Shavkatova shahzodaxon



Yüklə 22,8 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü22,8 Kb.
#160130
1   2
Yusupov Rustam konflikt 2

KONFLIKT FUNKSIYALARI

  • Ogohlantiruvchi funksiya konfliktni jamiyat muayyan holatining ko’rsatkichi sifatida xarakterlaydi. Konflikt bu yerda odatdagi ijtimoiy aloqalar va munosabatlarda nimadir izdan chiqqanligini, nimadir tub o’zgarishlarga muhtojligini ko’rsatadi. qoidaga ko’ra, konfliktning o’zi uni yuzaga keltirgan sabablarni chuqur aks ettirmaydi. Biroq uning mavjudligi qator masalalarni amaliy ko’rib chiqish uchun yetarli hisoblanadi. Agar analogiya qo’llanilsa, konfliktning ogohlantiruvchi funksiyasini tirik organizm rivojlanishidagi og’riqning fiziologik roliga qiyoslash mumkin.
  • Axborot funksiyasi ogohlantiruvchi funksiyaga yaqin hisoblanadi. Konflikt doimo aniq sabablarga ko’ra yuzaga keladi, ular bilan obyektiv bog’liq va unda bu sabablar o’z ifodasini topadilar. Konfliktli vaziyatning avj olishi , kechishi, omuayyan axborot yuklamasini ifodalaydi, ularni o’rganish ijtimoiy jarayonlarni bilishning muhim vositasi hisoblanadi.’zgarishlari uni yuzaga keltirgan sabablar haqida
  • Differensiasiya funksiyasi konflikt ta’sirida vujudga keluvchi ijtimoiy differensiasiya jarayonini xarakterlaydi, bu holat ko’pincha avvalgi ijtimoiy tuzilmalarni buzish va o’zgartirish orqali yuz beradi. Bu funksiya konfliktdagi ijtimoiy xulq-atvorning umumiy xususiyatini ifodalaydi, unga jalb etilgan ijtimoiy kuchlarning qayta joylashuvi va qayta guruhlashuvidan iborat. Konflikt ta’sirida ijtimoiy differensiasiya jarayoni ikki qarama-qarshi yo’nalishda rivojlanadi.
  • Dinamik funksiya . Ijtimoiy konflikt dinamik funksiyasining tushunchasi har qanday ijtimoiy konflikt ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi va ijtimoiy o’zgarishlarga olib keluvchi vosita ekanligi umumiy tarzda aks ettirilgan. Konflikt yuzaga kelsa hamma narsa harakatga keladi. Odamlarni yillar davomida qoniqtirib kelgan xulq-atvor va faoliyatning odatiy normalari hayratlanarli darajadagi keskinlik va afsuslanishsiz uloqtirib tashlanadi. Konflikt zarbalari ta’sirida jamiyat qayta o’zgaradi, avvalgi tinchlik holati yo’qoladi. O’zgarishlar avvalgicha kam ahamiyatli va sezilarli emasdek tuyuladi, biroq insonlar o’rtasidagi munosabatlarda , qarashlarda, xulq-atvorda darz ketishlar kuzatiladi. Ijtimoiy konflikt qanchalik kuchli bo’lsa, uning ijtimoiy jarayonlarni borishiga bo’lgan siyosiy ta’siri shunchalik yaqqol bo’ladi, yuzaga kelgan o’zgarishlar va ularni amalga oshirish tezligi shunchalik sezilarli bo’ladi.

Yüklə 22,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə