1,2,...l - ortib boruvchi shkala pog’onalari miqdori;
Ku - boshlang’ich
bazani oshirib bajarish haqiqiy foiziga muvofiq ortib boruvchi qo’shimcha haqlar shkalasi bo’yicha
qabul qilingan narxlarning ko’payish koeffisiyenti.
Mehnatga haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi shu bilan ajralib turadiki, me’yorlarni
oshirib bajarishning ayrim muayyan darajasidan boshlab ishbay haq narxining kamayishi sodir bo’ladi.
Mazkur tizim o’ziga xos tarzda ishbay-ortib boruvchi tizimning qarama-qarshi tomoni hisoblanadi.
Uning mohiyati shundan iboratki, me’yorlarning oshirib bajarilishi qanchalik yuqori bo’lsa, me’yordan
tashqari ishlab chiqarilgan har bir mahsulot birligining narxi shunchalik kamroq bo’ladi. Ishbay-kamayib
boruvchi haq to’lash tizimi me’yorlarni bajarishning boshlang’ich dajarasini belgilashni nazarda tutadi,
ana shu dajaradan boshlab narxning pasayishi boshlanadi. Shu bilan birga boshlang’ich bazani
belgilashga qo’yiladigan talablar ham ishbay-ortib boruvchi tizimdagi kabidir.
Haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi bo’yicha ish haqining umumiy miqdori quyidagi
formula bo’yicha hisoblab chiqiladi:
n n 2 n, 4
И = R( ----- \
+... + ) кам \ ^ J K 1 K 2 K l Bu yerda
I kam - mehnatga haq
to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi bo’yicha ishbay ish haqi (so’m, tiyin);
R - belgilangan
boshlang’ich baza doirasida mahsulotning har bir birligi uchun narx (so’m, tiyin);
K - kamayib borish
shkalasining har bir pog’onasi bo’yicha narxning kamayish koeffisiyenti (marta);
1,2,...L - shkaladagi
kamayib borish koeffisiyetlari soni;
n - xodimlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
Ish haqining mohiyati u ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlarida: ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste’molda bajaradigan funksiyalarda ro’yobga chiqariladi.
Ish haqini tashkil etish deganda uning tuzilishi, mehnat miqdorining unga to’lanadigan haq
miqdori bilan o’zaro bog’liqligi, shuningdek tarkibiy elementlarning yig’indisi (normalash, tarif tizimi,
mukofotlar, qo’shimcha va ustama haqlar) tushuniladi. Ish haqini tashkil etishning muhim elementi tarif
tizimi bo’lib, u turli normativ materiallar majmuidan iboratdir, ular yordamida xodimlarga to’lanadigan
ish haqi darajasi omillar guruhiga bog’liq ravishda belgilanadi.
Mehnat natijalarini aniqlash uchun qanday asosiy ko’rsatkich tatbiq etilishiga qarab ish haqining
barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikkita katta guruhga bo’lish qabul qilingan. Agar
mehnat natijalarining asosiy o’lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat)dan
foydalaniladigan bo’lsa, u holda mehnatga haq to’lashning ishbay shakli haqida gap yuritiladi. Agar
bunday o’lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi
to’g’risida gap boradi. Demak, ish haqining shakli- haq to’lash tizimlarining muayyan toifasidan iborat
bo’lib, ish haq to’lash maqsadida unga narx belgilashda mehnat natijalarini hisobga olish asosiy
ko’rsatkichi bo’yicha guruhlarga ajratilgan bo’ladi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay va vaqtbay tizimlari mehnatni tashkiliy-texnikaviy normalashga
turlicha yondashish bilan ajralib turadi, bunda ayni sir xil normalashga amal qilinadi.
Mehnatga haq to’lash tizimlari vositasida xodimlarning moddiy manfaatdorligiga muayyan tarzda
ta’sir ko’rsatish - hozirgi zamon iqtisodiyotidagi ish haqini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biridir.