6-ma’ruza: Matematik savodxonlik faoliyatida tanqidiy fikrlash faoliyati.
Matematik savodxonlikning ta’rifiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u turli
kontekstlarda berilgan real hayotiy muammolarni yechishda matematikadan
unumli foydalanishni taqozo etadi. Shu bilan birga, matematik savodxonlik
oquvchidan, xoh u induktiv, xoh deduktiv bo‘lsin, matematik mulohaza yuritishni
hamda hodisalarni tasvirlash, tushuntirish va oldindan bashorat qilish maqsadida
matematik tushuncha, fakt, algoritm va vositalardan foydalanishni va
muammolarni yechishni talab qiladi. Matematik savodxonlik – bir tomondan
matematikani qo‘llab masala yechishni, ikkinchi tomondan esa matematik
mulohaza yuritishni nazarda tutadi. PISA-2022 tadqiqotlarida matematik mulohaza
yuritishga muammoni yechish siklining muhim markaziy ahamiyatli jihati sifatida
katta urg‘u beriladi. Matematik savodxonlik o‘quvchilarning matematik mulohaza
yuritish asosida berilgan hayotiy vaziyatdagi muammoni “matematika tilida
ifodalash (matematik modellashtirish)”, “matematikani qo‘llash”, “topilgan
matematik yechimni berilgan muammoga nisbatan talqin qilish va baholash” kabi
faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi (6-rasm). Quyida qisqalik uchun bu faoliyat
turlarini “mulohaza yuritish”, “ifodalash”, “qo‘llash” va “talqin qilish va baholash”
deb yuritamiz.
6-rasm. Matematik savodxonlik talqini va uni tashkil qiluvchi faoliyat turlari
Mulohaza yuritish – aqliy faoliyat, ya’ni mantiqiy fukrlash jarayoni bo‘lib, u
quyidagi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi:
• xulosa chiqarish, dalillar keltirish, asoslash, xulosa, asoslov va sabablar ustida
fikt yuritish;
• vaziyatni matematika tilida ifodalash ustida mulohaza yuritish;
• qo‘llaniladigan ta’riflar, qoidalar, tushunchalar, algoritm va metodlar, matematik
yechimlar va xatolar ustida fikr yuritish;
• olingan natijani matematika nuqtan nazaridan asoslash, uning o‘rganilgan
muammoga nisbatan mosligini tushuntirish.
Matematik savodxonlikni aniqlashda o‘quvchilarning baholanadigan, yuqorida
keltirilgan har bir aqliy faoliyat turi mulohaza yuritish asosida quyidagi
ko‘nikmalarga ega bo‘lishni ham talab qiladi: Vaziyarlarni matematika tilida
ifodalash (formulating situations mathematically):
− inson faoliyatining turli javhalari: shaxsiy hayot, kelajakdagi kasbiy faoliyat,
o‘quv faoliyati, jamiyatdagi ijtimoiy hayot, fan va texnikaga doir turli
kontekstlarda berilgan muammoli vaziyatlar mohiyatini o‘qib tushunish;
− berilgan vaziyatni tahlil qilish va unda keltirilgan muammoni aniqlash;
− muammo va vaziyatlarda berlgan matematik tuzilmalar (qonuniyatlar va
munosabatlar) ni tanib olish;
− muammo va vaiyatlarni soddalashtirish, ularni alohida masalalarga bo‘lish;
− vaziyat tavsifida berilgan ma’lumotlardan amalda foydalanish imkoniyatlarini
aniqlash, qayta ishlash va muammoni matematik masala ko‘rinishda ifodalash;
− muammoli vaziyatning muhim jihatlari aks ettirilgan matematik modelni tuzish.
Matematikani qo‘llash (employing mathematics):
− amaliy matematik masalani yechish uchun o‘rganilgan matematik tushunchalar,
faktlar, g‘oyalar, qonuniyatlar, algoritmlar va metodlaridan foydalanish;
− masalani yechishning muqobil usullarini tahlil qilish, tanlash va asoslash;
− masalani (muammoni) yechish jarayonida yangi matematik bilimlarni hosil
qilish va ularni o‘zlashtirish;
− matematik taxminlarni ifodalash va tadqiq qilish, matematik asoslash, taqqoslash
va baholash;
− masala yechishda mantiqiy, kreativ fikrlash, matematik mushohada yuritish va
ilmiy izlanish usullari: kuzatish, o‘lchash, tajriba o‘tkazish, analiz va sintez,
induktsiya va deduktsiya, taqqoslash va analogiyalardan foydalanish;
− matematik tushunchalar orasidagi aloqalarni tanib olish va ulardan foydalanish;
− kundalik turmushda uchraydigan va boshqa fanlarga oid o‘quv va hayotiy
vaziyatlarda matematikani qo‘llash;
− tabiat, jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni tushuntirish va modellashtirish uchun
turli matematik talqin usullaridan foydalanish. Yechimni talqin qilish va baholash
(interpreting and evaluating):
− amaliy masalaning matematik yechimidan olingan natijalar ustida fikr yuritish,
matematik yechimni real muammo mazmuniga ko‘chirish va matematik masalada
tasvirlangan real muammoga nisbatan uni talqin qilish va topilgan yechimning
muammo haqiqiy yechimiga mosligini, yaqinligini baholash;
− matematik fikrni aniq, yozma va tasvirli ifodalash uchun matematika tilidan,
belgi va timsollardan hamda kompyuter va axborot kommunikatsiya
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish. PISA topshiriqlari matematika
fanining quyidagi mazmun sohalari (bo‘limlari) ga doir tuziladi:
• miqdorlar;
• o‘zgarishlar va munosabatlar;
• fazo va shakl;
• ma’lumotlar va aniqmasliklar.
Miqdorlar – mazmun sohasida sonlar va ular orasidagi munosabatlarga doir
topshiriqlar beriladi va maktab matematika kursida bu bo‘lim “arifmetika” deb
yuritiladi. Bu mazmun sohasi bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar quyidagi mavzularni
qamrab olishi mumkin:
− Sonlar va o‘lchov birliklari: son haqida tushuncha, sonlarni tasvirlash va sanoq
sistemalari, butun va ratsional sonlarning xossalari, irratsional son haqida dastlabki
tushunchalar. Vaqt, pul, harorat, masofa, yuz, hajm kabi miqdorlar va ularning
hosilaviy miqdorlarilari (maslan, tezlik km/h) ning qiymatlari va o‘lchov birliklari
hamda sonli qiymatlari;
− Kompyuter yordamida modellashtirish (PISA-2022): natijasi ko‘p omillarga
bog‘liq muammolarni maxsus kompyuter simulatori yordamida, bu omillarning
yakuniny natijaga ta’siri nuqtai nazaridan turli vaziyatlar (byudjetni
moliyalashtirish, rejalashtirish, aholini taqsimlash, kasalliklarni tarqalishi,
eksperimental ehtimollik, kimyoviy reaksiyalarning davom etish vaqti va
hokazolar) asosida o‘rqanish. Miqdorlarni o‘lchashda qo‘llaniladigan mos o‘lchov
usullari asosida yaratilgan kompyutyerdagi simulatsion o‘quv qurollari,
kalkulyator va o‘lchov asboblaridan foydalanish.
− Arifmetik va algebraik amallar: arifmetik va algebraik amallar, qabul qilingan
qoidalar, qonunlar, shu jumladan sonni darajaga ko‘tarish va sodda kvadrat
ildizlarni chiqarish amallarining mohiyati va xossalari;
− Foizlar, munosabatlar va proporsiyalar: ularning qiymatlarini hisoblash,
proporsiyalar va to‘g‘ri proporsional munosabatlarning muammolarni yechishda
qo‘lllanishi;
− Hisoblashlardagi xatoliklarni baholash: sonli ifodalar va miqdorlarning berilgan
aniqlikdagi taqribiy qiymatlari, yaxlitlash;
− Saralash (tanlash) usuli bilan yechiladigan sodda kombinatorika masalalari:
saralash
usuli
bilan
yechiladigan
guruhlash,
orinlashtirish va o‘rin
almashtirishlarga doir sodda masalalar. O‘zgarishlar va munosabatlar – mazmun
sohasida turli jarayonlarda o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarni matematik
ifodalash bilan bo‘gliq topshiriqlar beriladi va u matematikaning “algebra”
bo‘limiga tegishli. Bu mazmun sohasi bo‘yicha quyidagi ko‘nikmalar baholanadi:
− Funksiyalar: funksiya tushunchasi (bunda asosiy urgʻu chiziqli funktsiyalarga
qaratiladi) ularning xossalari, ularning tuli ko‘rinishlarda berilishi va tasvirlash
usullari. Odatda funksiyalar soʻzlar yordamida, timsolli, jadval va grafik
ko‘rinishlarda tasvirlanadi;
− Algebraik ifodalar: algebraik ifodalarning soʻzlar yordamida talqini, algebraik
ifodalar ustida amallar, oʻzgaruvchilar, timsollar qiymatlari bilan ishlash,
o‘zgaruvchilar o‘rniga qiymatlarini qo‘yish va ifodaning qiymatini hisoblash.
− Tenglama va tengsizliklar: Chiziqli tenglamalar, chiziqli tenglamalar sistemalari
va tengsizliklar, sodda kvadrat tenglamalar, analitik va noanalitik yechish usullari
(masalan, ”urinish va xatolar” usuli).
− Koordinatalar sistemasi: Ma’lumotlar, ularning joylashuvi va o‘zaro
munosabatlarini ifodalash va koordinatalar sistemasida tasvirlash.
− O‘sish hodisasi (PISA-2022): o‘sishning turli tiplari: chiziqli, chiziqlimas,
kvadratli va ekponensial (tizimning qo‘shiladigan, navbatdagi o‘sish qiymati uning
shu paytgacha bo‘lgan qiymatiga proporsional bo‘lishi). Fazo va shakl – bu
mazmun sohasida fazoviy va yassi geometrik shakllar va munosabatlarga doir
topshiriqlar beriladi va uni “geometriya” deb atasak ham bo‘ladi. Bu mazmun
sohasi bo‘yicha quyidagi ko‘nikmalar baholanadi:
− Yassi va fazoviy geometrik shakllar (ob’ektlar) orasidagi munosabatlar: Shakllar
elementlari orasidagi bogʻlanishlar (masalan, Pifagor teoremasi, uchburchak
tomonlari orasidagi bogʻlanishlar), shakllarning oʻzaro joylashuvi, tengligi va
oʻhshashligi, dinamik (harakatli) munosabatlar, jumladan ob’yektlarning fazoda va
tekislikda harakatlanishi, yassi va fazoviy ob’ektlar orasidagi bogʻlanishlar. Ikki
parallel toʻgʻri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar orasidagi munosabatlar.
Uchburchak yuzi, toʻrtburchak perimetri va yuzi formulalari.
− Fazoviy shakllar (toʻgʻri burchakli parallelepiped, piramida, silindr, konus, sfera,
shar) va ularning xossalari: fazoviy jismlar sirtining yuzi va hajmini hisoblash
formulalari.
− Oʻlchashlar: Shakllar va ob’ektlar hamda ular orasidagi xossalarining sonli
xarakteristikalari: burchak qiymatlari, masofalar, uzunliklar, perimetr, aylana
uzunligi, yuz va hajm.
− Geometrik yaqinlashish (PISA-2022): berilgan murakkab va notanish geometrik
ob’ektlarning elementlari va xossalarini o‘rganish uchun ularni tanish sodda
geometrik shakllarga bo‘laklash va bu sodda shakllar uchun ma’lum formula va
vositalardan foydalanish. Ma’lumotlar va aniqmasliklar – bu mazmun sohasi
matematikaning “ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika elementlari”
bo‘limiga tegishli bo‘lib, unda ehtimolli va statistik hodisalar va munosabatlarga
doir topshiriqlar beriladi. Bu mazmun sohasi bo‘yicha quyidagi ko‘nikmalar
baholanadi:
− Ma’lumotlar qatori, uni tasvirlash va talqin qilish: ma’lumotlar qatorining tabiati
va kelib chiqishi, uni turli koʻrinishlarda tasvirlash va talqin qilish.
− Ma’lumotlarning o‘zgaruvchanligi va uning tavsifi: taqsimotning
oʻzgaruvchanligi tushunchasi, ma’lumotlar qatorining markaziy tendensiyalari
(moda, mediana, oʻrta qiymat), bu ma’lumotlarni tavsiflash va sonli ifodalarda
talqin qilish usullari.
− Tanlanma va tanlanmalarni tuzish: Bosh toʻplamdan tanlash va tanlanma
tushunchalari, tanlanma xossalariga qarab bosh toʻplam haqida xulosalar chiqarish.
− Tasodifiy hodisalar va ehtimollik: Tasodifiy hodisa tushunchasi, tasodifiy
o‘zgarish va uni tasvirlash, hodisaning ro‘y berish chastotasi va ehtimolligi,
ehtimollik tushunchasining asosiy jihatlari va unga turlicha yondashuvlar.
− Shartli qaror qabul qilish (PISA-2022): shartli ehtimollik va kombinatorikaning
asosiy tamoyillarini vaziyatlarni talqin qilishda va bashoratlar qilishda foydalanish.
− Ma’lumotlarni kompyuter va dasturiy vositalar yordamida tasvrlash:
ma’lumotlarni aniqlash, yig‘ish va ularga ishlov berish hamda natijalarni taqdim
qilishda tegishli kompyuter va dasturiy vositalaridan foydalanish imkoniyatlari.
PISA topshiriqlari qaysi hayotiy vaziyatlarga doir tuziladi? PISA tadqiqotlqrida
darsliklarimizdagi odatdagi matematik masala emas, balki biror kontekstda taqdim
qilingan real hayotiy
muammoli
vaziyatlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz,
darsliklarimizdan o‘rin olgan, odatdagi standart matematik masalada berilgan
miqdorlar (ma’lumlar) va topish kerak bo‘lgan noma’lum miqdor bo‘ladi.
Noma’lumni berilgan ma’lumlardan foydalanib topish talab qilinadi. Bunda
berilganlar noma’lumni topish uchun yetarli bo‘lib, ular kam ham bo‘lmaydi, ko‘p
ham bo‘lmaydi. PISA topshiriqlari esa matematik masala emas, u matematik
masaladan oldin keluvchi bosqich - muammoli vaziyatning tavsifi (kontekst) dan
iborat. Topshiriq kontekstida tasvirlangan muammoli vaziyatni mulohaza yiritish
orqali o‘rganib, uni matematik tilga o‘girib ifodalash, ya’ni matematik masalaga
keltirish kerak bo‘ladi. Shundan keyingina masalani matematikani qo‘llab
yechishga kirishiladi. Shunday qilib, PISA topshirig‘i konteksti – bu real hayotiy
vaziyatning matnli tavsifidan iborat bo‘ladi. Kontekst qaysi hayotiy vaziyatni
ifodalashiga qarab, 4 ta topshiriqlar turkumi:
1. Shaxsiy hayot;
2. Ta’lim jarayoni yoki kasbiy faoliyat;
3. Ijtimoiy hayot;
4. Ilmiy faoliyat ga doir bo‘lishi mumkin. “Shaxsiy hayot” turkumiga tegishli
topshiriqlarda
• o‘quvchining shaxsiy hayoti bilan bog‘liq, do‘stlar bilan muloqot qilish, sport
bilan shug‘ullanish, dam olish kabi kundalik turmushdan olingan vaziyatlar;
• oila, do‘stlar va tengqurlar davrasiga aloqador kundalik maishiy vaziyatlar;
• kattalarning kundalik turmushi bilan bog‘liq: xaridlar, ovqat tayyorlash, sog‘liq
va boshqa vaziyatlar tasvirlanishi mumkin. “Ta’lim jarayoni yoki kasbiy faoliyat”
turkumiga tegishli topshiriqlarda
• o‘quvchining maktabdagi hayoti yoki mehnat faoliyati bilab bog‘liq vaziyatlar;
• maishiy qurilish sohasi yoki maktab hayoti bilan bog‘liq, o‘lchash ishlari, qurilish
materiallariga buyurtma berish va narxlarni hisoblash, to‘lovlar, muayyan
yumushni bajarishga doir vaziyatlar;
• o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lgan kasbiy faoliyatga va kasblar olamiga doir
vaziyatlar tasvirlanishi mumkin. “Ijtimoiy hayot” turkumiga tegishli topshiriqlarda
• jamiyat (jamoa, mahalla, millat yoki butun dunyo xalqlari) ijtimoiy hayoti bilan
bog‘liq vaziyatlar;
• o‘quvchining yaqin atrofida sodir bo‘ladigan muammolarga (masalan, valyuta
almashtirish, bankdagi pul omonatlari) doir vaziyatlar;
• nisbatan kattaroq jamiyatlarda sodir bo‘ladigan (saylovlarda ovoz berish,
transport qatnovi masalalari, hukumar qarorlari, aholi sonining o‘zgarishiga doir
muammolar, milliy iqtisodiyot statistik ko‘rsatkichlari bilan bo‘gliq) vaziyatlar
tasvirlanishi mumkin. “Ilmiy faoliyat” turkumiga tegishli topshiriqlarda
• fan va texnikada matematikaning qo‘llanishi bilan bog‘liq vaziyatlar;
• tabiatda kechadigan hodisalar (ob-havo va iqlim o‘zgarishlari, ekologiya,
tibbiyot, kosmos, ginetika) ga doir vaziyatlar;
• bevosita real hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, nazariy xarakterga ega
bo‘lgan sof matematik masalalar ham tasvirlanishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. Muammoli vaziyatni matematik tilda ifodalash, masala qo‘yish qaysi aqliy
faoliyat turini ifodalaydi?
2. Matematik yechimni vaziyatga nisbatan talqin qilish va qo‘yilgan muammoga
mosligini baholash qaysi aqliy faoliyat turini ifodalaydi?
3. PISA– xalqaro baholash dasturi topshiriqlari nimalar bo‘yicha tasniflanadi?
4. PISA topshiriqlari o‘quvchilarning baholanadigan aqliy faoliyat turlari bo‘yicha
qanday turlarga bo‘linadi?
5. 2022- yilda PISA topshiriqlariga matematikaning “Miqdorlar” mazmun sohasi
bo‘yicha qanday yangi topshiriq kiritilgan?
6. PISA topshiriqlari beriladigan hayotiy vaziyatlar bo‘yicha qanday turlarga
bo‘linadi?
7. PISA topshiriqlari matematikaning mazmun sohalari bo‘yicha qanday turlarga
bo‘linadi?
8. 2022- yilda PISA topshiriqlariga matematikaning “O‘zgarishlar va
munosabatlar“ mazmun sohasi bo‘yicha qanday yangi topshiriq kiritilgan Xulosa
chiqarish, dalillar keltirish, asoslash, xulosa, asoslov va sabablar ustida fikt
yuritishga asoslangan mantiqiy fukrlash jarayoni qaysi aqliy faoliyat turini
ifodalaydi?
Dostları ilə paylaş: |