6-Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja


Global muammolarni echishda falsafaning roli



Yüklə 100,26 Kb.
səhifə11/26
tarix05.01.2023
ölçüsü100,26 Kb.
#98252
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
6-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)

Global muammolarni echishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi.
YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to‘g‘risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o‘zaro aloqa qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o‘rganadi, degan fikr mavjud bo‘lsa-da, u (falsafa) global muammolarni echishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko‘proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum.
Albatta, falsafa siyosiy va boshqa qarorlar qabul qilish jarayoniga muqarrar tarzda va bevosita ta’sir ko‘rsatadi, deb aytish uncha o‘rinli bo‘lmaydi. Zero, uning bosh vazifasi dunyoqarashni shakllantirish va shu tariqa amaliy qarorlar ishlab chiqish jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Uning vazifasi global muammolarning tabiiy-ilmiy va texnikaviy jihatlarini bevosita o‘rganishdan emas, balki boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli echimlarning falsafiy, metodologik, madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat.
Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib, masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular bir-birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Boshqacha aytganda, falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit o‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot avvalo global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy echimini topish yo‘llarini ko‘p jihatdan belgilab beradi.
Global muammolarni falsafiy anglab etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd etib o‘tamiz.

Yüklə 100,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə