6-variant Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflarda o`qitish


“Ko`p xonali sonlarni nomerlash” mavzusida dars ishlanmasini



Yüklə 24,67 Kb.
səhifə4/5
tarix21.05.2022
ölçüsü24,67 Kb.
#87573
1   2   3   4   5
6-variant Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflard

“Ko`p xonali sonlarni nomerlash” mavzusida dars ishlanmasini tuzing
5. Маtеmаtikа o`qitishdа didaktik o`yinlardan foydalanish Matematika fanida quyidagicha o`yinlardan foydalanish mumkin. O`yin- bu bolalar uchun o`qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o`yin darsiga aylantirib qo`ymaslik lozim. Bola hayotining asosiy turi o`yindir. “Bola uchun o`yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yaratgan narsa bor.Bolalarning o`yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo`lib, o`z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolli o`yinga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tadi, bu o`yin dastlab kishilarning predmetlar bilan bog`liq faoliyatini, so`ngra o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi.
O`yin o`sib borayotgan bola organizmining zaruriy ehtiyojidir va u orqali bolalarda tashkilotchilik ko`nikmalari tarbiyalanadi. Ammo o`yin har qanday sharoitda ham o`yindir. Shunday o`yinlar ham borki, ular bolalarga mustaqillikni, oddiylikni, bir- biriga yordam berish hissini tarbiyalaydi.
Eng yaxshi hisobchi”
O`quvchilar biri oldinga chiqib hisobchi bo`ladi. O`quvchilar “hisobchi”ga misollar beradilar. U misollarni og`zaki yechadi. Agar hisobchi bironta misolni yecha olmasa yoki noto`g`ri hisoblasa unung o`rniga bu misolni bergan bola turadi. O`quvchilardan qaysi biri hamma misolni yechsa shu o`quvchi “eng yaxshi hisobchi” bo`ladi.
Zinacha” o`yini
O`qituvchi doskaga yoki kartonga zina ko`rinishida bir necha misol yozadi. Misollar pastdan yuqoriga qarab ishlanadi.
70-20 67+13 54+12
Doskaga ikki o’quvchi chiqadi. Zinani ikki chetidan turib, misollarni yechadilar. Kim zinaning cho`qqisiga birinchi chiqsa u g’olib hisoblanadi.
Xato qilma “ o`yini
16-3= 120-20=
56-44= 60-25=
300-150= 800-20=
900-100= 900-400=

Singari misollar doskaga yozib qo`yiladi. Bu o`yinda hamma o`quvchilar qatnashadilar. O`quvchilar daftarlariga misollarni faqat javobini yozadilar. Kim xatosiz bajargan bo`lsa, o`sha o`quvchilar qatnashadilar va rag`batlantiriladi, 1,2,3-o`rinni olgan o`quvchilar g`olib deb topiladi.


O`qituvchi ishlash yo`llarini ko`rsatadi. O`quvchilar ovoz chiqarmay daftarga ishlaydilar, so`ng qo`l ko`taradilar.

Yüklə 24,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə