Shavkatova shahzodaxon



Yüklə 22,8 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü22,8 Kb.
#160130
  1   2
Yusupov Rustam konflikt 2

Yusupov Rustam mustaqil ishi

REJA

  • 1 Konfliktogen turlari
  • 2 Konfiliktlarning yuzaga kelishi va rivojlanshiga tasir etuvchi omillar
  • 3 Konfilektni rivojlanish bosqichlari
  • 4 Konflektlarni konstruktiv va destruktiv tarzda rvojlanshi
  • 5 Konflikt Funksiyalari
  • Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. Konflikt epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, dedektiv romanlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Drama konfliktni harakatni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga eg
  • Konfliktda yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" konfliktga keng oʻrin beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi, "ichki" konfliktda esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni, yoʻnalishi nuqtai nazaridan konfliktning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa turlari mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimoiy Konflikt siyosiy konfliktga, siyosiy konflikt falsafiy konfliktga aylanishi mumkin. Katta, oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh ustun boʻlib, fojiaviy konfliktni tugʻdiradi yoki kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. Konfliktning mohiyati zamon, makon bilan jips bogʻliq. Shunday konfliktlarlar boʻladiki, davr oʻtishi bilan ular barham topadi. Dunyoda yaratilgan asarlar konflikti zaminida taqdir taqozosi turgan boʻlsa, oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy xirs konfliktning asosini tashqil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy erkinlik bilan turmush tashvishlari oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida konflikt yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki (masalan, saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va oʻlim), bularda konflikt har bir davrning maʼnaviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib talqin qilinadi. 
  • Shoʻrolar davrida — sotsialistik realizm metodi hukmronlik qilgan davrda konflikt zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm qoʻyilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yoʻl bilan yechilishi talab qilingan, individual axloq bilan jamoa ongi oʻrtasidagi, xususiy mulkchilik ruhiyati bilan jamoat, xalq manfaati oʻrtasidagi kurash tarzida qoʻyilgan. Shoʻro tuzumini tanqid qilish man etilgan va shu tufayli adabiyotda, ayniqsa dramaturgiyada Konfliktsizlik "nazariya"si kelib chiqqan. Hayotdagi keskin ziddiyatlarni chetlab oʻtish, voqelikni, hayotni boʻyab koʻrsatish, insonni shunchaki bir qoʻgʻirchoq, robot tarzida koʻrsatish bu davr adabiyotining bosh belgisi boʻlgan. Milliy mustaqillik tufayli oʻzbek adabiyoti va sanʼatining ijodiy usuli realistik metod boʻlib qoldi, hayot va insonni haqqoniy tasvirlash, voqelikdagi ziddiyatlar kulami va mohiyatini teran ochish, inson va jamiyatning kamol topishidagi qiyinchiliklarni, murakkab jarayonlarni oqilona tasvirlash yagona mezonga aylandi. Ammo yozuvchi, sanʼatkor voqelikdagi ziddiyatlarni qanday boʻlsa, shundayligicha badiiy asarga koʻchirmaydi, aksincha, ularni tanlab oladi, umumlashtiradi, yanada keskinlashtiradi, ular maʼnosi, mohiyatini ochadi, tushuntiradi
  •  Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismidir. Chunki tirik mavjudot borki barcha voqea hodisalarga o’z reaksiyasini ko’rsatadi. Biz insonlardagi kechinmalar his tuyg’u va kayfiyat faolligi doimiy ravishda o’zgarib va almashinib keladi. Ta’lim jarayonida pedagoglar hamda o’quvchi va ta’labalar orasida turli konflikt nizolar kelib chiqishini oldini olishda pedagog eng asosiy o’rinda turadi. Shuning uchun ham bugungi kunning zamonaviy va mahoratli pedagogi jamoada nizolar kelib chiqqan vaziyatlarda qanday hatti-harakatlar, chora-tadbirlar orqali uni bartaraf eta olishi bugungi kunning muhim bir talablaridandir. Chunonchi konflikt ziddiyat bu insonning biror bir voqea yoki hodisaga bildirayotgan kuchli hissiy reaksiyasidir. Ushbu reaksiya yani konflikt bizning hayotimizning ajralmas qismi va tabiiy unsurlarimizdan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunday ekan asl pedagog yoki psixolog ushbu vaziyatlarga tabiiy qarashi darkordir. Buning uchun esa ushbu qo’llanma mana shu dolzarb mavzuni tushunishimiz va amaliyotda uni ishlatishimiz uchun eng yaxshi qo’llanma va nazariyadir.
  • Jumladan, voqealar rivoji davomida ijtimoiy Konflikt siyosiy konfliktga, siyosiy konflikt falsafiy konfliktga aylanishi mumkin. Katta, oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh ustun boʻlib, fojiaviy konfliktni tugʻdiradi yoki kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. Konfliktning mohiyati zamon, makon bilan jips bogʻliq. Shunday konfliktlarlar boʻladiki, davr oʻtishi bilan ular barham topadi. Dunyoda yaratilgan asarlar konflikti zaminida taqdir taqozosi turgan boʻlsa, oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy xirs konfliktning asosini tashqil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy erkinlik bilan turmush tashvishlari oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida konflikt yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki (masalan, saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va oʻlim), bularda konflikt har bir davrning maʼnaviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib talqin qilinadi. Shoʻrolar davrida — sotsialistik realizm metodi hukmronlik qilgan davrda konflikt zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm qoʻyilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yoʻl bilan yechilishi talab qilingan, individual axloq bilan jamoa ongi oʻrtasidagi, xususiy mulkchilik ruhiyati bilan jamoat, xalq manfaati oʻrtasidagi kurash tarzida qoʻyilgan. Shoʻro tuzumini tanqid qilish man etilgan va shu tufayli adabiyotda, ayniqsa dramaturgiyada Konfliktsizlik "nazariya"si kelib chiqqan. Hayotdagi keskin ziddiyatlarni chetlab oʻtish, voqelikni, hayotni boʻyab koʻrsatish, insonni shunchaki bir qoʻgʻirchoq, robot tarzida koʻrsatish bu davr adabiyotining bosh belgisi boʻlgan
  • Inson ilk bolalik davridanoq turli nizolar va ziddiyatlar bilan o’zi xohlamagan tarzda to’qnash keladi. Agar o’zimizning bolaligimizni esga olsak, oddiy narsalar ustida juda qattiq qayg’ur­ganimiz, o’z xis-tuyg’ularimizga berilib ketib, manfaatlarmiz himoyasi uchun kurashga kirganimizni anglaymiz. Masalan, urishib qolgan bolani o’zimizning ko’chadan o’tishga qo’ymaganimiz, bizga velosipedini bermagan bolani masxara qilishga uringanimiz, keyinroq esa sizning yangi kiygan chiroyli ko’ylagingiz boshqa qizlarning xavasini keltirgani, ular sizni qutlash o’rniga “namun-cha o’zingga zeb beribsan?!” deb piching qilgani, akangiz dars qilayotganida ataylab kassetani baland ovozda qo’yib qo’yganingiz, yoki o’zingiz yaxshi ko’rgan o’yinchoqlaringizni mehmon boladan yashir­ganingiz mana shunday oddiy konflikt vaziyatlardir. Bularning barchasi kundalik turmushda uchrab turadigan odatdagi nizo va kelishmovchiliklar hisoblanadi. Aytmoqchimizki, ilk bolalikdanoq, biz o’z maqsadlarimizga etishish uchun boshqalar manfaatlari bilan to’qnashamiz.

Inson ilk bolalik davridanoq turli nizolar va ziddiyatlar bilan o’zi xohlamagan tarzda to’qnash keladi. Agar o’zimizning bolaligimizni esga olsak, oddiy narsalar ustida juda qattiq qayg’ur­ganimiz, o’z xis-tuyg’ularimizga berilib ketib, manfaatlarmiz himoyasi uchun kurashga kirganimizni anglaymiz. Masalan, urishib qolgan bolani o’zimizning ko’chadan o’tishga qo’ymaganimiz, bizga velosipedini bermagan bolani masxara qilishga uringanimiz, keyinroq esa sizning yangi kiygan chiroyli ko’ylagingiz boshqa qizlarning xavasini keltirgani, ular sizni qutlash o’rniga “namun-cha o’zingga zeb beribsan?!” deb piching qilgani, akangiz dars qilayotganida ataylab kassetani baland ovozda qo’yib qo’yganingiz, yoki o’zingiz yaxshi ko’rgan o’yinchoqlaringizni mehmon boladan yashir­ganingiz mana shunday oddiy konflikt vaziyatlardir. Bularning barchasi kundalik turmushda uchrab turadigan odatdagi nizo va kelishmovchiliklar hisoblanadi. Aytmoqchimizki, ilk bolalikdanoq, biz o’z maqsadlarimizga etishish uchun boshqalar manfaatlari bilan to’qnashamiz.
Ammo ulg’ayganimiz sari ikki xil hodisa yuz beradi. Birinchidan, bolaligimizda bizga katta ta’sir o’tkazgan kelishmovchiliklar ulg’ayganimiz sari bizga e’tiborsiz, kichik, jiddiy bo’lmagan hodisalarga, ba’zan esa kulgili holatlarga aylanadi. Ko’nglimizda, nima uchun shunchalik kuyingan ekanman, deb o’ylaymiz. SHu oddiy bir narsa menga shunchalik ta’sir qilgan ekanda, deb xulosa qilamiz. Tabiiy ravishda, katta bo’lganimizda yoshligimizda urishgan bolani ko’chamizdan o’tkazmaslik, yoki mehmondan biror narsani yashirish hayolimizga ham kelmaydi. Bolalik davrimizda hammamiz ham juda jo’n narsalar uchun kurashganmiz. Ammo hozir hech qaysi birimiz mehmon boladan o’z o’yinchoqlarimizni, o’yinchoqlar bizga qanchalik qadrli bo’lmasin, yashirib qo’ymaymiz. YA’ni, biz ulg’aygan sari konfliktlarga aqli rasolik va sipolik, sog’lom fikrlilik asosida yondoshamiz. SHubha yo’qki, ulg’aygan insonlar, ya’ni kattalar konfliktlarga kichiklarga nisbatan boshqacharoq yondoshishadi.
  • Ikkinchi tomondan esa, ulg’ayganimiz sari, bizning hayotimizdagi kelishmovchilik, nizo va ziddiyatlar ham o’sib, ulg’ayib, kattaroq mazmun va mohiyat kasb eta boshlaydi. Masalan, siz bir qizni yoqtirib qoldingiz. Ammo u sizga emas, sizning do’stingizga e’tibor qaratdi. Sizni “Nima kilish kerak?” degan savol qiynaydi. O’sha bola bilan bir “chekkaga” chiqib, gaplashib olish hayolingizga keladi. Ammo mana shu niyat to’g’rimikin, siz buni bilmaysiz. O’z emotsiyalaringizga bo’ysunasiz. Emotsiyalar esa sizni qasd olishga, baxti chopgan bolani bir “o’qitib” qo’yishga, orani “o’g’il-bolachasiga” ochiq qilib olishga chaqiradi. Ammo 17-18 yoshimizdagi bu xis-tuyg’ular - 40-50 yoshli odamga jizzakilik, hovliqmalik, o’ylamasdan ish tutish bo’lib ko’rinishi aniq. CHunki, 40-50 yoshli inson ko’ngil ishi qiyin ekanligini, aslida qizni birovni tanlashga majburlab bo’lmasligini, bu uning shaxsiy huquqi ekanligini, shu bilan birga, qiz ko’nglini o’zi tomon og’dirib olish zo’ravonlik, kuch ishlatish, zo’rlik qilish orqali emas, balki boshqa, qizning ko’nglini oladigan ishlar orqali amaliyroq bo’lishini bilishadi. SHu bois, 40-50 yoshli odam o’zi yoqtirgan insonga nisbatan mehrliroq bo’lish, o’zining va uning manfaatlarini muhofaza qilish yo’lidan boradi. O’zi yoqtirib qolgan qiz bolaning aslida boshqa o’zi yoqtirgan yigiti borligini ko’rib, bu yigitni do’pposlash orqali masala hal bo’lmasligini biladi va anglaydi. CHunki gap yigitda emas, balki qiz bolaning ko’nglida
  • Demak, yosh o’tgan sari konfliktlarning mazmuni ham, ularga bo’lgan munosabat ham o’zgarib boradi. Konfliktlar murakkablashib boradi, shunga yarasha odamlarning hayot tajribasi ham bosiqlik, mulohazakorlik, jiddiylik tomon o’zgarib boradi. CHunki inson ulg’aygan sari o’z xis-tuyg’ularini jilovlashga, ularni ma’lum tartibga solishga, ularni boshqarishga o’rganadi. O’z emotsiyalarini boshqarish esa ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning kuchayib ketmasligi, ularning chuqurlashmasligi, konfliktlarning to’g’ri echimlari topilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
  • Hayotda shunday konflikt vaziyatlar bo’ladiki, oddiy narsa bahona bo’lib, oilalar buzilib ketadi, odamlar biri birini o’ldirib qo’yadi, birovning joniga qasd qilinadi. Keyinchalik umr bo’yi nima uchun mana shunday amallarni qilganini ular tushuntirib bera olmaydi. Bunday voqealarni OAV orqali juda ko’p kuzatsa bo’ladi
  • Masalan, televizorda qaysi ko’rsatuvni ko’rishga kelisha olmagan o’gay ona va o’g’il baxsi oqibatida, mast bo’lgan o’g’il o’gay onasini otib o’ldirgan. Politsiyadagi tergov jarayonida o’g’il qaysi ko’rsatuvni ko’rishni istaganini eslay olmaydi. YOki, qurilishda ishlaydigan ikki do’st orasida baxs kelib chiqadi. Biri ikkinchisini haqoratlab, buralab so’kadi. Bunga chiday olmagan odam uni itarib yuboradi. Do’sti boshi bilan betonga tushadi va o’ladi. YAna bir hayotiy voqea, qo’shnilar orasida janjal kelib chiqadi. Janjallashayotgan qo’shnilar yonidan o’tib ketayotgan umuman ularga notanish odam, otilgan o’qdan nobud bo’ladi. Qo’shnilardan biri qotillik uchun qamoqqa hukm qilinadi. YOsh oila, ya’ni yangi turmush qurgan eru-xotin ko’chada ketayotgan bo’ladi. Bir notanish yigit ularga kulib qaraydi. Er “Nimaga senga qarayapti?”- deb jahli chiqadi. Uyga kelganda aybi bo’lmagan xotinini urib, do’pposlaydi. SHu bilan, ko’chada xotiniga qaragan odamni jazolaganday bo’ladi, ammo xotini ko’nglida urish-do’pposlashdan so’ng mehr qoldimi, bu masala bilan qiziqmaydi. Bu voqealar oddiy hayotdan olingan.
  • Demak, konfliktlar hayotimizning har bir bosqichida kelib chiqishi mumkin bo’lib, inson ulardan o’zini himoya qilishga doim tayyor turishi kerak. CHunki konfliktlar qo’qqisdan, odam ularni batamom kutmagan vaqtda, konflikt kelib chiqishining umuman ilojisi bo’lmagan hollarda ham vujudga kelishi va inson hayoti va tinchligini buzishi mumkin.
  • Konfliktlar kattalar hayotida ancha keng uchrab turadigan hodisa hisoblanadi. CHunki kattalar juda keng ravishda turli muloqotlarga kirishadi. Masalan, rahbar organlarda ishlagan odamlar hayotida ular faoliyatining 70-80 % turli ochiq-oydin, yoki yashirin ziddiyatlar sharoitida o’tadi, ularning inobatga olinmasligi, ularga bee’tiborlilik esa konfliktlarning chuqurlashib ketishiga asos bo’lib xizmat qiladi
  • Konfliktogenni his qilish oson, ammo konfliktogenlarni aniqlash juda qiyin. Konfliktogen nima va nima emas? Ahmoqlikka javoban zerikkan yuz shunchaki samimiy hissiy reaktsiyami yoki haqoratli mojaro yaratuvchisimi? Adolatli talab bilan ziddiyatga olib keladigan talab o'rtasidagi chegara qayerda? Ko'rinishidan, konfliktogenlar dogma emas, balki ijtimoiy konventsiyadir. Ba'zi odamlar o'rtasida, boshqalar o'rtasida ziddiyatli narsa norma yoki hatto quvonchdir.
  • Konfliktogenlar - bu mini-provokatsiyalar, ammo provokatsiyalardan farqli o'laroq, ular ko'pincha beixtiyor, ongsizdir.
  • Agar qiz suhbatda yigitiga bir necha marta xalaqit bersa, bu yomon xulq-atvor va uydagi nizolarning namoyonidir; agar u raqs paytida sevgilining do'stiga yopishib olsa, bu endi shunchaki konfliktogen emas, bu allaqachon aniq munosabatlar provokatsiyasi.
  • Konfliktogenlar juda ko'p maishiy nizolarning manbai hisoblanadi. Konflikt generatorlari bilan bog'liq eng katta muammo shundaki, konflikt generatorlari muallifi odatda ularni sezmaydi. Yoki, agar u sezsa ham, u buni juda maqbul, normal deb hisoblaydi ("Yaxshi!") Yoki haqli: "Bu uning aybi!". Biroq, hatto mayda-chuyda mojaroga moyil odamlar ham bizni xafa qilganda, bizni xafa qiladi... Biz bunga javob beramiz, ular bizga javob berishadi va hokazo, mojaro avj oldi.
  • Konfliktogenlar bilan bog'liq eng mashhur savol - ularga qanday javob berish kerak? Ha, konfliktogenlarga qanday javob berish kerak? Bu savolga bitta javob yo'q, lekin maslahatlar berish mumkin. Asosiysi, ichki xotirjamlik bilan munosabatda bo'lish, keyin reaktsiyaning adekvat tashqi shaklini tanlash osonroq bo'ladi.
  • Afsuski, yana bir savol kamroq eshitiladi: qanday qilib boshqalarni xafa qilmaslik kerak, qanday qilib o'z muloqotimni konfliktogenlardan tozalashim mumkin? Ehtimol, siz hissiysiz va sizni xafa qilgan yoki sizni g'azablantiradigan odam bilan munosabatda bo'lganingizda, konfliktogenlarga yo'l qo'yasiz. Ehtimol, siz ularni hatto sezmaysiz yoki ularni butunlay adolatli deb hisoblamaysiz, ammo bu bitta holatni inkor etmaydi: bu odam bilan muloqotda konfliktogenlarga ruxsat bersangiz, munosabatlaringiz yomon bo'lib qoladi va nizolar davom etadi. Tabiiyki, konfliktogenlar qabul qilingan va bundan tashqari, zarur bo'lgan holatlar mavjud. Aslida, jonli muloqot steril bo'lishi mumkin emas, tirik va baquvvat odamlar o'rtasidagi konfliktogenlarning ma'lum dozalari shunchaki ular o'rtasidagi ishonchning ko'rsatkichidir, ammo asosiy yo'nalish saqlanib qolmoqda: siz o'zingizni konfliktogenlardan ajratishingiz kerak.

Yüklə 22,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə