65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə71/125
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#147803
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar-fayllar.org

Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga
oluvchi schotlarning (6600) bog‘lanishi
Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga oluvchi schotlar korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar va chiqib ketayotgan ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


6610 "To‘lanadigan dividendlar";
6620 "Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz".
Korxona rahbariyati tomonidan dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror e’lon qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar ustav bo‘yicha va qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
6610 "To‘lanadigan dividendlar" schoti hisoblangan dividend summasiga 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schoti bilan bog‘langan holda kreditlanadi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan foyda bo‘yicha soliq hisoblanishi to‘lov manbaida, 6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schoti bilan bog‘langan holda, 6610 "To‘lanadigan dividendlar" schotining debetida aks ettiriladi.
Ushbu schotning debetida, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, dividendlarning to‘lanishi aks ettiriladi.
6620 "Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz" schotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi ulushlari bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 "Pay va ulushlar", 8610 "Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy", 8620 "Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli" schotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Ushbu schotning debetida, aktivlar schotlari bilan bog‘langan holda, ta’sischilar oldidagi ulushlari bo‘yicha qarzning qoplanishi aks ettiriladi.
Mazkur schotlar bo‘yicha tahliliy hisob har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi.





Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə