65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə32/125
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#147803
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar-fayllar.org

Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni
hisobga oluvchi schotlarning (2600) bog‘lanishi
2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schoti ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Mazkur schotning debeti bo‘yicha aniqlangan yaroqsiz mahsulotlarga doir xarajatlar, shuningdek kafolatli ta’mirlash xarajatlari yig‘iladi, krediti bo‘yicha - yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlarning kamayishiga olib boriladigan summalar (yaroqsiz mahsulotning foydalanish mumkin bo‘lgan bahosi bo‘yicha qiymati, yaroqsiz mahsulotning aybdorlaridan ushlanadigan summalar, mol yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan sifatsiz materiallar va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan yaroqsiz mahsulot va boshqalar uchun undiriladigan summalar), shuningdek yaroqsiz mahsulotlardan ko‘rilgan yo‘qotish sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan summalar aks ettiriladi.




T/r


Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni




Bog‘lanuvchi schotlar




Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar




debet




kredit


1

Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo‘yicha materiallar sarflanishi aks ettirilgan


2610

1010-1050,
1090

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, yukxat




2

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar hisobdan chiqarilgan


2610

2010, 2310

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma




3

O‘zida ishlab chiqarilgan yaroqsiz yarim tayyor mahsulotlar aniqlangan va hisobdan chiqarilgan


2610

2110

Inventarlash dalolatnomasi


4

Umumishlab chiqarish xarajatlarining ulushi tuzatib bo‘ladigan va tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar tannarxiga kiritilgan


2610

2510

Buxgalteriyaning hisob-kitobi


5

Xaridorga yaroqsiz mahsulot o‘rniga berilgan mahsulot tannarxi aks ettirilgan


2610

2810

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, yukxat




6

Yaroqsizlik bilan bog‘liq turli xarajatlar (yaroqsiz mahsulotni almashtirishda, qaytarishda tashish va boshqa xarajatlar) banklardagi hisob-kitob, valyuta yoki maxsus varaqlardan to‘langan


2610

5110, 5210,
5510-5530

Shartnoma, yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma




7

Yaroqsizlikni tuzatishda va kafolatli ta’mirlashda mol yetkazib beruvchilarning ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha schotlari qabul qilingan


2610

6010

Shartnoma, hisobvaraq-faktura, bajarilgan ishlar, xizmatlar dalolatnomasi




8

Yaroqsizlikni tuzatish uchun ijtimoiy sug‘urta va mehnat haqi summalari bo‘yicha ta’minotiga ajratmalar hisoblangan


2610

6520

Buxgalteriyaning hisob-kitobi




9

Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo‘yicha mehnat haqi summasi hisoblangan


2610

6710

Bildirgi, ish vaqti hisobining tabeli, buxgalteriyaning hisob-kitobi




10

Yaroqsiz mahsulotlarni qaytarish, tashish va boshqalar bilan bog‘liq summalar hisobdor shaxslar hisobidan chiqarilgan


2610

4220 4320

Hisobdor shaxslarning hisobotlari




11

Iste’molchilar tomonidan olingan yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish uchun qilingan xarajatlar bo‘yicha ular oldidagi qarz hisoblangan


2610

6990

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, iste’molchilar tomonidan taqdim etilgan schotlar




12

Yaroqsiz mahsulotni tuzatishdan qolgan va yakuniy yaroqsiz mahsulotlarni hisobdan chiqarishdan olingan moddiy qiymatliklar (foydalanish mumkin bo‘lgan bahosida) kirim qilingan


1010

2610

Bildirgi, hisobdan chiqarish dalolatnomasi




13

Yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlar tannarxiga kiritilgan; qaytarilgan yaroqsiz mahsulot tannarxi hisobdan chiqarilgan


2010

2610

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, buxgalteriyaning hisob-kitobi




14

Yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlar tannarxiga kiritilgan; qaytarilgan yaroqsiz mahsulot tannarxi hisobdan chiqarilgan


2310

2610

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, buxgalteriyaning hisob-kitobi




15

Yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar aybdor ishchilarning mehnat haqidan ushlab qolish hisobiga kamaytirilgan (joriy oy bo‘yicha)


6710

2610

Mehnat shartnomasi, yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, bildirgi, buxgalteriyaning hisob-kitobi




16

Yaroqsizlik oqibatida kelib chiqqan yo‘qotishlardan ko‘rilgan moddiy zarar aybdor ishchilar hisobidan hisobdan chiqarilgan (ijro varaqalari va boshqalar bo‘yicha)


4730

2610

Sud qarori, buxgalteriyaning hisob-kitobi




17

Oldingi yillar bo‘yicha aniqlangan qoplanmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar zararlarga hisobdan chiqarilgan (jumladan, tashqi yaroqsizlikdan ham)


9430

2610

Buxgalteriyaning hisob-kitobi


18

Oldingi yillar bo‘yicha aniqlangan qoplanmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar foydani kamaytirishga hisobdan chiqarilgan


8710

2610

Buxgalteriyaning hisob-kitobi




19

Aniqlangan yaroqsizlik bo‘yicha aybdor tashkilotga da’vo taqdim etilgan


4860

2610

Tijorat dalolatnomasi, da’vo hujjatlari




20

Yaroqsizlikni tuzatish bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha hisobdor shaxslarning bo‘nak hisobotlari tasdiqlangan


2610

6970

Bo‘nak hisobotlari







Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə