65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


T/r Xo‘jalik operatsiyasining



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə72/125
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#147803
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125
65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar-fayllar.org

T/r


Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni




Bog‘lanuvchi schotlar




Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar




debet




kredit


1

Aksiyadorlarga dividendlar hisoblangan

8710

6610

Boshqaruv majlisi bayonnomasidan ko‘chirma yoki korxona bo‘yicha farmoyish, dividendlar hisob-kitobi




2

Dividendlardan soliq hisoblangan


6610

6410

Dividendlardan soliq hisob-kitobi




3

Kurs farqini hisobdan chiqarishning jamlash usuli bilan valyutada hisoblangan dividendlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan


3290

6610

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




4

Kurs farqini hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan valyutada hisoblangan dividendlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan


9620

6610

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




5

Hisoblangan dividendlarning naqd pul bilan to‘lanishi aks ettirilgan


6610

5010

Kassa hisobotlari, bank schotlaridan ko‘chirmalar




6

Hisoblangan dividendlarning hisob-kitob schoti orqali to‘lanishi aks ettirilgan


6610

5110

Bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar




7

Hisoblangan dividendlarning valyuta schoti orqali to‘lanishi aks ettirilgan


6610

5210, 5220

Bank valyuta schotlaridan ko‘chirmalar




8

Kurs farqini hisobdan chiqarishning jamlash usuli bilan valyutada hisoblangan dividendlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan


6610

6230

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




9

Kurs farqini hisobdan chiqarishning to‘g‘ri usuli bilan valyutada hisoblangan dividendlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan


6610

9540

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




10

Ustav kapitalini oshirish uchun yo‘naltirilgan dividendlar hisoblangan


6610

8310-8330

Ta’sischilar majlisining bayonnomasi




11

Tayyor mahsulot bilan to‘lanadigan dividendlar hisoblangan


6610

9010

Ta’sischilar majlisining bayonnomasi, hisobvaraq-fakturalar




12

Ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar bilan to‘lanadigan dividendlar hisoblangan


6610

9030

Ta’sischilar majlisining bayonnomasi, hisobvaraq-fakturalar




13

Tovarlar bilan to‘lanadigan dividendlar hisoblangan


6610

9020

Ta’sischilar majlisining bayonnomasi, hisobvaraq-fakturalar




14

Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz hisoblangan


8310-8330,


8720

6620

Ta’sischilar majlisi bayonnomasidan ko‘chirma, korxona rahbarining farmoyishi


15

Korxona ta’sischilariga ulushlari qaytarilishi aks ettirilgan


8310-8330


6620

Ta’sischilar majlisi bayonnomasidan ko‘chirma, korxona rahbarining farmoyishi


16

Chiqib ketayotgan ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi asosiy vositalarni berish yo‘li bilan qoplangan


6620

9210

Ta’sischilar majlisi bayonnomasidan ko‘chirma, korxona rahbarining farmoyishi, yukxatlar




17

Chiqib ketayotgan ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi boshqa aktivlarni berish yo‘li bilan qoplangan


6620

9220

Ta’sischilar majlisi bayonnomasidan ko‘chirma, korxona rahbarining farmoyishi, yukxatlar




18

Chiqib ketayotgan ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi naqd pul mablag‘larini berish yo‘li bilan qoplangan


6620

5010

Kassa hisobotlari, bank schotlaridan ko‘chirmalar




19

Chiqib ketayotgan ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi hisob-kitob schoti orqali qoplangan


6620

5110

Bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar




20

Chiqib ketayotgan ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi valyuta schoti orqali qoplangan


6620

5210, 5220

Bank valyuta schotlaridan ko‘chirmalar






Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni
hisobga oluvchi schotlarning (6700) bog‘lanishi
Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schotlar korxona ro‘yxatida bo‘lgan va ro‘yxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq to‘lash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, nafaqalar, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa to‘lovlar) bo‘yicha joriy qarzlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar";
6720 "Deponentlangan mehnat haqi".
6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schotining kredit tomonida, xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar; 4520 "Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari" schoti bilan bog‘langan holda, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va hokazo summalar; 8910 "Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari" schoti bilan bog‘langan holda, xodimlarning mehnat ta’tiliga haq to‘lash, korxonada ko‘p yil xizmat qilganligiga taqdirlash uchun belgilangan tartibda tashkil etilgan rezervlar hisobidan hisoblangan haq va ta’mirlash rezervi hisobidan hisoblashlar summalari aks ettiriladi.
6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schotining debet tomonida, hisoblangan summadan daromad solig‘ini ushlab qolish, ijro varaqalari bo‘yicha to‘lovlar va boshqa ushlab qolishlar, shuningdek mehnat haqini, mehnat ta’tili bo‘yicha to‘lovlarni, mukofotlarni, pensiyalarni, nafaqalarni va hokazolarni to‘lash va ulardan ushlanmalar aks ettiriladi.
Hisoblangan, biroq belgilangan muddatlarda to‘lanmagan mehnat haqi, mehnat ta’tili bo‘yicha to‘lovlar, mukofotlar, pensiyalar, nafaqalar va hokazo summalar 6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schotining debetida, 6720 "Deponentlangan mehnat haqi" schotining kreditida aks ettiriladi.
Mazkur schotlar bo‘yicha tahliliy hisob korxonaning har bir xodimi bo‘yicha alohida yuritiladi.





Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə