6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja



Yüklə 70,88 Kb.
səhifə13/14
tarix28.11.2023
ölçüsü70,88 Kb.
#135460
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org (1)

- eski konstitutsiyaning yangisiga almashtirilishi
- dehqonlar qo’zg’olonlari
- aristocrat zotiga mansub bo’lgan zodagonlarning o’zaro yer yuzasidan olib borilgan urushlari
- imperiyaning tashkil etilishi.
Individual mobillik omillariga kasbiy-prfessional zinapoyada ko‘tarilish(malaka oshirish natijasida),
ta'lim darajasi,ma'muriyatda egallagan o‘rni,ya'ni kasbiy karera bilan bog‘liq bo‘lgan omillar kiradi.Individual



mobillik siyosiy va tadbirkorlik faoliyati, armiyada va boshqa davlat institutlaridagi faoliyati bilan ham


bog‘liq bo‘lishi mumkin. Individual sotsial mobillik omillari – oilaning ijtimoiy maqomi,millat,ta'lim
darajasi,jismoniy va aqliy xususiyatlar,tashqi ko‘rinish,tarbiya,yashash joyi va h.k. Individual sotsial
mobillikning yuqoriga yo‘naltirilgan turining eng samarali usuli – manfaatli nikohdir.
Sotsiologiyada yanaavlodlararo va avlodlar ichidagi sotsial mobillik ham farqlanadi.
Avlodlararo mobillikda farzandlar o‘z ota-onalaridan ko‘ra yuqoriroq sotsial pozitsiyani egallashadi
yoki ularga nisbatan quyi pog‘onaga tushib qoladi.Avlodlar ichidagi mobillik individning uning ota-onasining
pozitsiyasiga solishtirmasdan turib o‘zining sotsial statusini o‘zgartirishini anglatadi.Individ sotsial maqomini
o‘zgartirganda o‘zi uchun yangi statusni o‘zlashtirishi va bunga bog‘liq bo‘lgan o‘zaro harakat va
munosabatga,muloqatga kirish muammosi yuzaga keladi.Madaniy to‘siq va munosabat,muloqat to‘siqlarini
buzib o‘tish uchun individ oldingi hayot tarzini o‘zgartirishi,o‘zi uchun yangi statusning hatti-xarakatlari
namunalarini shakllantirishi, ijtimoiy muhitini o‘zgartirishi lozim.Ammo hayotiy tajribalar shuni
ko‘rsatadiki,barcha individlar ham bunday sotsio-madaniy nazoratdan muvoffaqiyatli o‘tib, yangi stratada
qulay joylasha olmaydi.Barcha ob'ektiv mezonlarga ko‘ra, yuqoriroq pog‘onaga ko‘tarilgan individ sotsio-
madaniy shart-sharoitlarga ko‘ra yangi strataga kiruvchi eshik ortida qoladi,lekin u eski stratani tark etgan
bo‘ladi. Uning yangi holati,yangicha tarzdagi hayot kechirishga intilishi va h.k. uni bu yerda «begona»ga
aylantiradi.Individ ikki strata, ikki madaniyat orasida «osilib» qoladi.O‘xshash xolat pastga yo‘naltirilgan
vertikal mobillikda ham sodir bo‘lishi mumkin.Jamiyatning yuqori qatlamlarida bo‘lish imkoniyatini
yo‘qotgan,sotsial ierarxiyaning quyi pog‘onasiga tushib qolgan inson yangi holatiga,yangi hayot tarziga
moslashishga qiynaladi.Individ yoki sotsial guruhning sotsial ko‘chish oqibatida ikki sotsial birlik, ikki
madaniyat orasida bo‘lish fenomeni marginallik deb ataladi. Individlar marginallashuvi ko‘pincha gorizontal
mobillik natijasida (avvalo, migratsiya, emigratsiya,shahardan qishloqqa,qishloqdan shaharga)sodir bo‘ladi.
Ko‘p xollarda sotsial mobillik darajasi jamiyatning “an'anaviy”, “zamonaviy”, “industrial” yoki
“postindustrial” jamiyat turiga tegishliligini belgilab beradi. Undan tashqari jamiyat a'zolarining sotsial
mobillikni amalga oshirishdagi imkoniyatlari darajasi va sotsial mobillik turlari jamiyatning ochiq yoki yopiq
turda ekanligidan darak beradi.
Jamiyatda o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi juda muhim va chetlab bo‘lmaydigan jarayon. Uni boshqarish
hamda nazorat qilish maqsadida chuqur o‘ylangan uzoqni ko‘ra biluvchi siyosat olib borish lozim. Aks holda
mazkur jarayon stixiyali va o‘ta irratsional tarzda kechadi. Natijada jamoatchilik ongida yuz berayotgan
voqealar yuzasidan norozilik va ularning adolat mezonlariga mos tushmasligi kabi tushunchalar paydo bo‘lib,
xatto ijobiy islohotlar ham salbiy qabul qilinishi mumkin. Globallashuv jarayoni bizning ijtimoiy
maydonimizda ham o‘ziga xos ravishda namoyon qilmoqda. Misol uchun makro darajada va birlamchi
ijtimoiy-ishlab chiqarish tuzilmalari darajasida o‘tkazilgan qator o‘zgarishlar ijtimoiy doirada yangi
tengsizlikni ifodalovchi lavozimlarni yaratdi. Mulkchilik shakllari va hokimiyat institutida qator o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi, jamiyatdagi ayrim guruh yoki tabaqalar yo‘qolishi, yangilarining esa paydo bo‘lishi
kuzatilmoqda, sotsial rollar o‘zgarib, yangi statuslar yuzaga kelayapti va hakazo. Bu holatni biz o‘z
mamlakatimiz hayotida ham kuzatishimiz mumkin. Ittifoq parchalangach, mustaqillikka erishgan ko‘plab
mamlakatlarda yangi tuzumga hali moslashmagan va ongida egalitar g‘oyalar ustun bo‘lgan fuqarolar
islohotlarga noto‘g‘ri javob bildirishi uchrab turdi. CHunki aholining deyarli barcha qismi eyforiya holatini
boshdan kechirardi. Oqibatda jamiyatda yuzaga kelgan sotsial tarranglik vaziyati ayrim hududlarda konfliktli
vaziyatlarni paydo qildi. SHuning uchun sotsial tengsizlik va adolat masalasini ayniqsa o‘tish davri va
modernizatsiya sharoitida o‘rganish talab etiladi.
Ammo shuni aytib o‘tish kerakki, mamlakat fuqarolarida egalitar kayfiyati ustunlik qilar ekan o‘rta
qatlamni shakllantirib, jamiyatning ko‘rinishini limon (rivojlangan mamlakatlarda) yoki Eyfel minorasi

Yüklə 70,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə