xolatigacha valsovka qilinadi. Xosil bo‘lgan metall tasmalarni yog‘ va boshqa qo‘shimchalardan tozalash maqsadida azot kislotasi bilan kimyoviy ishlov beriladi.
Kimyoviy ishlov berish jarayoni tugagandan so‘ng metall tasmalar distillangan suv bilan yuvib tashlanadi va shoh arog‘i (azot va xlorid kislotasining 1:3 miqdordagi aralashmasi)da eritiladi. Eritish jarayonida kuchli reaksiya boradi.
Au + HCl – HNO3 = HAuCl4 + NO + 2H2O
Reaksiya tugagach eritma filtrlanadi. eritmadagi oltinni cho‘ktirish uchun gidrazin yoki temir sulfididan foydalaniladi.
4HAuCl4 + 3N2H4(HCl)2 = 4Au + 3N2 + 22HCl
Hosil bo‘lgan cho‘kma distillangan suv bilan yuvilib quritish pechlarida quritiladi. Quritilgan cho‘kma induksion pechlarda eritiladi va maxsus qoliplarga quyiladi. Hosil bo‘lgan quymaning soflik darajasini aniqlash maqsadida proba olinadi va tahlilxonaga yuboriladi.
3. Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan shlak esa issiq disstillangan suvda va NH4OH ning 10% li eritmasida AgCl ning suvda eriydigan kompleks birikmasini hosil qilish uchun yuviladi
AgCl + 2NH4OH = Ag(NH3)2Cl + H2O
Shundan so‘ng temir va mis elementlaridan tozalash maqsadidia sulfat kislotasi (H2SO4) ning 5-10%li eritmasi bilan yuviladi. Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan shlakni kumushdan, misdan va temirdan tozalash jarayoni ikki marotaba olib boriladi. Olingan shlam 150-200ºC da quritiladi, 1250ºC da seletra bilan eritiladi va maxsus qoliplarga quyilib elektroliz yo‘li bilan tozalashga jo‘natiladi.

Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə