6-variant – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Muloqotning shakllari va bosqichlari



Yüklə 23,67 Kb.
səhifə4/5
tarix08.06.2023
ölçüsü23,67 Kb.
#116066
1   2   3   4   5
6-variant – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob ta

Muloqotning shakllari va bosqichlari
Muloqot jarayoni o`ziga xos ravishda murakkab bo`lib, bunda uch xil bosqich mavjud. Dastlabki bosqich — odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir.
Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir.
Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo`l-yo`riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda bo`ladiganlarning burchidir.


2. . Muloqotning psixologik tizimi va vazifalari

To'gri muloqot uslubini tanlashda o'zini boshqara olish, adolatlilik, boshqalar tajribasiga ijobiy yondashuv, pedagogik texnikni rivojlanishi, hazil - mutoyibaga moyillik ham katta ahamiyatga ega. Bunda o'qituvchi bolalarni hurmat qilishi va o'z qadrini saqlashi muhimdir.


Pedagogik faoliyatda turli
konfliktlar pedagogik vaziyatlar uchrab turadi. Shuning uchun yosh pedagoglar qator qoidalarni bilishi lozim.
Muloqot psixologiyasining predmeti — muloqot madaniyati, muloqot texnikasi, muloqot etikasini o'rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi. Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi: 1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'matish va uni rivojlantirish jarayoni; 2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o'zaro ta’sirlashuvi. Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi.
Ijtimoiy psixologiya turli ijtim oiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo'lishi, katta guruhlar - jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o'rganadi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur. Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 23,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə