Etiket va uning xususiyatlari



Yüklə 22,05 Kb.
səhifə1/3
tarix14.04.2023
ölçüsü22,05 Kb.
#105483
  1   2   3
4Etiket va uning xususiyatlari.docx1


Etiket va uning xususiyatlari
Reja:

  1. Transportdan foydalanish qoidasi

  2. Telefonda gaplashish etiketkasi

  3. Sovg’a tanlash qoidalari

Nutqimizdagi «uzr», «iltimos», «rahmat» kabi sehrli so’zlardan foydalanish telefon suhbatlarida ijobiy samara beradi. Noqulay vaziyatga tushishni istamaydiganlar doimo bir narsani yoddan chiqarmasliklari kerak, u ham bo’lsa, garchand sizga juda yaqin bo’lgan odamlarda vaziyat taqozosiga ko’ra, turli sharoit va turli kayfiyatda bo’lishi mumkin. Buni siz suhbatdoshingizning so’zlash ohangidan uning kayfiyati qanday ekanligini bilishga urining va shunga mos tarzda suh-bat olib boring. Suhbatdoshning avzoyi buzuq holatda hazil, qochi-rim, luqma so’zlar bemavrid hisoblanadi. Do’stingiz, hamkasabangiz, qarindosh-urug’laringizni telefonda hayotingizdagi shaxsiy muam-molaringiz, shikoyatlaringiz, kasalingiz, turmush okrtog’ingiz va farzandlaringiz keltirgan tashvishlar haqida gapirib, ularni qiyna-mang. Olgan narsangizni soatlab muhokama qilmang.


Jamoatchilik foydalanadigan telefonlarda gaplashganingizda, boshqalarning sizdan so’ng navbatda turganlarini unutmang. Shu bois suhbatni qisqa va aniq bo’lishiga erishing. Bugungi kunda tarmoqlarning pulli ekanligi, uyali aloqa vositalaridan foydalanish odatiy tusga kirganligi telefonda gaplashish madaniyatini tartib-ga solib qo’ydi, “Vaqt bu - pul” degan tamoyil o’z ta’sirini ko’r-satmoqda.
Agar suhbatdoshingiz uyali aloqa telefonidan yoki olisdan sizga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsa, unda suhbatni qisqa va Io’nda olib borishga harakat qiling. Shuni esda tutish lozimki, garchand qattiq g’azablangan holatda yoki juda hafa bo’lgan holatingizda ham “alamingizni” suhbatdoshdan olmang, unga baqirib, dag’-dag’a qilishdan tiyiling: bu paytda aqlli odam telefon go’shagini qulog’idan uzoqroq tutib turishini unutmang.
Bunday holatlarning oldini olish uchun quyidagilarni kundalik faoliyatingizda qo’llashingizni tavsiya etamiz:

  1. Avtobus, tramvay yoki trolleybus to’xtamay turib, unga chiqishga oshiqmang. Tarbiyali odam, awalo, yoshi kattalarni, nogironlarni, yosh bolali, homilador ayollarni birinchi o’tkazib yuboradi. Agar o’tirgan bo’lsangiz, ularga joy bering.

  2. Sizga jamoat transportida joy berishsa, buni iltifot bilan qabul qiling va minnatdorchilik bildirishni unutmang. Hattoki, sizga taklif qilingan o’rinni rad qilgan taqdiringizda ham tashakkur aytib bir og’izshirinso’zingizniayamang. ,

  3. Biletga pulni hamma o’zi uchun o’zi to’lagani ma’qul Bu hozirgi paytda normal holat hisoblanadi. Qolaversa, boshqalar uchun yo’lkira to’lash shaxsning ixtiyoriga havola bo’lib, bundan ranjimaslikkerak.

  1. 0’rinlarni sumka va boshqa narsalar bilan band etmang. Agar transportda gazeta yoki kitob o’qib ketayotgan bo’lsangiz, ularni yoningizdagiga xalaqit bermagan holda ushlang. Birovni o’qiyotgan gazetasiga qarash to’g’ri emas. Agar bolalar bilan ketayotgan bo’lsangiz, ularni yo’lovchilarga xalaqit berishlariga yo’l qo’ymang.

  2. Transportda sochni tarash, labni bo’yash, tufli tozalash va boshqa pardoz-andosh ishlari noo’rin. Bu ishlarni transportdan tushgandan so’ng bajaring. Shuningdek, jamoat transportiga kir, chang, iflos ust-bosh va narsalar bilan chiqish mumkin emas.

Sayohat payti etiketi. Barchamiz u yoki bu ko’rinishdagi sayohatlarga chiqqanmiz. Sayohat davomida poezd, samolyot, uzoq yo’lga yuruvchi avtobus va boshqa transport vositalaridan foydalanganmiz. Biroq qaerga sayohatga chiqmaylik, awalo, o’zi-mizni atrofdagilarga nisbatan bosiq va xayrixohdek tutganimiz ma’-qul. Aksincha, «Meni bu erda kim tanib o’tiribdi!?” degan xayolga borib, ko’ngilga kelganni qilish maqbul ish emas.
Sayohatingizda poezd, kema yoki samolyot kabi transport vositalaridan foydalanganda kupe, kayuta yoki salonga kirganingiz hamon sizdan oldin joylashib bo’lgan yo’ldoshingiz bilan ko’rishing. Deylik, narsalaringizni joylashtirish uchun javonda bo’sh joy bo’lmasa, awal, shu javon egasidan ruxsat so’rang va u rozilik bildir-sa, minnatdorchilik aytishni unutmang.
Qorningiz ochqolsa, yo’l uchun olgan narsalaringizni tamaddi qilishdan istihola qilmang. Biroq buni saranjom-sarishtalik bilan amalga oshiring. Tamaddi qilib bo’lgach, stolni tartibga keltirib qo’ying: non ushoqlari, choy tomchilarini artib oling.
Tabiiyki, bir necha soat davomida o’zingizga notanish bo’lgan odamlar bilan yonma-yon birga bo’lish oson emas. Ba’zida hamrohlarning fe’1-atvorlari biri-biriga to’g’ri kelmay qoladi. Shunga qaramay, har qanday holatda, hamrohingizga buni sezdirmaslikka harakat qiling, u bilan bo’lgan munosabatda vazmin, sabr-toqatli va xayrixoh bo’ling.
Hamrohingiz ovqatlanayotgan paytda yotish uchun joy to’shamang. Kiyimingizni almashtirmoqchi bo’lsangiz, hamro-hingizdan odob bilan chiqib turishni iltimos qiling. Chunki begonalar oldida echinib-kiyinish odobdan emas.
Begonalar oldida yumgingizni to’kib-sochmang. Hamrohlaringizga ortiqcha savollar, ayniqsa, nozik aloqalarga bog4liq savollar berishga urinmang. Ularning xatti-harakatlaridagi yoqimsiz holatlarga keskin norozilik bildirmang, o’rni kelganda, bu holat nojoiz ekanligini birrov aytib ketasiz.
Sayohat davomida, ayniqsa, yo’lda ketayotganda mast qiluvchi ichimliklar iste’mol qilmang. Zero, badmast yo’lovchi tuban yo’lovchidir. Yo’lda ekansiz, hamon odamlar bilan birga ekanligingizni yodda tuting. Va qay darajada ular har xil bo’lmasin, agar siz haqiqatan ham tarbiyali odam bo’lsangiz, ularga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishga harakat qiling.
Sovg’a-hadya bermoq uchun turli sabablar mavjud. Bugungi kunda ularning talaygina ko’rinishlari bor: tug’ilgan kunlar, bayramlar (umumxalq, milliy, kasbiy bayramlar va hokazo), to’ylar (hovli to’yi sunnat to’y, nikoh to’yi va hokazo), xursandchilik kunlari (oilada yangi farzandning dunyoga kelishi, yangi muvoffaqiyatga erishgan kun, mansab darajasi ko’tarilgan kun va hokazo) shular jumlasidandir.
Ana shunday kunlarda insonlarni.ig bir-birlariga sovg’a taqdim qilish etiketiga doir ayrim maslahatlarni tavsiya etamiz:
Sovg’alarni tanlashda e’tiborli bo’lish zarur. Unda kishining xayolot dunyosi, izlanuvchanligi, zehni, didi foyda beradi. Sovg’a tanlash tadbirning mazmunidan kelib chiqqan holda, muayyan tayyorgarlikni talab etadi. Zero, shoshma-shosharlik bilan olingan sovg’a kishining unchalik xursand qilmasligi mumkin. Shuningdek, sovg’a tanlaganda sovg’a beriladigan kishining qiziqishi, didi, nafosati, mashg’uloti, faoliyatini hisobga olish maqsadga muvofiq. Bu borada sovg’alar turini quyidagilarga bo’lish mumkin.

Yüklə 22,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə