Homiylik ijtimoiy ish dastlabki ko‘rinish sifatida



Yüklə 8,72 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü8,72 Kb.
#183675
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI 1-KURS IJTIMOIY ISH YO‘NALISHI 23.84-GURUH TALABASI JALOLOVA MAFTUNAXONNING IJTIMOIY ISHGA KIRISH FANIDAN TAYORLAGAN TAQDIMOT


HOMIYLIK IJTIMOIY ISH DASTLABKI KO‘RINISH SIFATIDA.
Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar.
Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining tarixiy ildizlari.
Ijtimoiy ishning G‘arbiy Yevropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga kelishi.
XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi. AQShda ijtimoiy himoya tizimi.
Yevropa ijtimoiy ta'minot tizimi.
Rossiyada ijtimoiy ish.
O‘zbekistonda ijtimoiy ish.
ijtimoiy ish, uning qimmati, tadqiqot metodlari va u bilan bog`liq yangiliklar haqidagi bilimni shakllantirish orqali professional kompententlik (chuqur bilimga ega bo`lish) va tenglikni talabalar ongida rivojlantirish.
Fanning asosiy maqsadi
Fanning vazifasi:
Ijtimoiy ishga kirish qimmati va prinsplarini talabalarda shakllantirishi va ularni amaliyotda qo`llay bilishga imkon yaratish;
Ijtimoiy ishning ahamiyatini faoliyatning asosiy turi sifatida ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy ishni rivojlanishining qisqacha tarixini qamrab olgan holatda o`zlashtirish;
Ijtimoiy ishning asosiy nazariyalarini ijtimoiy ishchi (amaliy sohadagi ishchi) amaliy faoliyati orqali ko`rib chiqish;
Ijtimoiy ish nazariyalarini amaliyotda qo`llash orqali yangilikka erishish;
Dalillarga asoslangan amaliyotning ahamiyatini, ijtimoiy ishdagi asosiy tadqiqot metodlarini ko`rib chiqish va tadqiqot yangiliklarini tinglovchilarda rivojlanishiga yordam berishdan iborat.
«Ijtimoiy ishga kirish» ijtimoiy ish bo`yicha mutaxasissning umumkasbiy tartib-intizomi hisoblanadi va bo`ljak mutaxassisda kasbiy madaniyatni shaklantirishga uni tarixiy, nazariy bilimlar, ijtimoiy ta’minot va kishi himoyasi dunyo amaliyoti jarayonida vujudga kelgan gumanistik qadriyatlar bilan boyitishga yo`naltirilgan.
Ijtimoiy ish - ijtimoiy ta’minotning, ijtimoiy ko`makka va madadga muhtojlarga ijtimoiy yordam berish bilan amaliyotidagi shakli hisoblanadi. U samarali bo`lishi uchun ijtimoiy ishchi odamlarning muammolarini tushuna olishi va shu bilan birgalikda ularni texnogen qo`llay olishi kerak.
Avrora Universiteti Jorj Uilyams Kolledji professori Charlz Zastrov fikriga ko`ra: «Ijtimoiy ish odamlarning, ularning oilalari, guruhlari, tashkilotlari va birlashmalariga yordam berish jarayonida ularning shaxsiy, umuminsoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy potensialini ularning hayot faoliyatidagi sharoitlarini yaxshilash hisobiga huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.Ijtimoiy ishchilar mijozlarni sharoitini tushunish, tanlov qilish, o`z tanloviga javobgarlikni zimmasiga olish va ularning hayotiga tashkilot va targ`ibot ko`rinishida ularga ta’sir qilish uchun potensialini kuchaytirishga intiladilar. Ijtimoiy ishchilar shuningdek, jamiyatdagi turli guruhlar orasida resurslar va kuchlarni adolatli taqsimlay olishga intiladilar. Bu kabi ijtimoiy odillikka berilgan urg`u ijtimoiy ish kasbining farqli jihatlaridan biri hisoblanadi. Ayni ushbu ishda asosiy e’tiborga olingan kishilar huquqi konsepsiyasiga qaratilgan katta e’tibor ijtimoiy ishning asosiy urg`usi bo`lib sahnaga chiqmoqda».
Ijtimoiy ish ildizlari ijtimoiy hodisa sifatida inson va jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlariga borib taqaladi. Ijtimoiy yordamning tabiiy qalb hayajoni, o‘zini boqa olmaydiganlarga g‘amxo‘rlikda ifodalangan dastlaki ko‘rinishlari turli jamiyatlar, yuzaga kelgan an'analarga xos.
Qadimgi Misrda ibodatxonalarda yordam marosimi amalga oshirilgan: muhtojlarga bepul non tarqatilgan.
Qadimgi Yunoniston, so‘ngra Qadimgi Rimda kambag‘allarga non, kiyim-kechak, pul tarqatishda ifodalangan filontropiya g‘oyasi keng tarqalgan.
Ijtimoiy tadbirlar tizimi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beruvchi dastlabki yozma manba muqaddas kitob-Avesto hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinini tan olgan davlatlar tuzumi va ijtimoiy siyosati to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Xayriya manzilli yordam usuli sifatida oddiy fuqarolar uchun muhim an'anaviy xulq-atvor qoidasi bo‘lgan, din vakillari va hukmron tashkilotlar zimmasiga ijtimoiy xizmat vazifalari- qo‘llab-quvvatlash, yordam ko‘rsatish, xayriya tadbirlarini amalga oshirish yuklangan. Hukmdorlar, boy fuqarolar, ibodatxonalar xayriya tadbirlari uyushtirib, muhtoj va yetimlarga xayr-ehson tarqatganlar. Jamoalarda muhtoj oilalarga umumiy jamoa jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatilgan.
1531 yilda Angliyada kambag‘allarga yordam berish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinib, 1572 yilda muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun umummilliy soliq ta'sis etiladi. 1601 yilda Angliyada qabul qilingan kambag‘allik to‘g‘risidagi Qonunda muhtojlarga moliyaviy yordam berishga urg‘u berilgan. Bu qonun shu sohadagi qonunchilik rivojlanishi uchun asos bo‘lib, hukumatning insonlar ehtiyojlari uchun javobgarligi shakllanishida burilish davri bo‘lib xizmat qildi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida pozitivizm va liberalizm vakillarining qarashlari sanoati nisbatan rivojlangan mamlakatlarda davlatning shaxs oldidagi javobgarligi va ma'naviy burchi to‘g‘risidagi tushuncha shakllanishiga sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra davlat kishalarning farovon turmush kechirishlari uchun hamma sharoitlarni yarati bera olmaydi.
XIX asr boshlaridayoq aholini ro‘yxatga olish, tadqiq etishturli ijtimoiy muammolarni tahliliy yoritish amalga oshirila boshladi. Biroq XIX asr oxirliga kelib, ijtimoiy islohotchilar va xayriya tashkilotlari yetakchilari kambag‘allarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan kishilarga maxsus tayyorgarlik zarur, degan xulosaga keldilar.
XVIII-XIX asr oxirlarida yevropa mamlakatlari va Amerika nafaqat ishlab chiqarishni texnikaviy takomilashtirish, ijtimoiy muammolarning keskin kuchayishiga: ijtimoiy differensiatsiya kuchayishi, ishsizlik va jinoyatchilikning ortishi bilan davom etuvchi sanoat to‘ntarishi yo‘liga o‘tdi.
«Qariya va nogiron fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida»gi federal qonun Rossiya jamiyati aholisi alohida ijtimoiy guruhlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi tasavvurlarni sezilarlicha to‘ldiradi va aniqlashtiradi. U aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanuvchi qariya va nogiron fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga mo‘ljallangan.
Ijtimoiy ishning mamlakatimizda professional faoliyat ko`rinishi sifatida shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy hayotni barcha sohalarini qamrab olgan intensiv sifatiy o`zgarishlar davriga to`g`ri keladi. Ijtimoiy muammolarning qo`zg`olishi aholining katta qismi davlatning ijtimoiy himoyasi va ko`magiga muhtojligni his qilishiga olib keldi.
Ijtimoiy ishning dunyoviy amaliyotiga bo`lgan qiziqish O`zbekiston sharoitida chet el ijtimoiy texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan ijtimoiy sohadagi muammolarning tub mohiyatini tushunib yetish uchun boy manba olishning asosi hisoblanadi.
Yüklə 8,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə