6-Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja


Global muammolarning mohiyati



Yüklə 100,26 Kb.
səhifə13/26
tarix05.01.2023
ölçüsü100,26 Kb.
#98252
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
6-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)

Global muammolarning mohiyati. «Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin.
Falsafada bu vazifani echish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa ko‘p sonli muammolardan farqlanadi.
Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, er kurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularni echish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Muammolarning turli darajalari. Global muammolar butun dunyogagina tegishli bo‘lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bo‘lgani bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati o‘zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bo‘lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida o‘rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar – xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa – umumiy muammolar sifatida amal qiladi. Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni shu yondashuvni belgilaydi. U geografik deb ataladi, chunki makon omilini yoki, boshqacha aytganda, muayyan muammolar mavjud hududni aks ettiradi.

Yüklə 100,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə